O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Davlat SHarqshunoslik Universiteti Sharq
Sivilizatsiyasi va Tarixi Fakulteti
III Kurs SHMT Arab-Ingliz guruhi talabasi Rustamov Sardor
Axtam o’g’lining Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanidan
yozgan
KURS ISHI
MAVZU: O’QUVCHILARNI TARIX FANIDAN ILMIY
TADQIQOTLAR OLIB BORISHGA QIZIQISHINI UYG’OTISH
Bajardi: Rustamov. S
Qabul qildi:
Ikromov. Sh
TOSHKENT 2022
REJA:
Kirish;
1. Ko`rsatmali qurollar tarixiy bilimlarning muhim manbai va uni
aniqlashtirish vositasi.
2. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan ko`rsatmali qurollarning
klassifikatsiyasi.
3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi.
4. Tarix darsida xarita bilan ishlash
5.Tarixiy faktlarni va xronologiyani o'rganish.
6.Darslik bilan va tarixiy xujjatlar bilan ishlash usullari.
7. Og'zaki jonli bayon qilish va yning turlari.
8. Tarix o'qitishda bosma matnlardan foydalanish usullari.
9. Tarix ta'limining amaliy uslubi haqida tushuncha.
10. O'quvchilar amaliy bilish faoliyatining turlari.
11. Vaqtli matbuot materiallari o'quvchilar amaliy faoliyatining
asosiy manbai.
Xulosa;
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati;
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
. O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi
davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy
omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy
an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi. Tarix o`qitish
uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish,
ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining
maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix
o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining
asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga
kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib
chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan
qurollantirishdan iborat. “Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish
predmetiga ega. Ta’lim muassasalarida tarix fanining o`qitilishi va o`qitish
jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi.
O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni
bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan
oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim
kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix
o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv
ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu
qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish
zarur”.
1
“Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix
o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob‘ektiv
1
Ishmuhammedov R., Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu
qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini
tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur. Tarix o`qitish
uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda
suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat
va ular ta‘lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, u tarix o`qitish jarayonining
tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda
natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi.
Tarix
o`qitishning asosiy maqsadi, maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar singari,
o`zligini anglash tarbiyasidan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator ta‘lim-tarbiya
vazifalaridan tashkil topadi. Maktabda tarix o`qitish vazifasi o`quvchilarda ongli
dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Tarix o`qitish jarayonida bu bosh
vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo`lishi ruxida, o`zbek
xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi ma‘naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, ularni
bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib boriladi.
Tarix o`qitish deganda, tarixiy materiallar vositasida o`quvchilarga bilim berish
ularni o`zligini anglash bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarish ruxida
tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan
jarayonni, ya‘ni o`qituvchi va o`quvchilarning ilmiy (ichki) o`quv xarakatlari
(tashqi) jarayoni tushuniladi”.
2
Tarix kursining mazmuni deganda birinchi
navbatda tarix dasturi va darsligada belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami
o`quv metariallari: uning mazmuni, tarixiy faktlarni taxlil qilish asosida kelib
chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o`quvchilarning tarixiy materiallarni
o`zlashtirish va olgan bilimlardan foydalana bilish sohasidagi o`quv usullari,
2
Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.
ko`nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish
ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko`zda tutiladi.
O’quvchilarni tarix fanidan tadqiqotlar olib borishda qiziqishini uyg’otish
uchun Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanimizda bir qancha usullar mavjud
ulardan yuqoridagi mavzuni yoritishda quyidagi eng afzal deb hisoblaganlarimni
misol qilib keltirib o’tmoqchiman. 1. Ko`rgazmali uslubiyat. 2. O’g’zaki uslubiyat.
3. Amaliy uslubiyat.
Ko`rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko`rsatmali usuli,
o`qituvchi bayonining ko`rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlarga
suyana bilishi, dars mavzusini bayon qilish vaqtida ko`rsatmali qurollardan
foydalanish va ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va
xodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari
tushiniladi. Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o`qituvchi
bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,ko`rsatmali qurollar vositasida
o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham
qo’shiladi.Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
Tarix o`qitishning ko`rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham
katta. Avvalo, ko`rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba
bo’lib xizmat qiladi. Ko`rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va xodisalarning tashqi
ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.
Ko`rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy xodisalarni, tarixiy
tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.
3
3
G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T, 1996.
Ko`rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,ularning nazariy
xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob‘ektiv
qonuniyatlarini o’zaro aloqalarini yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi,
shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib
ham xizmat qiladi. Shu tariqa ko`rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni,
hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur
hosil qilishga yordam beradi. Shunday qilib, ko`rsatmalilik metodi:
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;
2) o’quv materialining ta‘lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirishga yordam beradi;
3) o`qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi;
4) o`quvchilarning o`quv materialini o`rganishga qiziqishini oshiradi va ularning
bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarini
o`quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) o`quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;
7) o`quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam
beradi. Ko`rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri,
ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga
bo’linadi:
4
1) Predmetli ko`rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura
yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro`zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik
topilmalar.
2) Tasviriy ko`rsatmalar: o`qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar
va lbomlar,san’at asarlari,portretlar,rasmlar,fotohujjatar va fotokopiyalar,
4
A. Sa’diyev. Maktabda tarix o’qitish metodikasi.–T., «O’qituvchi», 1998.
darsliklardagi illyustratsiyalar, o`quv filimlar va kinofilmlar, maketlar, har xil
modellar va boshqalar.
3) Shartli ko`rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar,
sxemalar, grafika, diagramma va kartogrammalar,appilikatsiyalar va pedagogik
rasmlar. Predmet ko`rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki
botanika o`qitucvchilari o`rganilayotgan mavzuni o`quvchilarga formula, shakl va
boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o`qituvchisi unday imkoniyatdan
mahrumligiga sabab, masalan o`quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va
faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko`rsatsa
faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini yoki aytaylik
feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni boshqa ba‘zi
buyumlarni masalan, Jaloliddin Manguberdining janglarda ko’rsatgan jasorati va
qahramonliklarni emas, balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim
rasm,kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos. Lekin har xolda kishilarning
o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga
so`zsiz yordam beradi.
5
O`quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha
ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi
haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o`rganadilar. Shuning
uchun maktablarda tarixiy o’tmishni o`rganishning asosiy manbalaridan biri
bo`lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor
beriladi.
Tasviriy ko`rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi.
Tasviriy ko`rsatmalar bir necha xil bo’ladi.
5
E. Safayeva. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitishda mahalliy materiallardan foydalanish. –T., «O’qituvchi», 1993
a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy
ko`rsatmalar,hujjatli foto suratlar va hujjatli kinofilimlar,predmet yodgorliklarining
tasvirlari mehnat qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari.
b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstruktsiya qilingan arxitektura va boshqa
yodgorliklar, tasviri, ro`zg’or buyumlari yoki ularning tasviri.
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko`rsatmalar,
tarixiy san‘at asarlari,darsliklarda berilgan illyustratsiyalar,maketlar,modellar va
boshqalar.
6
Ko`rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o`qituvchi
quyidagilarni e‘tiborga olishi lozim:
1. O`quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning
predmet va tasviriy ko`rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.
Masalan sinf o`quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea-xodisalarning yaxlit
manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori
sinflardagi o`quvchilarni esa yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko`rsatmalar
qiziqtiradi.
2. Har bir dars uchun tanlangan ko`rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi ilmiyligi
jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o`quvchilariga mos
bo’lishi, soni ko`paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko`rsatmali qurollar
ko’payib ketsa, o`qituvchi va o`quvchilar ish qurollari bilan ovora bo’lib qolib,
o`quvchilarning dars materialini o`zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin.
3. O`quvchilarning ko`rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o`zlashtirib
olishlariga erishish kerak.
4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib boriladi.
Tarix o`qitishda qo`llaniladigan tasviriy ko`rsatmali vositalar ichida o`quv
kartinalari muhim o`rin tutadi. Kartinalar o`rganilayotgan voqealar va xodisalar
6
O’zbekiston tarixi va madaniyat. –T., «O’qituvchi», 1992.
haqida o`quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi. Tarixiy
temalarga bag`ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga
bo`linadi.
1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar,
harbiy harakatlar,voqealar yoritiladi. Bu kartinada o`qituvchidan voqeani yorqin
hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni,
o`quvchilarga axloqiy va g`oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin.
2. O`rganilayotgan davr uchun tipik bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar.
Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko`rinishini o`rganish bilan
bog`lik bo`lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o`quvchilarning faol
mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin.
3. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli
tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o`qituvchi o`quvchilarga
mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o`quvchilarning “Oqsaroyga”
xayolan ekskursiya qildirish.
4. Tarixiy portretlar. Ular ustida o`quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo`lsa,
ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyagini og`zaki va yozma ravishda hikoya
qilib beradi. Shu tariqa kartinalardan foydalanish va ular ustida ishlash metodlari,
ularning mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtdagi maktab tarix
kursining deyarli hamma bo`limlari yuzasidan o`quv kartinalar yaratilgan.Keyingi
yillarda ularning soni yanada ko`paydi.
7
Illkyutratsiya mazmunining murakkabligi, xarakteri o`quvchilarning
tayyorgarligiga qarab suxbat yo’li bilan tahlil qilinishi mumkin, o`qituvchi
o`quvchilarga mustaqil taxlil qilishni ham topshirishi mumkin.
7
O’zbekiston tarixi fani dasturi universitetlar va pedagogika oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlari uchun. –T.,
1996.
Illyustrativ materiallar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. O’tmishdagi buyum yodgorliklarining tasvirlari:
a) Ayrim buyumlar yoki ularning parchalari, ro`zg’or ashyolari, urush qurollari,
mexnat qurollari;
b)Arxitektura yodgorliklari va san‘at asarlari tasviri. Ular ichida buyum va
arxitektura yodgorliklarining tasvirlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu gruppaga
kirgan illyustratsiyalar juda ham turli-tuman bo`lib ob‘ektni tahlil qilish,taqqoslash
va tegishli xulosalar chiqarish uchungina xizmat qilmasdan o`quvchilarni estetik
ruxda tarbiyalash va ularga emotsional ta‘sir ko`rsatishning ham muhim vositasi
bo`lib xizmat qiladi.
2. Rassomlarning hayotdan olib yaratgan asarlari.
3. Portretlar.
4. Karikaturalar. Ular asosan XIX-XX asr voqealariga doir bo`lib ko`proq yangi va
eng yangi tarix darsliklarida beriladi.Metodist olimlar karikaturalardan foydalanish
tarixiy faktlarga, siyosiy arboblarga, ijtimoiy gruppalarga siyosiy xarakteristika
berishga, ularga berilgan baholarni esa mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi,
o`quvchilar ongiga, g’oyaviy-siyosiy tarbiyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
8
Karikatura o`quvchilar oldiida tarixiy voqeaning moxiyatini ochib berish, tarixiy
shaxsning faoliyatini fosh etishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi deb baho
berishadi.Vaholanki bizhihg milliy xususiyatlarimiz, diniy qarashlarimiz, urf –
odatlarimizga karikaturalardan foydalanish unchalik ma’qul emas.
5. Hujjatlar, yozuvlar, yozuvli tekstlar, toshga o’yilgan yozuvlar, qo’lyozmalar,
nashr etilgan yozmalar tasviri. Bu xildagi illyustratsiyalar o`quvchilarning davr
ruxini tarixiy sharoitni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.
8
O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishning yagona konsepsiyasi. –T., 1996.
6. Hujjatli fotosuratlar. Bu xildagi illyutratsiyalar, asosan XIX va XX asr
voqealariga doir bo`lib yuqori sinflarda foydalaniladi.
Shunday qilib, illyutratsiyalar bilim manbalaridan biri bo`lib, tarix darslarida
o`qituvchi bayonini aniqlashtirishda, uning g’oyaviy-siyosiy ta‘sirini
kuchaytirishda, o`quvchilar bilimini mustahkamlash va mavjud bilimlarni ishga
solishda ko`rsatmali material sifatida ham xizmat qiladi.
Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq
tasvirlab berish o`quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari
mexnatining o`zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam
beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga
ega. Darsda kartadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo`lgan joyni ko`rsatish,
o`quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy
voqealarning moxiyatini ularning qonuniyatlarini, o`zaro aloqalari, sabab-
natijalarini ochib berishda ham muhim rol uynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani
tushuntirib berishdagina, emas balki uni taxlil qilishda va umumlashtirishda ham
foydalaniladi.
9
Tarix o`qitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan
foydalaniladi.
1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy
voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi
ahvolini aks ettiradi. Masalan, XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi, 1789
yilda Yevropa va boshqalar.
2. Obzor xaritalar. O`rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr
mobaynida territoriyaning o`zgarganini aks ettiradi. Masalan: “XIV-XV asrlarda
Temuriylar davlatining kengayishi”, “Rim davlatining yuksalishi”.
9
R. Muqimov va boshqalar. O’zbekiston tarixi. XVI-XIX asrning 1–yarmi.-T., «O’qituvchi», 1994.
3. Tematik xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim
tomonlariga bag`ishlanadi. Masalan, «Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli».
Tematik xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga,
sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o`tmishga doir masalalar to`laroq
yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko`pchiligi tematik xaritalardir.
O`qituvchi bosma yoki qo`lda tayyorlangan osma tematik kartalardan ham
foydalanadi. Sxematik xaritalar yoki xarita sxemalar ham, tematik xaritalarning bir
turidir. Tarix darslarida o`quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va
iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va
iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi. Birorta ham darsni xaritasiz
tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo`llanmasi bo`lib
hisoblanadi. Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning
samaradorligini oshiradi. Ta’limning texnika vositalari o`qitish va
o`rganish sifatini ko`tarishga, o`quvchilarning o`quv materialini qiziqib o`rganish,
puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi. Tarix o`qitish tajribasiga ko`ra maktabda
ta‘limning quyidagi texnika vositalardan foydalanilmoqda.
10
1 .Oddiy texnika qurilmalari: Xarita va o`quv kartinalari ilinadigan
yog`ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar,sinf
doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska.
2. Ovozli apparatlar, proigrovatel, magnitafon, radiopriemniklar .
Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit lentalar ham bor.
Buyuk davlat va jamoat arboblarining birinchi navbatda Prezident
I.A.Karimovning nutqlari yozilgan kassetalardan, slaydlardan foydalanishi
mumkin. Maktab tajribasida bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar
qo`llaniladi:
10
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai Sa’dayn va majma’i bahrayin. –T., «Fan», 1969.
1) yozuv materiallari yuzasidan o`quvchilarga savollar berish bilan bu
yozuvlar materialiga qo`shimcha qilinadi.
2) Avvalo slaydlar namoyish etiladi, so`ngra suhbat yordamida tahlil qilinadi.
3) Qadimgi yozuvlar asosida o`quvchilarning musqaqil ishlari tashkil etiladi.
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O`qituvchi o`quvchilar
uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo`yicha tarixdan
beriladigan eshittirishlarni tashknl etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar
ko`pincha magnit lentalarga yozib olingan bo’ladi.
4) Har xil ko`rsatuv asboblari va qurilmalar ta‘lim texnika vositalarining uchinchi
guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diopozitivlar, diafilmlar va o`quv
kinofilmlardan iborat.
Tarix darslarida bunday texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur
texnik sharoit mavjud bo`lgan kabineti yoki texnika vositalaridan foydalanishga
moslangan maxsus tarix kabineti bo`lishi kerak.
a) Kabinetda juda katta doska bo`lishi kerakki, uning bir qismi ekran
bilan band bo`lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo`lsin;
b) xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo`lsin;
d) Zarur texnika vositalari va ularni ko`rsagadigan apparatlar kabinetda
mavjud bo`lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday
maxsus kabinet bo`lmagan taqdirda, sinfni ham, uni texnika vositalaridan
foydalanadigan qilib jixozlasa bo’ladi.
11
4. O`quv kinofilmlari ham ta‘limning ko`rsatmali vositalari jumlasidandir.
Tarix o`qitishda o`quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko`rsatmali
vositasidir. Kinofilm o`quvchilar ko`z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini
to`liq harakatda gavdalantiradi.
11
Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T., « Universitet » 2002.
O`quvchilar boshqa ko`rgazmalardan ko`ra, kinofilmlar vositasida tarixiy
o`tmishni jonlliroq idrok etadilar.
Tarixiy temalarga bag`ishlangan badiiy filmlar o`zining mazmuni va
tarixiy voqealarning jonli qilib ko`rsatishi jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o`xshab
ketadi. Hujjatli xronikal filmlar esa, o`sha davrning ko`rsatmali hujjati bo`lib
xizmat qiladi.
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o`quvchilarga emotsional ta‘sir
ko`rsatish,estetik va ahloqiy tarbiya berish vositasi hamdir.Kinofilmlar
bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O`quvchilar oddiy
sharoit o`qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarga
borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko`rib ham
olishlari mumkin. Negaki o`quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning
butun qiyofasi, xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham
ko`z bilan ko`radi.
12
Kinofilmni o`quvchilarga ko`rsatishdan oldin, o`qituvchining o`zi uni sinchiklab
ko`rib chiqishi va o`rganishi lozim. Bu bilan o`qituvchi filmning umumiy mazmuni
bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va diktor teksti bilan
tanishadi. Shundan keyin film o`quvchilarga ko`rsatiladi, so`ngra film yuzasidan
suhbat o`tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi.
Filmni mazmuniga bog`lab uyga vazifa topshiriladi. Tarix o`qitish tajribasiga
o`quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:
a) O`qituvchi o`z bayonini o`quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni
ko`rsatish bilan bog`lab olib boradi. Tanlab olingan o`sha kadrlarni izohlaydi va
tegishli xulosalar chiqaradi;
b) 10-15 minut qisqa o`quv filmlariga bag`ishlab dars o`tkaziladi;
12
www.worldarthistory.com
v) maxsus kino darsi tashkil etiladi;
g) Darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
d) O`qishdan tashqari vaqtlardagi teleko`rsatuvlar, o`quvchilar bu eshittirishlarni
uyda tomosha qiladi.
Darsda o`quv teleko`rsatuvlariching ikki xil turi qabul qilinadi:
a) 15 daqiqa teleko`rsatuv;
b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag`ishlangan
tematik teledars yoki takrorlash darsi.
13
13
V. Sodiqov, R. Shamsutdinov, P. Ravshanov, O’. O’smanov. O’zbekistonning Yangi tarixi. Turkiston Chor Rossiyasi
mustamlakachillik davrida. –T., «Sharq», 2000.
O`qitish uslublari tizimiga asos qilib olingan bilim manbalarida o`qituvchining
jonli, so`zi nutqi asosiy rol o`ynaydi.O`qituvchining jonli nutqi o`quvchilarning
ko`z ungada tarixiy o`tmish va hozirgi ijtimoiy xayotning yorqin manzarasini, xalq
ommasining mehnati va qudratini, kishilarning yorqin obrazlarini gavdalantiradi.
O`qituvchining bayoni emotsional va ishontiruvchi kuchga ega, jonli nutq o`quvchi
ongiga tez yetib boradi, uni ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonning
qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi, o`quvchilarga tarixiy materialni taxlil
qilish va umumlashtirish namunasini ko`rsatib beradi. O`qituvchining jonli nutqi
puxta bilim va malaka manbai bo`lishi bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga
ega. O`qituvchining nutqida mantiq; intonatsiya, urg`uning kuchi, dalillarining
jonli va ishonarli bo`lishi o`quvchilarning ongiga, xis tuyg`ulariga kuchli ta‘sir
ko`rsatadi. Ularni fikricha o`rgatadi, ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy
jarayonni uning qobiliyatlarini to`g`ri tushunishga yordam beradi.
O`qituvchining jonli so`zi o`quvchilarning o`qish o`rganishi va bilish
faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilishning metodik usullari va vositalarini
ham o`zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish o`quvchilar bilimining puxta va mustaqil bo`lishini ta‘minlaydi, tarix
o`qitishning ta‘limiy vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga yordam beradi.
Ma‘lumki, tarix o`qitishdagi maqsad o`quvchilarga bilim berish va malakalar hosil
qilish bilan birga juda murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham
amalga oshiradilar. Bunda o`qituvchining g`oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, ahloqiy
qiyofasi, madaniyati muhim o`rin tutadi. Binobarin, maktabda tarix o`qitish
darajasi o`qituvchining saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik
maxoratiga, o`qituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga
bog`likdir.
14
O`qituvchi nutqi, bayonining ilmiyligi, g`oyaviy-siyosiy tinikligi,
xayotiyligi, tarbiyaviy xarakteri o`quvchilarning mustaqillik va faoliyatini
oshirishga, ularda kunikma va malakalarni xosil qilishga yorlam berish, fikrlar
izchilligi va tushunarli bo`lishi jihatdan didaktikaning asosini prinsipi va
qoidalarning to’liq javob beradigan bo`lishi lozim.
O`qituvchi bayonini puxta o`rganish va uni o`zlashtiri1i ustida raxbarlik qilishida:
1. O`quvchilarning o`rganishi pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.
2. O`qituvchi bayoni strukturasining pedagoshk jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.
3. Bayon qilinaetgan materialni o`quvchilarning yozib olishiga e‘tibor berishi
lozim. O`quvchilarning o`qituvchi bayonini etibor va qiziqish bilan o`rganishni
a) o`qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy momentlarini
qisqacha so`zlab beradi. Masalan, bugungi darsimiz Chingizxon boshlik
mug`ullarning O`rta Osiyoga bostirib kirishi, yurishining vaxshiylik xarakteri,
bosqinchilarga qarshi O`rta Osiyo xalqlarining qahromonona ko`rashi
mug`ullarning hukmronligi o`rnatilgandan keyin ham ko`rashning davom etishi,
chunonchi xoin feodallarga va bosqinchilarga qarshi Maxmud Tarobiy
boshchiligidagi ko`zg`alon haqida bo`ladi. Shu bilan birga bu voqeaning kimlar
tomonidan va qanday manbalar asosida yozilganligini ham kurib o`tamiz.
b) O`qituvchi o`rganilayotgan temaning muhimligi yoki qiyinligini aytib uni puxta
tushunib, bilib olish uchun nima qilish keraqligini aytaylik, bayonning qaysi
joylariga e‘tibor berish keraqligini, o`tilgan materiallardan nimalarni eslash
zarurligini, qo`shimcha qanday materiallarni (badiiy asardan aktivlashtirishda)
muhim o`rin tutadi. O`qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg`uning kuchi, pauza,
jumlalarning ixcham va mantiqan to`g`ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof, boy
obrazli va ta‘sirchan bo`lishi unda xalq donishmandligini ko`rsatuvchi maqollar,
14
www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml
xikmatli so`zlardan, badiiy asar namunadaridan o`rinli foydalanish ayniqsa
muhimdir. Shunday qilib, tarix o`qituvchisi didaktik talablar hamda tarix
predmetining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materialni konkret va
ko`rsatmali qilib so`zlab tushuntirib bera olishi kerak. Xar bir o`qituvchi bu
san‘atni egallab olishi mumkin albatta. Buning uchun tarixiy materialni og`zaki
bayon qilish, uning asosiy metodlari oldiga quyilgan talablarni puxta bilish, nutqni
ustirish ustida, aniq, ravon ta‘sirli va obrazli so`zlash ustida tinmay ishlash mashq
qilish kerak, xolos.
O`qituvchi tarixiy materialni og`zaki bayon qilish formalarini, ularning o`ziga xos
xususiyatlarini qanchalik aniq tushunsa, ulardan shunchalik maqsadga muvofiq
foydalana oladi. Tarix o`qitishning g`zaki metodlari, ya‘ni o`qitishda o`qituvchi
jonli so`zining qanday usullarda o`quvchilarga yetkazish masalasini metodist
olimlar turlicha talqin etadilar. Metodistlardan N.V. Andrevskaya bilan V.N.
Bernadskiy 1947 yilda nashr etilgan «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish»
qo`llanmasida qaysi parchani qanday, hujjatni yoki vaqtli mabuotda e‘lon qilingan
maqolani va x.z.ni o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o`tadi. Vazifa
shundan iboratki, o`qituvchining bayoni o`zining xarekteri bilan bayon qilingan
umumiy voqeaning ichki aloqalarini o`quvchilarning tushunib olishlariga
yordamlashsin.
15
Buning uchun o`qituvchi iloji boricha materialni bayon qilish
planiga muvofiq muntazam va izchil suratda so`zlab berishi, bir masalaning
tamomlab, unga yakun yasab keyingi masalaga o`tishda o`quvchilar oldiga tegishli
savollarni quyib borish ham o`qituvchi bayoninnng tushunarli bo`lishiga yordam
beradi. (Masalan, ana shu sabablarga ko`ra mo’g’ul bosqinchilari O`rta Osiyoda
o`zlarining hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`lsalarda, O`rta Osiyo
15
M. Jo’rayev, R. Nurullin va boshqalar. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekiston
sovet mustamlakachiligi davrida. –T., «Sharq», 1999.
xalqlarining ko`rashi nega to`xtab qolmadi, Nima uchun ular O`rta Osiyo
xalqlarining irodasini buka olmadi?).
Tarix o`qitishning hamma pallalarida ham o`quvchilarga darsni bayon qilish
imkonini berish va xatto uni doskaga yozib qo`yish, materialni shu reja asosida
bayon etish lozim bo`ladi. Bu birinchidan, o`qituvchi bayonining muntazamligini
ta‘minlasa, ikkinchidan o`quvchilar olgan bilimning ham konkret puxta va
mustaxkam bo`lishini, eng muhimi uning sistemali ravishda izchillik bilan yaxlit
o`zlashtirishini ta‘minlaydi.
O`qituvchi bayoninish uslubi ham o`quvchilarning bayonini puxta
o`rganish va ularning bilish faoliyatini metodikasi "(Metodika prepodovaniya
istorii v semiletney shkole)" degan asarlarida hikoya tarixiy materialni og`zaki
so`zlab berishning asosiy metodi, voqealar ta‘riflar va tasvirlab berish,
tushuntirish usullari esa hikoya metodining elementlari yoki boshqa xil turi
deydilar. N.V. Andreevskaya 1958 yilda chiqqan "V-VI sinflarda tarix o`qitish
metodikasi ocherki" degan qo`llanmasida ham shu fikrni ilgari suradi. Metodist
M.N. Zinovev "Tarix o`qitish metodikasi ocherki" (Ocherki metodiki
prepodovaniya istorii RSFSR. APN. 1955 g.) nomli qo`llanmasida tarixiy
materialni og`zaki bayon etishning hikoya va maktab leksiyasi metodlarini
ko`rsatadi. V.G.Kartsov "VIII-X sinflarda SSSR tarixini o`qitish metodikasi
ocherklari" (Uch pedgaz, 1955g.)da tarixiy bilimlar ikkita asosiy metod hikoya va
suxbat yordamida bayon qilinadi.
16
Yuqori sinflarda qo`llaniladigan hikoyani
ko`pincha maktab leksiyasi deb ham yuritiladi deyish bilan u maktab leksiyasini
hikoyaning bir turi deb qaraydi. U og`zaki bayonini tavsiflash, hikoyasi,
tushuntirish, suxbat, qisqacha bayon deb to`rt to`rga ajratadi.
16
I.A. Karimov, I. Tursunov. Islom Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy isloќotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarini
o’rganish.–T., «O’zbekiston», 1995.
Ko`rinib turibdiki 60-yillarga qadar ham tarixiy bilimlarni og`zaki bayon metodlari
metodik adabiyotlarda aniq klassifikatsiya qilinmagan. Xatto bu haqda aniq bir
fikrga ham kelinmagan edi.
Metodistlardan A.A. Vagin bu masalani birmuncha mukammal ishlab chiqdi.
U shu problemaga doir tarixiy metodik adabiyotni chuqur o`rganib va maktabda
tarix o`qitish tajribalariga suyanib turib og`zaki bayon metodlarini ko`rsatmali
asosda quyidagi turlarga bo`ldi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |