2.3. Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlarning ko‘rinma harakatlari.
Agar tunda ma’lum bir joydan turib, bir necha soat davomida tinimsiz yulduzlar kuzatilsa, butun osmon sferasining yulduzlari kuzatuvchidan
o'tuvchi faraziy o'q atrofida aylanishini ko'rish mumkin. Bunday aylanish
davomida ixtiyoriy yoritgich o'z vaziyatini gorizont (ufq) tomonlariga nisbatan o'zgartiradi va ulaming aylanish davri bir sutkani tashkil qiladi. Shuning uchun yoritgichlarning bunday harakati ularning sutkalik ko'rinma harakati deyiladi, boshqacha aytganda, bunday aylanish Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli sodir bo'ladi.
Agar yoritgichlaming sutkalik harakatlari Yerning shimoliy qutbiga juda yaqin bo'lmagan - o'rta geografik kengliklardan turib kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o'ngga, ya’ni soat strelkasi yo'nalishida harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda, har doim ma’lum bir nuqtadan ko'tarilib, g'arbda esa aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub tomon yo'nalishida) kunlar o'tishi bilan o‘zgarmaydi.
Agar kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g'arbga botayotgani holda, boshqa bir qismi ma’lum qo'zg'almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar chizishini ko'rish mumkin (4-rasm). Bu qo'zg'almas nuqta - olamning shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi, Kichik Ayiq yulduz turkumining (Katta Ayiq - Yetti qaroqchiga qo'shni yulduz turkumi) eng yorug' yulduzi - α si yaqinidan (orasi taxminan 1°) joy olgan bo'lib, Kichik Ayiqning bu yulduzi Qutb yulduzi deb ataladi.
4-rasm. Olam qutbi atrofida yulduzlarning sutkalik ko'rinma aylanishi
Quyosh va Oyning sutkalik ko'rinma harakatlari ham sharqdan g'arbga tomon
kuzatilib, yulduzlardan farqli o'laroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda
maksimal balandliklari (janub tomonda) kun sayin o'zgarib boradi. Xususan, Quyosh Navro'zda, ya’ni 21 martda, aniq sharq nuqtasidan ko'tarilib, aniq g'arbda botgani holda bundan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi va bu hol 22 iyungacha davom etadi. So'ngra bu nuqtalar, aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda, Quyoshning tush paytdagi balandligi ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, tun esa aksincha, uzayishga boshlaydi.
Sayyoramizning yo'ldoshi - Oy ham sutkalik ko'rinma harakatda ishtirok qilib, sharqdan g'arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq ko'p vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ham siljib borishini sezish mumkin. Bu uning haqiqiy harakati bo'lib, Oy yulduzlarni oralab g'arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofini bir marta to'liq aylanib chiqadi.
Quyoshning bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi oqibatida, Oy kabi Quyosh ham, yulduzlarga nisbatan g'arbdan sharqqa siljib borishi m a’lum bo'ladi. Quyoshning bunday ko'rinma harakati tufayli sutkalik siljishi, Oynikiga nisbatan juda kichik bo'lib, atigi 1 gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to'la aylanib chiqadi.
Quyosh va Oyning osmonni bir to'la aylanib chiqadigan yo'llari bir-biriga juda yaqin bo'lib, ular kesib o'tadigan yulduz turkumlari Zodiak yulduz turkumlari (yunoncha «zoo» - hayvonlar) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo'lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nomlar bilan ataladi (5-rasm). Bulardan birinchi uchtasini Quyosh bahor oylarida, navbatdagi uchtasini yozgi oylarda, qolganlarini esa, mos
ravishda, kuzgi va qishki oylarda kesib o'tadi. Shubhasiz, Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga yaqin burchak oralig‘ida joylashganidan bu davrda ular ko'rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar, gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko'rinadi.
5-rasm.
Juda qadim zamonlardayoq kishilar, Zodiak yulduz turkumlari sohasida, tashqi ko'rinishi jihatidan yulduzlarga o'xshash, biroq ulardan farq qilib, nisbatan vaziyatlarini o'zgartirib boruvchi beshta yoritgichni kuzatishgan. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga, ularga planetalar ya’ni «adashgan yulduzlar» - yoki sayyoralar deb nom berilgan. Qadim Rimda bu yulduzlar rim xudolarining nomlari bilan - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala boshladi.
Teleskop ixtiro qilingandan so‘ng 1781-yilda yettinchi sayyora Uran
va 1846-yilda sakkizinchi sayyora Neptun topildi. Sayyoralarning ko'rinma harakatlari ham Zodiak yulduz turkumlari chegaralarida kuzatilib, harakat yo'nalishlari Quyosh va Oyniki kabi g'arbdan sharqqa bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |