Fevral-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (22534 nafar shaxsiy tarkib, 181 ta texnika) va Buxoro (3652 nafar shaxsiy tarkib, 209 ta texnika), Andijon (10671 nafar shaxsiy tarkib, 251 ta texnika) va Farg‘ona (8825 nafar shaxsiy tarkib, 153 ta texnika) viloyatlarida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari, Jizzax (5737 nafar shaxsiy tarkib, 64 ta texnika), Sirdaryo (3038 nafar shaxsiy tarkib, 113 ta texnika), Samarqand (3465 nafar shaxsiy tarkib, 216 ta texnika), Namangan (4576 nafar shaxsiy tarkib, 150 ta texnika), Toshkent (12192 nafar shaxsiy tarkib, 194 ta texnika), Qashqadaryo (3514 nafar shaxsiy tarkib, 252 ta texnika), Xorazm (43110 nafar shaxsiy tarkib, 337 ta texnika), Navoiy (11471 nafar shaxsiy tarkib, 149 ta texnika) viloyatlarida shahar, tuman miqyosidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. O‘quv mashqlari doirasida Amudaryo, To‘rtko‘l, Xonqa, G‘ijduvon, Shofirkon, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Mirzacho‘l, Narpay, Namangan, Boyovut, Piskent, Quva, Karmana tumanlari va Qarshi, Quvasoy shaharlarida “Mahalla fuqaro muhofazasi” ko‘ngilli yig‘ma guruhlarining favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda FVDqT tarkibidagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘quv mashqlarini normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari hujjatlari bo‘yicha xulosa berilib, o‘quv mashqlari yakunlari tahlili zaruriy qarorlar qabul qilish maqsadida vazirlik rahbariyatiga taqdim etib borilgan.
12-25 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 149 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil qilindi. Hududiy Suv taqsimlash bo‘limlari, Fermerlar kengashlari, Suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari ishchi-xodimlari hamda ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilgan holda (jami 28.473 nafar, 869 ta maxsus-muhandislik texnikalari) qo‘l kuchi va texnikalar yordamida 392,06 km. kanallar, 324,94 km. ichki ariqlar tozalanib, 267 ta gidroinshoot ta’mirlandi hamda soz holatga keltirilgan.
10-28 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolarning qarovsiz hayvonlar tishlashidan jabrlanishi ko‘rsatkichi yuqori shahar va tumanlarida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida 15 ta ko‘rgazmali maxsus-taktik-o‘quv o‘quv mashqlari o‘tkazilib, jami 2809 nafar shaxsiy tarkib, 74 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Aholiga 16000 dona quturish kasalligi profilaktikasiga oid eslatma va bukletlar tarqatilgan.
Mart oyi III-o‘n kunligida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligi tabiiy o‘chog‘i mavjud 8 ta viloyatda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, jami 942 nafar shaxsiy tarkib, 37 ta maxsus texnika jalb qilindi va aholiga 5500 dona eslatma tarqatildi. O‘quv mashqlari davomida veterinariya xodimlarining maxsus kiyimlar bilan (Qashqadaryo viloyati) hamda dezinsektantlar bilan (Sirdaryo va Navoiy viloyatlari) yetarli darajada ta’minlanmaganligi aniqlanib, bartaraf etish yuzasidan xizmatlar boshliqlariga ko‘rsatmalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |