1. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mohiyati va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrni.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, bugungi kungacha ancha takomillashtirildi. Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko’rsatilishicha, “investitsiya” bu iqtisodiy samara (daromad, foyda) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyalarning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi.
“Investitsiya” atamasi lotin tilida “invest” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “qo’yish”, “mablag’ni safarbar etish”, “kapital qo’yilmasi” ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib, qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intellektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalarni nazariy uslubiy jihatlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, investitsiyalar nazariyasi o’zining tarixiy rivojlanish jarayonida bir qancha bosqichlarni bosib o’tdi. V.V.Aladinning fikricha, investitsiyalarning dastlabki belgilarini Avstriya iqtisodchilari maktabining ilmiy ishlarida ko’rish mumkin.2
Iqtisodiy lug’atda “investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qo’yimalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar yig’indisini aks etirradi”3, - deb ta’riflangan. - 10 -1321/3/2014
__________________________________
2 Аладьин В.В. Инвестиционная деятельность субъектов Российской федерации./В.В. Аладьин.-М:Социум, 2002.С.17.
3.Финансово-кредитный словарь. Т.1. – М.: «Финансы и статистика», 1984.-С.470.
Uilyam F.Sharp, Gordon Dj Aleksandr, Djeffri V Beyli investitsiyalar haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: mumkin qadar kengroq ma’noda aytganda “investitsiyalar” – bu “kelajakda kattaroq” – bu “kelajakda kattaroq foydaga ega bo’lish uchun buguncha puldan ajralishdir”7. Mualliflar, pul mablag’larini qo’yilmalar sifatidagi – investitsiyalar va bu pullardan kelajakdagi ko’proq summa olish uchun bugun voz kechish deb qaraydi. Bizningcha bunday fikrlash bir tomonlama bo’lib, investitsiyalar nafaqat pul mablag’lari ko’rinishidagi pul daromadlari bo’lib qolmay balki, boshqa moddiy yoki nomoddiy ko’rinishlarda ham bo’lishi mumkin. Shuningdek, mualliflar investitsiyalash va jamg’armalar (savings) o’rtasidagi farqni ko’rsatib, aytishadiki, jamg’arma “iste’molga ajratilgan” qiymatdir. “Investitsiyalash” tushunchasi kelajakda milliy mahsulotni ko’paytirish bilan bog’liq real investitsiyalashgacha bo’lgan jarayonni ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
- Avaylangan (birlamchi jamg’arilgan) kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektiga joylashtirish;
- Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda:
1. Investitsiya faoliyati sub’ektlarining mustaqilligi va tashabbuskorligi;
2. Kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo’la olmaydi);
3. Qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi.
___________________________________________
74Шарп У., Александр Г., Бейли Дж.ИНВЕСТИЦИЯ: Пер.с анг. – М.:ИНФРА-М,2003.-XII,C.1.
Do'stlaringiz bilan baham: |