Dars ishlanma
Darsning mavzusi: Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga Molekular-kinetik nazariyasi xaqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar , slaytlar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Molekular fizika va termodinamika moddaning turli agregat holatlaridagi fizik xossalarini, diffuziya, issiqlik o'tkazuvchanlik kabi hodisalarni, issiqlik ta'sirida modda holatining o'zgarishini, moddalarning issiqlik sig'imi, bug'lanislii, kondensatsiyasi, erishi, qotishi, mustahkamligi, elastikligi kabi xossalarini o'rganadi.
Moddalar nihoyatda ko'p zarralar - atom va molekulalardan tashkil topgan. Masalan, 1 sm3 hajmdagi qattiq jism yoki suyuqlikda 1021-1024 ta, normal sharoitdagi 1 sm3 havoda esa taxminan 1019 ta atom va molekula bo'ladi. Fizikaning «Mexanika» bo'limini o'rganishda jismlar zarralardan tuzilganligi e'tiborga olinmagan edi. «Molekular fizika va termodinamika» bo'limini o'rganishda esa jismlarni tashkil etgan moddalar atom va molekulalardan tuzilganligi o'rganiladi. Moddadagi ulkan sondagi har bir atom va molekulaning mexanik harakatini o'rganishning imkoni yo'q. Shu sababli bu muammoni hal etish uchun statistik va termodinamik metodlardan foydalaniladi.
Statistikmetod. «Statistika» so'zi «hisoblash», «umumlashtirish» degan ma'no- larni anglatadi. Statistik metodda moddadagi har bir zarraning harakati emas, balki ularning natijaviy o'rtacha harakati o'rganiladi. Masalan, molekulalarning o'rtacha tezligi, o'rtacha kinetik energiyasi va hokazo. Zarralarning natijaviy o'rtacha harakati aloliida zarralarning harakat qonuniyatlari asosida aniqlanadi. Bu metod modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasida asos qilib olingan.
Termodinamik metod. «Termodinamika» so'<;/ «termo» - «issiqlik» va «dinamika» - «kuch», «harakat» so'zlaridan olingan. Termodinamik metodda o'rganilayotgan moddaning holati temperatura, bosim, hajm kabi termodinamik parametrlar bilan aniqlanadi.Molekular fizikani o'rganishda har ikkala statistik va termodinamik metodlar bir-birini to'ldiradi. Bu metodlar gaz, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning tuzilishi va ularda bo'ladigan jarayonlarni o'rganishda foydalaniladi.
Fizikaning ushbu bo'limida awaliga statistik metodga asoslangan «Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi asoslari»ni (I bob) va termodinamik metodga asoslangan «Termodinamika elementlari»ni (II bob) o'rganasiz. So'ngra esa har ikkala metod qo'llangan «Suyuqliklardagi sirt hodisalari»ni (III bob), «Qattiq jismlarning xossalari»ni (IV bob) va «Modda agregat holatining o'zgarishi»ni (V bob) o'rganasiz. Shu tariqa molekular fizika va termodinamikaga oid bilimlarni egallaysiz.
Molekular-kinetik nazariyaning asosiy omillari
Moddalarda bo'ladigan issiqlik hodisalarini va bu moddalarning ichki xossalarini barcha moddalar tartibsiz harakat qiluvchi zarralardan iboratdir, deydigan tasawur asosida izohlaydigan nazariya molekular- kinetik nazariya deb ataladi.
Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi quyidagi omillarga asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |