3. Matnga ijodiy yondashish
Masalan, tanlangan matndagi ma’lumotlarni chizma, diagrammalarda tasvirlash, raqamli ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish va h.k
4. Matnni o‘zlashtirilish darajasini aniqlash
Bunda maxsus test yoki mantiqiy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning matnni tushunganlik darajalari aniqlanadi.
5. Yakun
Yakunlovchi suhbat orqali taasurotlar almashiniladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning matnni o‘qish sifati va tushunish darajasi faqatgina o‘quvchiga qo‘yiladigan baho emas, butun o‘quv jarayoni ishtirokchilariga qo‘yiladigan baho, ulkan ma’suliyatdir. Shunday ekan, davlatimiz tomonidan berilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan oqilona foydalanish har bir ta’lim tizimi ishtirokchilaridan ijtimoiy faollikni, kreativlikni, tizimlilikni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |