Affektlar (hissiy portlashlar) – kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlar affektlar deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham qisqa muddatli bo`ladi: ular xis-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni to`s-to`polon qilgan shamolga o`xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayojonlanishini ifoda etsa, u holda affekt bo`rondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |