Shaharlari. Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan. XIV-XV asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. Geografik o‘rnining qulayligidan Samarqand o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan savdo aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrlardayoq zargarlik buyumlari, kulolchilik bo‘yoqlari, ipak va ip-gazlamalar ishlab chiqarish va kashtachilik yaxshi rivojlandi. Qog‘oz va duxobalar ishlab chiqa- rishni samarqandliklar bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar.
Amir Temur va temuriylar davri (XV–XVII asrlar)da Samarqandda hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, Misr, qadimgi Yunoniston va Rim me’morchiligining noyob yodgorliklari qatorida umumjahon ahamiyatiga egadir. O‘rta asr shoir va olimlari Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar.
1924–1930-yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik sanoat tuguni, madaniyat markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.
Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan. Shahar qishloq xo‘jaligi rivojlangan hudud markazida joylash-ganidan unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ulkan korxonalar ko‘p.
1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga bag‘ishlab me’moriy majmua barpo qilindi. Samarqand mamlakat ilm-fanining yrik markazidir. Shaharda Samarqand davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot, arxitektura-qurilish, chet tillar, iqtisodiyot va servis, veterinariya meditsinasi institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda. Shahar tarixi Rudakiy, Navoiy, Xo‘ja Ahror, Bobur, Jomiy, Ulug‘bek, Ahmad Donish, Abu Lays Samarqandiy singari olimlar, yozuvchilar, mutafakkirlar nomlari bilan bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi ham tez ko‘paymoqda.
Kattaqo‘rg‘on viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand–Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziq-ovqat sanoatining respublikadagi yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan ta’minlaydi.
Urgut Sаmаrqаnddаn tахminаn 50 km jаnubi shаrqdа, Qаshqаdаryo vilоyati chеgаrаsidа jоylаshgаn shаhаr. Urgutdа bir nеchtа gilаm fаbrikаlаri, tаbаk-fеrmеnt vа shifеr zаvоdlаri fаоliyat yuritаdi. Sаmаrqаnd vilоyatining eng yirik shаrq bоzоri shu shаhаrdа jоylаshgаn.
Do'stlaringiz bilan baham: |