Kurs ishi mavzu: Tadbirkorlik shakllari va ularning jamiyatda tutgan o’rni



Download 108,73 Kb.
bet6/10
Sana19.02.2022
Hajmi108,73 Kb.
#459926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi.Mikroiqtisodiyot fanidan.Rustamov Mirshod.

Tijoratchi tashkilot - bu foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo‘ygan subyekt bo‘lib, (xususiy korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari, shirkatlari) tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Tijoratchi bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z oldiga muayyan maqsadni ko‘zlagan holda harakat qilib, foyda ko‘rishni ko‘zlamaydi. Bunday subyektlarga jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa va boshqalar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslarga tadbirkorlik maqomiga ega bo‘lishlik imkoniyati berilib, ular ham tadbirkorlik huquqining subyektlari doirasiga kiritilgan.
Jumladan, Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga muvofiq, fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Keenan va Richeslar hammuallifligida 2013 yilda yozilgan “Business Law” kitobining 2-bo‘limida qayd etilishicha Angliyada tadbirkorlik subyektlari, ya’ni biznes tashkilotlarining quyidagi turlari sanab o‘tilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlik (the sole trader), sheriklik, shirkat (the partnership) va kompaniya, korxona (the company)2.



2.1.1-chizma. Business Law kitobida keltirilgan tadbirkorlik subyejtlari3
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik (the sole trader). Bunday faoliyat yagona shaxs tomonidan yuritiladi. Hamma mulk va foydaga o‘zi egalik qiladi. Shuning bilan birgalikda hamma zararlar va yo‘qotishlarni ham o‘z bo‘yniga oladi.
2. Sheriklik, shirkat (the partnership). SHerikchilikning uchta turi mavjud. Bu biznes texnikasi deb ham ataladi. Chegaralanmagan sherikchilik (unlimited parnership). Bunda hamma zararlar, muammolar va xarajatlar sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi. Albatta foyda ham. Bu asosan teng sherikchilik deb ataladi. Firmaning qarziga bo‘lgan qobiliyati sheriklar ma’lum haq olish uchun foyda bo‘lmagan holda ortishi mumkin. Sudning qoidalariga ko‘ra, huquqiy maqomi bo‘lmagan sheriklar o‘rtasida foyda taqsimlanishi shartmas. Sherikchilik uchun asosiy narsa bu shartnoma hisoblanadi. Bunda biznes faoliyati yo‘nalishlari kelishilgan hisoblanadi. Yozma shartnoma muhim emas, og‘zaki shartnoma ham ahamiyat kasb etadveradi. Misol uchun A. shaxs B shaxs bilan sherikchilik shartnomasi tuzgan bo‘lsa, ular qonun oldida teng bo‘ladi. Sheriklarning mas’uliyati umumiy chegaralanmagan. Agar firma. qarzlarini to‘lay olmasa teng huquqli sheriklarda to‘lash majburiyati vujudga keladi. Chegaralangan sherikchilik (limited parnership). Biznes texnikasi sifatida chegaralanmagan sherikchilikni olish mumkin. Bir sherik to‘liq mas’uliyatga ega bo‘lganda, firma qarzini to‘lay olmasa, qolgan sheriklar mas’uliyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, agar biznes qiyin vaziyatlarda qolsa, sheriklar o‘zlari kiritgay sarmoyani yo‘qotishi mumkin. Lekin, mas’uliyati cheklanmagan sherikning majburiyatlariga aralasha olmaydi. SHerikchilikning bunday turi, odatda ko‘p qo‘llanmaydi. Ular faqatgina kollegial investorlar uchun ishlatiladi. Mas’uliyati cheklangan sherikchilik (limited liability partnership - LLP). Bu oxirgi tashkil qilingan tadbirkorlik faoliyati turlaridan biridir. Ro‘yxatga o‘tkazuvchi sub]yekt tomonidan ro‘yxatga olinadi. Korxona mulkiga yuridik shaxs egalik qiladi ya’ni a’zolar. Korxona uning hamma qarzlari uchun o‘zi javobgar bo‘ladi, hech qanaqa a’zolar o‘rtasida shaxsiy javobgarlik bo‘lmaydi. Agarda korxona bankrot bo‘lsa, sheriklar qo‘ygan sarmoyasidan judo bo‘ladi, ammo korxona mulki bo‘yicha ularda hech qanaqa majburiyat bo‘lmaydi. SHeriklar sherikchilik shartnomasida bu haqida kelishib olishadi, ammo shunday kelishishga qonun majburlamaydi. Shunga qaramasdan, sherik tomonidan ikki yil mobaynida uning xatosi bilan korxona bankrot bo‘lsa, sud unga nisbatan majburiyat yuklashi mumkin. LLPning tajribasi hozirgi kungacha shuni ko‘rsatadiki, 2000-yildagi LLP akti advokatlar, buxgalterlar va boshqa mas’uliyatli shaxslar tomonida keng qo‘llanilgan. LLP 2000 Aktining hamma boblari va yo‘nalishlari hamda boshqa qoidalar 1985 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunga (UK Companies Act 1985) asoslanadi. 2007 yil noyabrda hukumat 2006 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunnig LLP qismiga alohida to‘xtalib o‘tdi. E’tiborlisi shuki, LLP o‘rta biznes qatlami uchun qo‘llaniladi, vaholanki u yirik kompaniyalar tomonida tashkil topilishi lozim. Aniq bo‘lishicha, hozirda LLPning 2006 yilgi Korxonalar to‘g‘risida qonuning unga bog‘liq qismi yangilanish lozim. Qonunning bo‘limlari endilikda LLPga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan shaxslar hamda ayni paytda a’zolarining o‘rtasida aniq muvozanatni yaratishi lozim.

Download 108,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish