I BOB. O‘zbekistonda xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning samaradorligi
1.1-§. Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilish o‘ziga xos tomonlari
Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilib, mutaxassislar sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga qodir, jadal ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va ma’naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash izchil amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamoniy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” bugungi kunda muhim vazifalar hisoblanadi.
Ushbu vazifalarning in’ikosi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 06 sentabr 2019 yilda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5812-sonli Farmoni imzoladi. Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi va YUNESKO tomonidan ta’sis etilgan ta’limning xalqaro standart tasnifiga to‘la moslashtirildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada oshmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatlarini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarorida eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olindi:
Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
PIRLS baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish hamda 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PIRLS, TIMSS, PIRLS) ishtirokini ta’minlash maqsadida Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish vazifasi 213-bandda qayd etilgandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonning Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PIRLS 2021 tadqiqotlarida ishtirok etish haqidagi kelishuv imzolandi.
PIRLS tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston uchun metodik yordam, so‘rovlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, imkoniyatlarni tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga oshirish rejalari, mamlakat uchun o‘z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish, milliy sifat nazorati va dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER) IHTT tomonidan boshqa davlatlar qatori O‘zbekiston uchun ham biriktirildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi bo‘yicha tayyogarlik ko‘moqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PIRLS-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan
Hujjat bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi, Tashqi ishlar, Adliya, Innovatsion rivojlanish, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish to‘g‘risidagi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha “Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi”ni tashkil etish bo‘yicha bergan takliflariga rozilik berilishi nazarda tutilayotgani yana ham quvonarli holdir.
Quyidagilar mazkur Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilanadi:
xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining milliy vakili sifatida ishtirok etish;
o‘quvchi-yoshlarining savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish borasida davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va bajarish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarining ta’lim sifatini qiyosiy baholash;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘quvchi-yoshlarning PIRLS, shuningdek rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganuvchi PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
o‘quvchilarning savodxonlik darajasini xolisona baholash va xalqaro miqyosida solishtirish asosida doimiy monitoring olib borish;
ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini xalqaro miqyosda taqqoslash;
o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda ona tili, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog-kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Belgilab qo‘yilishicha:
Milliy markaz direktori maqomiga ko‘ra ilmiy tadqiqot instituti direktoriga tenglashtiriladi;
Milliy markaz direktori (PIRLS, TIMSS, PIRLS, TALIS kabi) xalqaro tadqiqotlarining milliy loyiha menejeri hisoblanadi;
Milliy markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Xalq ta’limi vazirligiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda har bir tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari malakali mutaxassislaridan kamida bir nafari xodimni xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga mas’ul qilib tayinlash;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya vosita (kompyuter, modem, proyektor)lari bilan jihozlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish va mavjud muammolarni Moliya vazirligi bilan birgalikda bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini quyi sinflardan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash dasturini ishlab chiqish;
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
PIRLS baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish;
PIRLS baholash dasturi yo‘nalishidagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat markazlari hamda har bir tuman (shaharda) PIRLS xalqaro tadqiqotlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch tadqiqot maktablarini tashkil etish;
O‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida munosib ishtirok etishni ta’minlash maqsadida vazirlikning tarkibiy (Respublika ta’lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazlari kabi) bo‘linmalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, zaruriyatga qarab tegishli bo‘limlarining vazifalarini qayta ko‘rib chiqish vazifalari yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |