Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’iq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan harajatlardir.
Investitsiyalarning xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aksiya, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin.
Investitsiyaga ketgan harajatlar miqdori ikki omilga bog’liq:
Birinchisi – sof foydaning kutilayotgam me’yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan harajatlardan olishni mo’ljallaydi;
Ikkinchisi foiz stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo;lgan pulga ega bo’lishi uchun to’lashi lozim bo’lgan baho.
Agar, kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Investitsiya harajatlari foyda keltirishini aniqlashda real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar darajasini o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo’lsa, investitsiya xarajatlari o’sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig’i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o’rtasida bog’liqlik bo’ladi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul kapitalini qarzga olish bahosi qanchlik yuqori bo’lsa, investitsiyalashni xoxlovchilar shuncha kam bo’ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo’lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham investitsiya funksiya grafigi quyiga qarab og’ma bo’ladi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o’rtasidagi mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o’zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasining ko’tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo’lgan talabning qisqartirayotganini bildiradi. Bu esa investitsiya harajatlarini qisqartirishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmini pasayishini bildiradi.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishida avval kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi uni tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitalga aylantirish uchun qulaylik yaratadi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1. Moliyaviy:
- Jadallashtirilgan amortizatsiya;
- Soliq imtiyozlari;
- Subsidiyalar;
- Qarzlar berish;
-Kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |