Курс иши мавзу: Кар болалар мактабида дактил нутқига ўргатиш


Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning daktil nutqini eksperemental



Download 404,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana14.04.2022
Hajmi404,11 Kb.
#549677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kar bolalar maktabida daktil nutqiga orgatish ishi mazmuni uslublari

2.2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning daktil nutqini eksperemental 
o’rganish natijalari 
 
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lganbolalarning nutqini holatini 
tekshirish natijalari tahlili maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni 
bo‟lganbolalarning lug‟at boyligini shakllantirish yo‟llarini darajasini aniqlash 
imkoniyatini berdi. 


Maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning nutqini tekshirish 
jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib bordik va aniqlangan natijalardan 
shuni ko‟rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lgan 
bolalarning lug‟at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‟quvchilar javoblari 
juda past ko‟rsatkichni ko‟rsatdilar. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni 
bo‟lgan bolalarning lug‟at boyligini tekshirish bo‟yicha topshiriqlarni bajarilishi 
talab qilingan topshirig‟imizning natijalari 1- jadvalda foiz ko‟rsatkichlarida 
ko‟rsatilgan. Ta‟kidlovchi eksperementda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 17 -
sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtioslashtirilgan ta‟lim muasasasiining 
10 nafar o‟quvchilari qatnashdilar, Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil 
nutqini eksperemental o‟rganish L.R.Mo‟minova tomonidan ishlab chiqilgan 
(ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalari asosida o‟rganildi. 
Eksperementimizda eshitishda nuqsoni bo‟lgan o‟quvchilarga og‟zaki va yozma 
topshiriqlar berildi. 
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil nutqining umumiy holati 1 
– jadvalda ko‟rsatilgan. Eksperement jarayonida tekshirilgan bolalarning 
insonning gavda qismlarini to‟g‟ri nomladilar. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan 
bolalarning 10 tasi (100%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar. Predmetlarni 
kategoriya bo‟yicha umumlashtirish yuzasidan berilgan, fikr yuritishga 
yo‟naltirilgan topshiriqlar eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarda katta qiyinchilik 
tug‟dirganligi aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 8tasi (80%) uy 
jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, qolganlari esa predmetlarni 
rag‟batlantiruvchi yordamidan, ko‟rsatmasidan so‟ng ham (eksperementator 
predmetni ko‟rsatadi va so‟raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) Eshitishda 
nuqsoni bo‟lgan bolalarning 6 tasi (60%) uy jihozlaridan predmetlarni 
umumlashtirdilar, bolalarning 2tasi (20%) umumiy tushunchani ifodalaydigan 
so‟zlarni xususiy tushunchani ifodalaydigan so‟zlarni xususiy tushunchani 
anglatadigan so‟zlar bilan almashtirdi. Oyoq kiyimlarini ifodalovchi rasmlar 
guruhini bolalar “tuflilar”, idish tovoqlarni – “piyolalar”, “ichadigan narsalar”, 
mebellarni – “shkaflar”, transportlarni – “mashinalar” deb nomladilar. Lekin 


bolalar topshiriqni xato bajarsalar ham, daktil nutqi vositasida so‟zlarni to‟g‟ri 
nomladilar. 
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi 
so‟zlarga sifatlar topishda, predmetlarning belgilarini nomlashda ham namoyon 
bo‟ldi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 8 tasi (80%) uy jihozlaridan 
predmetlarni belgisini nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, 
lekin eksperementatorning rag‟batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni 
bo‟lgan bolalarning 2 tasi (20%) predmetlarni belgilarini nomladilar.Eshitishda 
nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi so‟zlarga sifatlar topishda 
qiyinchilik tug‟dirdi. 
So‟zlarga antonimlarni topish. Ko‟rsatma: bolaga avval birin-ketin 
ko‟rsatilgan rasmlarni nomlash, so‟ngra so‟zlarga antonimlarni topish taklif 
qilindi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi 
so‟zlarga antonimlarni topishda qiyinchilik tug‟dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan 
bolalarning 6tasi (60%) so‟zlarga antonimlarni topdilar, qolganlari esa 
predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperementatorning rag‟batlantiruvchi 
yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 4 tasi (40%) so‟zlarga 
antonimlarni topdilar.
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‟yicha gaplar tuzish: “Bu 
qo‟g‟irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‟quvchi . O‟quvchi dars tayyorlayapti” 
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi so‟zlarga gap 
tuzishda qiyinchilik tug‟dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 6 tasi 
(60%) rasmlar bo‟yicha gaplar tuzdilar, qolganlari eksperementatorning 
rag‟batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 4 tasi 
(40%) rasmlar bo‟yicha gaplar tuzdilar. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar lug‟at 
zaxirasini 
tekshirish 
natijalari 
ularda 
gaplar 
sintaksisining 
deyarli 
rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 
barchasi rasmlarga qarab gap tuzishda bitta so‟z bilan chegaranishlari aniqlandi. 
Masalan, Malika taklif qilingan rasmlarni ko‟rib chiqib (rasmda bola 
tasvirlangan, u olma ushlab turibdi)- “bola” deb “gap” tuzdi. Eksperement 


jarayonida eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardan ba‟zilarigina nutqida faqat 
sodda gaplardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar 
tomonidan tuzilgan gaplarda ko‟makchi so‟zlarning yo‟qligi ko‟zga tashlanadi. 
Tekshirish jarayoni eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar nutqida so‟zlar tartibi 
buzilishining ham ko‟p hollarda uchrashi mumkinligini ko‟rsatadi. Lekin bolalar 
topshiriqni xato bajarsalar ham, daktil nutqi vositasida so‟zlarni to‟g‟ri 
nomladilar. 

Download 404,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish