Kurs ishi mavzu: Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati Termiz-2022 mundarija kirish



Download 53,61 Kb.
bet3/5
Sana14.06.2022
Hajmi53,61 Kb.
#667397
1   2   3   4   5
Bog'liq
28 mavzu

Kurs ishining maqsadi: Sopollitepa yodgorligi protoshahar namunasining o`ziga xos ko`rinishi bo`lib yurtimiz tarixining shaharsozlik bosqichning ilk ko`rinishi sifatida o`rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • BMAK arxeologiya ishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish.

  • Akademik A.Asqarov ilmiy ekspeditsiyalar tizimini o’rganish.

  • Sopolli madaniyati shaharsozligini o`rganish

  • Sopollitepa tarixini o’rganish. va taxlil qilish.

Ob’ekti: Sopolli madaniyati yodgorliklari.
Predmeti: “Oks sivilizatsiyasi”ni o‘rganish jarayoni.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: O`zbekistonda ilk shahar paydo bo`lishi va shaharsozlik rivojlanishida Sopollitepa madaniyati yodgorliklarining o`rni va Surxondaryo viloyati arxeologiyasini ilmiy jihatdan tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

______________________________


*Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan tjuramiz. Asarkar, 7-jild, -Toshkent: «0'zbejiston», 1999, 132,-154 b.
**Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan tjuramiz. Asarkar, 7-jild, -Toshkent: «0'zbejiston», 1999, 132,-154 b.
I Bob. Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati
1.1. Sopollitepa madaniyatining arxeologik o`rganilish tarixi
Sopollitepa Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida, Ulanbuloqsoy etaklarida joylashgan. A.Asqarov tomonidan o‘rganilgan. Bronza davriga (mil. av. XVII-XV asrlar) oid. Yodgorlikning markaziy qismida joylashgan qal’a to‘liq ochib o‘rganilgan. U kvadrat shaklida bo‘lib, tomonlari 82x82 mga teng. Qal’a uch qator mudofaa devori bilan o‘ralgan. Devorlar labirint sistemasida qurilgan bo‘lib, T shaklidagi ko‘rinishga ega. Bu mudofaa devori shu qadar geometrik shakl va aniqlikda qurilganki, tashqi dushman qal’a darvozasini topishi ham mushkul bo‘lgan. Qalaning haqiqiy darvozasi janub tomonda bo‘lib, T shaklidagi burjlar – devorlar yordamida yana xuddi shunday 7 ta soxta darvoza barpo qilingan.Jang vaqtida haqiqiy eshikni topolmagan dushman soxta eshiklar orqali labirint sistemasida qurilgan qala devorlari orasiga tushib qolgan va qal’a mudofaachilari tomonidan oson qo‘lga tushirilgan.Sopollitepa qal’a devorlari 2 m balandlikkacha saqlanib qolgan, xom g‘ishtdan terilgan.
Qal’a ichida yirik patriarxal oilalardan iborat 8 ta mahalla joylashgan. Mahallalar bir-biridan yo‘l va hovlilar bilan ajratilgan. Umuman, Sopollitepa qal’asida mehmonxona, omborxona, oshxona, yotoqxonadan iborat 146 ta katta va kichik xonalar majmuasi ochilgan. Devorlari 46x24x13 sm, 42x22x12 sm o‘lchamdagi xom g‘ishtdan terilgan. Uylar devorga o‘rnatilgan o‘choqlar bilan isitilgan.
Sopollitepada uchta qurilish davri bo‘lganligi kuzatilgan. Har bir qurilish davrida u yoki bu xonalar o‘zgartirilgan, yangi xonalar qurilgan. Lekin 8 ta mahalla barcha qurilish davrida o‘zgarmay qolavergan.
Sopollitepa qabrlari. Sopollitepada jami 138 ta qabr ochilgan, murdalar xona pollari, devorlari, yo‘l taglariga ko‘milgan. 125 ta qabrda bittadan skelet topilgan, 13 ta qabr esa kollektiv qabr hisoblanadi. 4 ta qabrda hayvon suyaklari uchragan. 6 ta qabr kenotaf qabr hisoblanadi. Ayollar chap, erkaklar o‘ng biqini bilan, g‘ujanak holda ko‘milgan. 29 ta qabrda bronzadan yasalgan idish va taqinchoqlar uchragan. Shundan 23 tasi ayollar, 6 tasi erkaklar qabriga to‘g‘ri keladi. Ayollar qabrida ko‘proq qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan taqinchoqlar, soch to‘g‘nag‘ichlar, oyna, surmadon va o‘smadonlar uchraydi. Taqinchoqlardan tashqari, ayollar mehnati bilan bog‘liq qurollar – igna, urchuqlar ko‘plab uchraydi. Erkaklar qabrida esa ko‘proq pichoq, tesha, bolta va jang qurollari – nayza, kamon, xanjar kabilar uchraydi. Sopollitepa qabrlarida, shaxsiy buyumlardan tashqari, ko‘mish marosimida olib kelingan buyumlar ham topiladi. Bular jumlasiga har xil ovqatlar solingan sopol, bronza va yog‘ochdan yasalgan idishlar, muhrlar kiradi.
Yuqorida eslab o‘tganimizdek, 4 ta qabrda hayvon – echki va qo‘y skeletiga duch kelingan. Bu qabrlarda ham, xuddi odam qabrlaridek, boy ashyolar uchragan.Oltita qabr esa kenotaf (skeletsiz) qabrga oid. Kenotaf qabrlarda ham sopol va bronza idishlar uchraydi. Sopollitepa qabrlari katakomba (lahad), bolalar qabrlari esa oddiy o‘ra ko‘rinishida qazilgan. Katakomba qabrlar avval to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qazilgan, so‘ng lahad qazilgan. Top lahad g‘isht bilan yopilgan. Ayrim hollarda odamlarni xumlarga solib ko‘mish odati ham bo‘lgan.
O‘likni uylarning poli, devori yoki eshigi tagiga ko‘mish odati O‘rta Osiyoda eneolit davridan ma’lum. Bu odat Janubiy Turkmaniston hududida joylashgan, eneolit davriga oid Qoratepa, Geoksur o‘lkasida ko‘plab uchraydi. Sopollitepa yodgorligi bilan bir vaqtga oid bo‘lgan, Shimoliy Afg‘onistonda joylashgan Dashtli yodgorligida ham o‘likni uylarning poli yoki devorlari tagiga ko‘mish odat bo‘lgan. Bu odat nafaqat O‘rta Osiyo, balki Eron, Hindiston hududlariga ham taalluqlidir.
Sopollitepani o‘rganish mobaynida bronza davriga oid minglab moddiy madaniyat namunalari qo‘lga kiritildi. Bu manbalar asosida qadim tariximizni mumkin qadar aniq tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldik. Sopollitepa me’morchiligi qadimgi Sharq madaniyatida qaytarilmas, bebaho manba hisoblansa, undan topilgan nafis kulolchilik ashyolari, bronzadan yasalgan, san’at asari darajasida ishlangan taqinchoqlar, xo‘jalik idishlari o‘sha davr moddiy madaniyatini tavsiflashga imkon berdi .Sopollitepa Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Oʻlanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan oʻrganilgan S.ning maydoni taxminan 3 ga. Uning 1 ga.ga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol sinikdari kalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida Sopolli deb atalgan. Sopollida oʻtkazilgan arxeologik kazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qalʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan tashkil topgan boʻlib qalʼa tashqi mudofaa chizigʻida tomonlarga parallel qilib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Qalʼaning ichki mudofaa chizigʻining markaziga va har toʻrt tomon burchaklariga bittadan, hammasi boʻlib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Yoʻlaksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga koʻra, qalʼaga kirish darvozasi ham goʻyo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qalʼa jan. tomonining markaziga joylashgan, qolgan "darvozalar" harbiy xavf tugʻilganda qopqon vazifasini bajargan. Qalʼaning ichki mudofaa tizimida, yoʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar boʻlib, ularga qalʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor koʻchalar oʻtgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochik, maydon bor. Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi Sopolli jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. Sopollitepa qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qalʼa bosh rejasi gʻoyasiga qatiy boʻysundirilgan. Aynan, mana shunday mudofaa tizimi Sopolli xavfsizligini yukrri darajada taʼminlay olgan. Sopolli mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yoʻlaklar dastlab mudofaa inshooti vazifasini bajargan. Ularga mudofaa inshooti sifatida talab soʻngach, sekinasta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Mac, shim. va sharqiy ichki yoʻlaklar xilxona sifatida foydalanilsa, gʻarbiy va jan. yoʻlaklar kulolchilik ustaxonalari sifatida foydalanilgan. Har bir mahallada urugʻ jamoalarining xilxonalari boʻlib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga, uylarning poli ostiga koʻmilgan. Urugʻ boshliklarining qabrlari esa, odatda, oila oʻchogʻi roʻparasida uchratiladi.
Sopolida oʻtkazilgan qazish jarayonida 150 dan ortiq turar joy majmualari ochildi. Ularni mahalla boʻyicha taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15—20 tagacha oilaviy turar joy majmualari toʻgʻri keladi. Lekin, ular bir vaqtda bunyod etilmagan. Sopollida odamlar kancha vaqt yashaganligini oʻrganish maqsadida uning har xil joylarida shurflar solindi. Shurf kesmalariga kura, mudofaa inshootlari va uyjoy majmualari poydevorsiz qurilgan. Oilaviy uyjoy majmualari koʻp xonali boʻlib, har bir oilaga qarashli koʻp xonali uyning biri devorining ostida moʻrili oʻchoq, ikkinchisida sandal oʻrni yoki toza kulli qurbongoh chuqurchasi, uchinchisidan esa omborxona sifatida foydalanilgan. Bular oila birligini anglatuvchi muhim belgi edi. Bir necha shunday oila birliklari katta patriarxal urugʻ jamoasini tashkil etgan. S. ana shunday katta patriarxal urugʻ jamoalaridan 8 tasini birlashtirgan qishloq jamoasi edi. Sopolli uylari va mudofaa inshootlari somon qoʻshilgan xom gʻishtlardan qurilgan. Uy devorlari andavalar yordamida silliq kilib suvalgan (topilmalar orasida sopol andava ham bor), suvoq ustidan havorang ohak bilan okdangan.Har bir patriarxal jamoa mahallasi qoshida ularning kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda kulolchilik sexi va metall eritish ustaxonalari mavjud. Xonalarning baʼzi birlari toʻqimachilik maqsadlariga moslab qurilgan. Ular keng va uzun boʻlib, toʻquv dastgohini oʻrnatishga moʻljallab qurilgan. Ana shunday xonalarda urchuq toshlar, suyak taroqlar, tosh va sopol qadoqtoshlar koʻproq uchratilgan. Sopollida toʻqimachilik ipak, paxta va hayvon yungi xom ashyosi asosida qurilganligi haqida dalolat beruvchi topilmalar bor.
Sopolli sopollari charxda yasalgan, 2 qavatli xumdonda pishirilgan. Ular nafis, jarangdor, naqshsiz. Kulollar sopol i. ch.da asosiy eʼtiborni mutanosiblik va shaklga qaratgan. Ular juda sifatli uzun oyoqli vazalar, konussimon kosalar va nimkosalar, qadaxlar va xurmachalar, koʻza va koʻzachalar, xum va xumchalar, choynak va piyolalar, togʻora va laganlardan iborat.
Sopollida jezdan qirgʻich va pichoqlar, bolta va teshalar, igna va bigiz, iskana va randa tishlari, koʻzgu va muhr, surmadon va xilma xil idishlar, bilaguzuk, soch turmaklagichlar, sirgʻa va uzuklar, tillaqosh va qosh tergichlar ishlab chiqarilgan.
S. da 158 ta qabr ochilgan. Ularning deyarli barcha ashyoviy dalillari butunligicha bizgacha yetib kelgan. Qabrlar hozirgi zamon qabrlaridan farq qilmaydi: ayvoncha, ayvonchalarning gʻarbiy chetida, undan pastroqda lahad — jasadxona, uning ogʻzi yarim engashtirilib terilgan gʻishtlar bilan berkitilgan. Ayvoncha lahaddan chiqqan toza tuproq bilan toʻlgʻizilib usti suvab qoʻyilgan. Birgina farqi Sopolli lahadlari kengroq, qabr ogʻziga yaqin boʻsh maydonga turli idish tovoqlar, mehnat va boshqa harbiy qurollar, taqinchoq, bezak buyumlari va boshqa qoʻyilgan. Lahadda erkaklar gʻujanak holda oʻng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan yotibdi. Har ikki jins ham kafanda emas, balki hayotlik vaqtidagi bayramona kiyimda koʻmilgan. Erkaklar qabrida mehnat va harbiy qurollar, ayollar qabrida turli xil taqinchoq va bezaklar uchraydi. Qabrlardan topilgan ashyolar tarkibiga qarab, marhumlarning kasbini aniq aytish mumkin. Demak, sopollitepaliklar eʼtiqodiga koʻra, ular narigi dunyoda ham yashashda davom etishlarini tasavvur qilganlar.* Mozordagi ashyolarning "boy va kambagʻalligi" ularning yoshi va jamoada tutgan mavqei bilan boglik boʻlgan. Qabrlarda bitgadan, baʼzan esa ikkitadan skeletlar uchraydi. Baʼzida ayolni emizikli bolasi bilan koʻmish hollari ham uchraydi. Uzoq oʻtmishdagi ajdodlarimiz udumiga koʻra, ona oʻlsa uning emizikli bolasi bilan koʻmish tabiiy hol hisoblangan boʻlsa kerak. Sopollida oʻrganilgan juft qabrlarda erkak va ayol birga koʻmilgan boʻlib, ularning birontasining suyagida majburiy oʻlim izlari uchramaydi. Demak, ular oʻz ajali ila hayot bilan vidolashganlar.Keyinroq, koʻchmanchi mulkdor chorvadorlar orasida koʻp xotinlik tabiiy holga aylangan harbiy demokratiya davrida "narigi dunyoda hayotning davom etishi" haqidagi ibtidoiy aqidaga koʻra, skif podsholari va qabila sardorlari bilan ularning xotin va choʻrilaridan bir qismini majburiy oʻddirib birga koʻmish odat tusini olgan. Ana shu odatning dastlabki ildizlari Sopollida koʻzga tashlanadi, qabrlarda odam jasadi oʻrnida mayda hayvon skeletlari uchratilgan, bunday qabrlar kenotaf nomi bilan ataladi. Ularga bedarak yoʻqolgan marhum oʻrniga jamoa dafn anʼanasiga koʻra, uning tirik jon mulkidan bir qoʻyni oʻldirib koʻmish lozim topilgan. Sopolli kenotaf qabrlarining deyarli barchasi erkaklarga tegishli edi.
Sopolli aholisi eʼtiqodida quyoshga, olovga sigʻinish oʻz aksini topgan. Uning izlari ayrim xonalar maydonida uchratilgan sandal oʻtxonasi sifatida qabul qilingan toza kulli chuqurchalar edi. Bularning barchasi otashparastlar eʼtiqodiga aloqador belgilar edi**.
Sopolli jamoasi mazkur maskanda 150—200 yillar chamasi yashab, suv tanqisligidan, suvga qulay yangi unumdor yerlar qidirib, Sherobod daryoning qad. oʻzani Boʻstonsoy soxillariga koʻchib ketadilar. Bu voqealar mil. av. 2ming yillikning birinchi yarmida sodir boʻldi. S. dehqonlari yangi joyni oʻzlashtirib, Oʻzbekiston jan.da eng qad. ilk shaharni barpo etadilar. U shahar Oʻzbekiston tarixida Jarqoʻton nomi bilan atalib, uning protoshahri Sopolli hisoblanadi.

___________________


*Fan va Turmush jirnali Toshkent 2006 – yil . 5 – 6 sonlari.
**Fan va Turmush jirnali Toshkent 2006 – yil . 5 – 6 sonlari.

1.2. Sopollitepa madaniyatida yozuv va taqinchoqlar


Sopolli madaniyati - Oʻzbekistonning jan. hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi jez davri qabilalarining ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy rivojlanish holati arxeologik manbalarda aks etgan moddiy madaniyat majmuasi (mil. av. 2ming yillik). Kelib chikishi jihatidan qad. Sharq tamadduni bilan boglik bu madaniyat yodgorliklari Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, qoʻshni Tojikiston hududlaridan topib oʻrganilgan (Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa, Boʻston, Boʻyrachi, Nurek, Tandiryoʻl). Uning eng qad. va birinchi bor topib oʻrganilgan yodgorligi Sopollitepa boʻlib, ushbu arxeologik madaniyat ham shu yodgorlik nomi bilan ataladigan boʻldi. Sopollitepa va Jarqoʻtonda oʻtkazilgan keng koʻlamli izlanishlar Sm.ni moddiy va maʼnaviy dunyosi haqida toʻliq maʼlumot beradi. Shunga qaramay, Jan. Oʻzbekistonda shu madaniyatga tegishli 20 ga yaqin yodgorlik topib oʻrganilgan.
Sopolli madaniyati uchun xom gʻishtlardan qurilgan mahobatli arxitektura, sugʻorma dehqonchilik, yuksak darajada rivojlangan koʻp tarmoqli hunarmandchilik,ayniqsa,uning kulolchilik, metallurgiya, zargarlik, toʻqimachilik va teriga ishlov berish sohalari yaxshi rivojlangan. Diniy eʼtiqod zaminida olovga siginish muhim rol oʻynagan.
Sopolli madaniyatining Jarqoʻtondek yodgorligi misolida oʻzbek davlatchiligining ilk ildizlarini kuzatish mumkin. Topilmalar tarixiy taxdiliga kura, Sopolli madaniyatida Zardusht islohiga qadar olovga topinish va xauma ichimligini ilohiylashtirish kuchli boʻlgan. Uning dalili sifatida Jarqoʻton ibodatxonasining ochilishi va oʻrganilishini koʻrsatish mumkin (qarang Jarsoʻton otashkadasi). Ashyoviy dalillar taxdilidan kelib chiqib, quyidagi yakuniy xulosaga kelish mumkin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining jan. viloyatlarida mil. av. 2 ming yillikning birinchi yarmi davomida qad. Sharq tamadduniga xos tarixiy sharoitda Sm. bazasida yuksak rivojlangan qad. ilk shahar madaniyati tarkib topdi; 2) agar Sopollitepa oʻzining qad. shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, yaʼni Avestoda tilga olingan vara inshootini eslatsa, Jarqoʻton yodgorligi Oʻzbekiston xududida birinchi bor shakllangan tom maʼnodagi qad. shahar edi; 3) muayyan yodgorlikni qad. shahar deb atalishi uchun qoʻyiladigan ilmiy talablardan kelib chiqilganda ham Jarqoʻton u talablarga javob berishi mumkin boʻlgan noyob yodgorlikdir.* Qad. shaharlarga xos boʻlgan birinchi alomat — shahar maydonida arki aʼlo va shahriston tarkib topgan boʻlishi lozim boʻlsa, Jarqoʻtonda bu sodir boʻlgan, yaʼni 100 gektarlik Jarqoʻtonning 3 gektari arki aʼlo va qolgan qismi shahriston maydonini tashkil etadi. Ikkinchi alomat — oʻtroq dehqonchilik madaniyati Agʻolisi zich joylashgan maskan mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan boʻlishi. Uchinchi alomat — shahar arki kismida mahobatli binoning , yaʼni umumshahar jamoalari boshligʻi qarorgohining tarkib topishi Jarqoʻtonda oʻz aksini topgan. Toʻrtinchi alomat — shahar maydonida barcha uchun barobar xizmat qiluvchi bosh sajdagoh — diniy mafkura markazi shakllangan boʻlishi. Beshinchi alomat — qad. shaharda xunarmandchilikning yuksak darajada tarkib topgan boʻlishi. Shahar hunarmandchilik mahsulotlari ichki bozor hamda tashqi bozor uchun ham keng koʻlamda ishlab chiqarilgan. Mac, kulolchilik mahsulotlarining uzoq Xitoy hududlarigacha kirib borganligi haqida guvohlik beruvchi ashyoviy dalillar ushbu qad. shahar madaniyatida mavjud. Demak, bu oʻsha davr shahar aholisi tarkibi haqida faraz qilishga ishora boʻlib, qad. Jarqoʻton shahar aholisi erkin dehqon jamoalari — kashovarzlardan tashqari shahar hunar va savdo axdidan ham iborat boʻlgan. Shahar xayoti nafaqat diniy, balki dunyoviy jihatdan tashkil etilgan boshqaruv tizimi asosida qurilgan. Shahar hukmdorining mahobatli koshonasining arki aʼloda shakllanishi bunga dalolatdir.
Sopolli madaniyatining yodgorliklari**. 
Sopolli madaniyati yodgorliklari Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho`rchi tumanlarining uch zonasi hudularida joylashgan. Yodgorliklarning birinchi guruhi eski Ulanbuloq daryosining o`zanlari hududlari bo`ylab joylashgan, ikkinchi tipdagi yodgorliklar Bo`ston daryosining bo`ylarida paydo bo`lgan, uchinchi guruh
________________________
*Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
**Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
dagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining o`zani bo`ylab joy olgan. Ulanbuloq guruhi yodgorliklari uch manzilgohdan tashkil topgan: Sopollitepa, Kultepa va kichiktepa yodgorliklaridir, ular orasida eng keng miqyosda o`rganilgan yodgorlik Sopollitepa hisoblanadi. Bo`ston daryosining o`ng qirg`og`ida joylashgan yodgorliklar Jarqo`ton, chap qirg`oqdagilari esa Bo`ston deb yuritiladi. Bu yodgorliklar manzilgohlar xarobalari va qabristonlardan iborat. Uchinchi guruhda tilga olingan Mo`lali tipida ham qabristonlar ham aholi yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida olib borilgan. Sopollitepa yodgorligi 1968yilda Surxondaryo viloyatida L.I.Albaum tomonidan ochiladi. Yodgorlikning umumiy maydoni 4 ga ni tashkil qiladi, shimoliy, sharqiy va janubisharqiy qismlari atrofidagi yerlarning o`zlashtirilishi natijasida vayron etilgan. Sopollitepa hududidagi arxeologik qazish ishlari bir necha tanaffus va to`xtalishlar bilan 1970- 1974yillarda davom ettiriladi. Madaniy qatlamlar yodgorlikning turli qismlarida aniqlanganligini ko`ramiz. Shuning uchun ham eng asosiy qazishma ishlari mudofaa devorlarining atroflarida olib borilgan. Ko`pgina statsionar arxeologik qazish ishlari davomida mudofaa devoir va uning atrofida joylashgan uylar, xo`jalik xonalari ko`rinishlari, poydevorlari qanday holatda turganligi ma’lum bo`ldi. Yodgorlikka aholining ko`chib borishi va qurilish ishlarinin olib borishi asosan bronza davriga to`g`ri keladi. Sopollitepaning yuqori qatlamlari shamollar tasirida yemirilgan va buzilib ketgan. Ikkinchi qurilish garizontidan devorlarning bir necha qavatli g`ishtlardan qolgan qoldiqlari qalin madaniy qatlam ustida qal’a bo`ylab sochilib ketgan. Boshqa bir uchastkalaridan esa faqatgina keramika qoldiqlari va turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan. Bino va devorlarning qoldiqlari turli darajada saqlanib qolgan, madaniy qatlamlarning qalinligi esa 2,5 m gacha vujudga kelgan, uchta qurlish gorizonti mavjudligi aniqlangan. Sopolli madaniyatiga tegishli materiallar o`zining turfa xilligi va boyligi bilan boshqa madaniyatlardan ajralib turadi. Sopol buyumlari, qurollar, mehnat qurollari, taqinchoqlar va pardoz uchun ishlatiluvchi buyumlar shular jumlasidandir. Keramika buyumalari Sopollitepa yodgorligining madaniy qatlamlari va qabrlaridan topilgan. Yodgorlikning ushbu nomni olishi ham qazishmalar jarayonida juda ko`plab sopol buyumlarining topilishi va bu sopollarning o`ziga xos shakllari va bezaklaridir. Sopol buyumlari turli ko`rininshlarda mavjud bo`lib, ularni alohida mukammal o`rganishni talab etadi. Texnik jihatidan sopol buyumlarini ikki turga – qo`lda ishlangan sopollar va kulolchilik charxi yordamida yasalgan sopollarga ajratish mumkin. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari oz miqdorni tashkil qiladi – ko`pgina tovoqlar, qalin devorlari bo`lgan xumsimon shakldagi qozonlar shular jumlasidandir, garchi bu davrda kulolchilik charxi ixtiro qilingan bo`lsada, ayrim holatlarda hali hamon qo`lda ishlangan sopol idishlarga ehtiyojning bor ekanligini kuzatamiz. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari qo`pol bo`lishi bilan birga idishlarda qumshag`al aralashmalari va qurum, kuyganlik izlarini ko`ramiz*
. Kulolchilik. Sopollitepada o‘rganilgan xumdonlar ikki yarusli bo‘lib, pasti olovxona, usti esa sopol pishiriladigan gumbazsimon majmuadan iborat. Gumbazsimon sopolxonaga issiklik tor mo‘rilar orqali o‘tgan. Olov tegmay, faqat xilda pishgan sopollar sifatli bo‘lgan. Sopollar kulolchilik charxlarida tayyorlangan. Idishlar tashqi tarafidan och sariq, qizil angob bilan bo‘yalgan. Sopol idishlar shakliga qarab ko‘za, kosa, choynak, qadah, vaza, xum kabi turlarga bo‘linadi. Sopollitepa sopollari majmuasi, shakliga qarab, 14 tipga bo‘lingan.
Toshdan yasalgan idishlar. Sopollitepadan toshdan yasalgan 9 dona idish topilgan. Ular oq va gulobi rangli bo‘lib, marmar hamda yumshoq jinsli toshlardan yasalgan. Ular kosa va ko‘za shaklida ishlangan. Barcha tosh idishlar qabrlardan topilgan, juda kichik va bejirim ishlangan.
Mis va bronzadan ishlangan idishlar. Metalldan ishlangan idishlarning umumiy soni 29 ta. Ular xo‘jalik idishlari (kosa, jo‘mrakli kosa, ko‘za) hamda ayollar ishlatadigan o‘smadon va surmadonlardan iborat. Bundan tashqari, Sopollitepadan yog‘och, teri va hayvon shoxlaridan yasalgan idishlar ham topilgan.
Mehiat va jang qurollari. Qurollar asosan toshdan yasalgan. Sopollitepadan topilgan barg shaklida ishlangan 57 ta paykonning 55 tasi chaqmoqtoshdan, ikkitasi esa bronza va suyakdan yasalganligi toshtaroshlikning rivojini ko‘rsatadi. Tegirmon, keli, keli soplari kabi qurollar ham toshdan yasalgan. 10 dona pichoq, 3 dona bolta, 2 dona tesha kabi topilmalar bronza davri mehnat va jang qurollarini o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Taqinchoqlar. Sopollitepani qazish davomida bronzadan ishlangan 12 ta oyna topilgan, ular doira shaklida, ayrimlari esa baldoqli. Xuddi shuncha surmadon ham topilgan, ular shakl jihatidan grafinni eslatadi, ammo juda kichik va nozikishlangan.
Asosan ayollar qabrida uchraydigan munchoqlar lojuvard (ko‘k), serdolik (och-qizil rangli), olachipor aqiq va oniks, feruza (yashil) kabi qimmatbaho toshlardan yasalgan. Ular aylana, romb, cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, ip o‘tkazilib shoda qilib, bo‘yinga va qo‘lga taqilgan. Bronza davri ayollari munchoqlar qatori qo‘llariga bronzadan yasalgan baldoqlar ham taqishgan.Sopollitepadan aylana shaklidagi 34 ta baldoq topilgan. Baldoqlarning ayrimlariga simmetrik joylashgan hayvon – ilon tasviri tushirilgan. Sopollitepa ayollari ko‘proq aylana shaklidagi sirg‘a taqishni xush ko‘rishgan, bu fikrni Sopollitepadan topilgan 22 ta aylana shakldagi sirg‘alar isbotlaydi. Ular bronza va kumushdan yasalgan. Sopollitepa ayollari sochlarini uzun qilib o‘rib, turmaklab qo‘yganlar. Sopollitepadan, ya’ni ayollar qabrlaridan topilgan 29 ta soch to‘g‘nag‘ich buning dalilidir. To‘g‘nag‘ichlar uzun mix shaklida bo‘lib, uzunligi 10 sm dan 25 sm gacha boradi. Ularning uchlari o‘tkir, bosh qismida har xil hayvonlarning tasviri tushirilgan (kiyik, bug‘u, ilon va boshq.). Bitta to‘g‘nag‘ich boshi insonning bukilgan mushti shaklida ishlangan.
Muhrlar. Sopollitepani o‘rganish davomida topilgan 22 ta muhrdan 14 tasi bronzadan, 7 tasi toshdan va 1 tasi sopoldan yasalgan. Sopollitepa muhrlarining ayrimlariga qanotlarini yoyib turgan burgut, ayrimlariga gul tushirilgan. Ko‘proq geometrik shakl tushirilgan muhrlar xarakterlidir.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, Sopollitepa mil. av. XVII-XV asrlarga oid. Surxondaryo viloyati hududida undan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari hozirgi kungacha aniqlanmagan. Shuning uchun akademik A.Asqarov Sopollitepaning paydo bo‘lishini Janubiy Turkmanistonda yashagan bir guruh aholining ko‘chib kelishi bilan bog‘laydi. Haqiqatda ham, Sopollitepadan topilgan ashyoviy manbalar Murg‘ob vohasi bronza davri yodgorliklariga juda o‘xshash. 200 yildan oshiqroq vaqt mobaynida Sopollitepa aholisi bitta joyda turg‘un hayot kechirgan. Sopollitepa jamoalar taraqqiyotining qishloq jamoasi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, uch qator mudofaa devori bilan o‘ralgan bu yodgorlik ichida sakkizta mahalla – patriarxal oilalar joylashgan. Patriarxal oilalarning birontasi hukmdor oila bo‘lganligi to‘g‘risida arxeologik manba yo‘q. Yodgorlikning simmetrik plani ham oilalarning teng huquqli bo‘lganligini tasdiqlaydi. Qabrlar va ulardan topilgan ashyolar sonining statistik tahlili Sopollitepa aholisi teng huquqli bo‘lganligidan dalolat beradi.
Demak, bu yodgorlik sakkizta patriarxal oiladan iborat bo‘lgan qishloq jamoasidir. Sopollitepa aholisi ishlab chiqarish kuchlarini, ya’ni hunarmandchilikning barcha turlarini (kulolchilik, nafis san’at), uy qurilishi, harbiy qurollar, dehqonchilikni imkoniyatlari boricha rivojlantirishgan. Bizningcha, jamoani yanada rivojlantirishning uchta yo‘li qolgan:qo‘shni xalqlarni bosib olib, talash;tashqi savdoni rivojlantirish;jamoa hududini kengaytirish.Sopollitepa aholisi uchinchi yo‘lni tanlagan. A.Asqarov Sopollitepaning inqirozi masalasini aholining yangi joyga, aynan Jarqo‘ton hududiga ko‘chishi bilan bog‘laydi.

_____________________


*A. Askarov. Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi yuga Uzbekistana, Tashkent, «Fan», 1977 g., str. 64.

Download 53,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish