Kurs ishi mavzu: Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Bajardi: Norbayev Anvar Qabul qildi: Boboqulov Chori Qo`yilgan ball: Termiz 2022 mavzu: maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi mundarija: Kirish



Download 50,54 Kb.
bet6/9
Sana17.05.2023
Hajmi50,54 Kb.
#940171
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Ba

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda Ertalabki gimnastika mashg‘ulot komplekslari katta guruhdagi mashqlar kompleksidan aytarli farq qilmaydi. Bunda sur’at biroz ortadi hamda umumrivojlantiruvchi mashqlar ko‘proq (6–8 marta) takrorlanadi. Yugurish jadalligi uning davomiyligini oshirish hisobiga kuchaytiriladi. Bunda yurish yugurish bilan almashtirib turiladi. Ertalabki gimnastikaning yakunida bajariladigan, turgan joyida sakrash mashqlarining soni ortadi (kamida 30 marta sakrab, biroz tanaffusdan keyin yana shu miqdor takrorlanadi), sakrashning maromlik tasviri xilma-xil va murakkab bo‘lib boradi (ikki marta pastroq, bir marta balandroq sakrash; turgan joyda 5 marta sakrab oltinchisida aylanib burilish va h.k.). Sakrash vaqtida qo‘llarning xilma-xil harakat va holatlari bajariladi. Masalan, arqonning o‘ng tomonidan va chap tomonidan sakrab o‘tish mashqlari, qo‘llarni boshdan orqaga qo‘yib sakrash mashqlari shular jumlasidandir.
Shunday qilib, umumiy ertalabki gimnastikaning funksional ta’siri kuchayadi, uning har bir mashqlar dasturi avvalgidek ikki hafta mobaynida muttasil takrorlab boriladi. Oradan birmuncha fursat o‘tgach (2–3 oydan keyin) mana shu mashqlar kompleksining o‘zini takrorlash yoki buyumlar bilan bajariladigan mashqlardan iborat mashqlar kompleksi tuzilayotganida uni asos qilib olinishi mumkin. 228 Besh yoshga qadam qo‘ygan bolalar ertalabki gimnastikani tayyorlash va o‘tkazishda ancha mustaqilroq bo‘ladilar. Tarbiyachining taklifiga ko‘ra bolalar tezda uyushqoqlik bilan yechinadilar va mashqlarni bajarishga kirishib ketadilar. Ertalabki gimnastikani o‘tkazish vaqti kun tartibida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. U 6–8 minut davom etadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lganida massaj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta bo‘lgan sari gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va birmuncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.
Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi, ayrim organlar va organizm 7tizimlarining funksional imkoniyatlari oshadi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi kuchayadi va hokazo). Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi meteorologik omillarning xilmaxil o‘zgarishlariga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qo‘shib olib borish chiniqish samaradorligini oshiradi. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta’sir etish uchun qo‘llaniladi. O‘rmon, bog‘lar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar)ga boy havo mikroblarni yo‘qotishga yordam beradi, qonni kislorodga 43 to‘yintiradi, kishi organizmiga yaxshi ta’sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va kishini turli kasalliklardan (raxit va boshqalardan) saqlaydi.
Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Masalan, jismoniy mashg‘ulotlar suyak va muskul tizimining rivojlanishiga yaxshi yordam beradi (to‘laqonli va o‘z vaqtida ovqatlanilganda). Xonalar, jismoniy tarbiya jihozlari, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Gigiyena talablarini bajarish bolalarda ijobiy emotsiya uyg‘otadi va jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi.


Download 50,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish