II BOB " NILUFAR GULI" VA " BUMERANG" TEXNOLOGIYALARI
2.1 " NILUFAR GULI" TEXNOLOGIYASI
Didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan biri bo’lib, shaklan nilufar guli ko’rinishiga ega. Yagona asos, unga birikkan to’qqizta “gul barg” (kvadrat, to’rtburchak yoki aylanalar)larni o’z ichiga oladigan mazkur metod yordamida yetakchi muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi. Talabalarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan mazkur metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) hal etiladigan masala aniqlashtiriladi;
2) talabalar topshiriq mazmuni va uni yechish shartlari bilan tanishtiriladi;
3) talabalar kichik guruhlar (yoki juftliklar)ga biriktiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |