Xulosa
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev yurtimiz taraqqiyotini oshirish maqsadida biz yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib bermoqdalar. Jumladan, 5 ta ustuvor tashabbus yoshlarni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o’sib kelayotgan yosh avlodning jismomimy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o’rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiy, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.”
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategoyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo’lga qo’yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo’lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko’lamli bo’lib, o’z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to’g’risida” o’tkazilgan vedioselektr yig’ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bularga quyidagilar kiritildi:
1-tashabbus yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish bo’yicha.
2-tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo’yicha.
3-tashabbus aholi va yoshlar o’rtasidagi kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo’yicha.
4-tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish masalalari bo’yicha.
5-tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli Tashkil etish masalalari bo’yicha.
Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tarbiyali qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, daxldorlik hissi va mas’ulligini oshirmoqda. Oliya hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o’zaro qo’llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga undamoqda. Shuning uchun ham biz yoshlar yaratib berilayotagan imkoniyatlardan keng foydalangan holda, yurtimiz ravnaqiga o’z hissamizni qo’shishimiz darkor deb o’ylayman.
Mazkur kusr ishi “Umumlashtirish va takrorlash darslarini Blum taksonomiyasi asosida loyihalash” mavzusiga bag’ishlandi. Bu mavzuni yoritish maqsadida, mazvu kirish qismi, 3reja, xulosa qismlariga ajratilib, bayon qilindi.
Kurs ishini bajarish davomida o’qituvchilarning matematika fani asoslarini o’qitishda yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, maskur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalari o’rganildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlasntirish bo’yicha 2017-2021- yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi;
2.Tanqidiy tahlil,qat’iy-tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent. 2017-yil;
3.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent 2007-yil;
4.O’zbekiston Respublikasining Davlat ta’lim standarti. Toshkent. 2003-yil;
5.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 2007-yil;
6. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar
7. Farberman B. L. Ilg’or pedagogic texnologiyalar. Fan nashriyoti 2000
8. Qurbonov Sh. Seytxalilov Y. Ta’lim sifatini boshqarish. “Turon iqbol” 2006
9. www. Ziyonet. Uz
10. www. Google. Ru
|