Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag’larni foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligat-siyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so’ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tuga-tilganda ularning egalari qimmatli qog’ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo’ladi.
Emitentning xususiyatiga ko’ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo’linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar obligatsiyalari.
Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
Munitsipal - obligatsiyalarning emitentlari sifatida O’zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Korporativ obligatsiyalar - aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo’lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo’lishadi.
3. Investitsiya faoliyatida tavakkalchilikning o’rni
Tavakkalchiliklarning vujudga kelish sabablari va ularni pasaytirish uslublarini ko‗rib chiqish shuni ko’ rsatadiki, tavakkalchiliklarni boshqarishning asosiy usullari bo’lib, ularni to’g’ri guruhlash va tahlil qilish, o’lchash, loyiha ko’rsatkichlarining muhim «mustahkamlik zaxiralarini» barpo qilish, sug’urtalash va tavakkalchiliklarni loyiha qatnashchilari orasida taqsimlash hisoblanadi. Investitsiyalar tavakkalchilik darajasi boyicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli Investitsiyalarga ajratiladi. Moliya soxasida tavakkalchilik deganda
investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda qutilganidan ancha kam
boladi, boshqacha aytganda “tavakkalchilik” atamasi kutilmagan natija olish
imkoniyatini anglatadi. Qoyilma mablaglariga foydani mutloq yoxud nisbiy
miqdorlarini yoyilishi qanchilik keng bolsa tavakkalchilik shunchalik katta boladi
va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka ega bolgan davlat qimmatli
qogozlardan tortib eng yuqori tavakkalik tovarlargacha bolgan vositalarni keng
tanlash imkoniyatiga ega. Albatta, tavakkalchilik kop xollarda emitentning,
vositachisining yoki muayyan mioliyaviy vositalarni sotuvchisini sofdilligiga
bogliq. Past tavakkallik Investitsiyalar muayyan daromad olishni xafsiz vositasi
xisoblanadi. Aksincha, yuqori tavakkallik investitsiyalar chayqovchilik
xisoblanadi. Investitsiyalash va chayqovchilik atamalari investitsiyalashga ikki
turlicha yondashuvni anglatadi. Aytib otilgandek, investitsiyalash deganda
qiymati barqaror turadigan va nafaqat daromadni ijobiy miqdorni olish, balki
oldindan daromadni aytish mumkin bolgan qimmatli qogozlar va boshqa
aktivlarni sotib olish jarayoni tushuniladi. Chayqovchilik shunday aktivlar bilan operatsiyalarni amalgam oshirishdan iborat bolib, faqat ularni bolajak qiymati va
kutilayotgan daromad darajasi ishonchli bolgan xolatdir.
Ozbekiston xukumati tomonidan sugurta soxasini rivojlantirishga katta
etabor berilib, sugurta soxasini rivojlantirishga katta etabor berilib, sugurta
bozorini bosqichma-bosqich islox qilish amalgam oshirilmoqda.
Ozbekiston Respublikasida chet el investitsiyasini ximoyalash rasmiy
davlat sugurta agentligi hisoblangan sugurtalash tizimi va chet el sugurta
kompaniyalari ishtirokidagi qoshma sugurta kompaniyalari orqali taminlanadi.
Xalqaro kafolatlar – tovarlar va kapitallar xarakatini uzluksiz va doimiy
xarakat qilinishi taminlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro kafolatlar import
qiluvchilarni sifatsiz tovarlar qabul qilishdan, eksport qiluvchilarni esa tovarlar
xaqini ololmay qolish xafidan saqlaydi.
Ozbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlardan foydalanish nasalasi eng
dolzarb masalalardan biri bolib turibdi. Respublikamizda katta summa
moliyalashtitilayotgan loixalarning aksariyati davlat ulushining kopligi sababli,
xalqaro kafolatlarni ishlatuvchi sub`ekt hukumatdir. Investitsiyalashda tavakkal xavfi deganda investitsiya daromadlarining ko’zda tutilgan miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromadlarning o’zgarishi shkalasi qanchalik keng bo’lsa, investitsiyalashda tavakkal xavfi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Investitsiyalashda tavakkal xavfi manbaalari bir-biri bilan juda bog’liq bo’lganligi sababli ularning qaysi biri daromadga qanchalik ta‘sir etganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda tavakkal xavfining (keyinchalik xavf deb yuritiladi) asosiy turlari: ish bilan bog’liq tavakkal xavfi, moliyaviy bozor tasodifi xavflari, aholining sotib olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy xavf, foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi.
Ish bilan bogli’q tavakkal xavfi kelayotgan daromadlarning hamma investorlar bilan hisob-kitob qilishga etishi kafotlanganligidir. Bunday holatda jami daromad investi-siya xarajatlarini qoplay olmaydi. Albatta, davlat (ayrim mamlakatlarda) bunday holatda xarajatlarning ma‘lum bir qismini o’z zimmasiga oladi. Asosan bu xavf biznes bilan bog’liq bo’ladi. Moliyaviy xavf deganda o’z mablag’lari va qarz-ga olingan mablag’lar kompensatsiyalari natijasida kelib chi-qadigan xavf tushuniladi.
Investitsiya uchun qanchalik ko’p chetdan qarz jalb etilsa, moliyaviy shunchalik xavf ko’payadi. Bu xavfning oshishi asosan korxonalar qarz beruvchi investorlar o’z vaqtida foiz to’lovlari to’lashga ilojsizligi oqibatidan kelib chikadi. Belgilangan, ya‘ni vaqti aniq ko’rsatilgan qarzlar yoki qarz foizlari loyiha ishga tushmasdan, daromad hali kelmagan vaqtdan boshlab to’lanishi kerak. Korxonalarning bunday qarzlarni to’lay olish qobiliyati yo’qligi moliyaviy xavfni tug’diradi.
Aholini tovarlar sotib olish krbiliyatining pasayishi bilan bogliq bo‗lgan xavf asosan taklif inflyasiyasi vaqtida bo’ladi. Bu davrda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi. Ayrim qimmatbaho qog’ozlar belgilangan vaqtda investorga foyda keltirishni ko’zda tutganligi uchun ayrim hollarda foiz xavfiga ega bo’ladi. Ko’p hollarda qimmatbaho qog’ozlarning kurslari oldingi kurslarga nisbatan o’zgarib turadi. Natija-da qimmatbaho qokozlar chikargan kompaniyalar belgilab qo’yilgai foizlarni bera olmaydilar. Bu jarayon qimmatbaho qogozlarning bozor baxrlari tez-tez o’zgarib turishi natijasida vujudga keladi. Likvidlik xavfi korxonalarning aksiyalarni kerakli vaqtda ko’zda tutilgan summaga sotishga imkoniyati bolmay qolishini anglatadi. Agar kecha 1000 dollarga aksiya sotib olgan bo’lsangaz, bugun uni 800 dollarga sotasiz, bunday aksiya yuqori likvidli emas.
Bozor xavfi deganda bu daromadlarni qimmatbaho qog’ozlar kursi o’zgarishi emas, balki iqtisodiy-ijtimoiy voqealardan ke-lib chiqadigan xavf tushunchalaridir. Masalan, Yaqin SHarqda urush kelib chiqish xavfi qurol-aslaha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan aksiyalar hamda neft mahsulotlari ishlab chikarishga bog’langan aksiyalar kursiga ta‘sir etadi. Tasodif xavfi tusat-dai vujudga keladigan xavf bo’lib, investitsiya natijalariga juda tez ta‘sir etadi. Bunga ikkita yirik kompaniyaning bir-biriga qushilishi va boshqalar misol bo’la oladi. Umuman, xavflarni baholashga uch xil yo’nalishda yondashish mumkin. An‘anaviy ishlab chiqarishni tubdan o’zgartiradigan yoki uning tuzilmasiga salmoqli o’zgartirish kiritadi-gan investitsiyalarni joriy etish bilan bog’liq loyihalarni qabul qilishda ayrim hollarda start davrini mukammal tahlil qilmaslik natijasida yaratiladigan mahsulotga etarli xaridor topa olmaslik hollari vujudga kelishi
mumkin. Bunda, albatta, mukammal variantlarni chuqur o’rganish kerak. Har xil muqobil variantlar mavjud bo’lmagan hollarda oldindan ma‘lum tadbirlarni amalga oshirish kerakki, ular xavfni yo’qotishga qaratilgan bo’lsin. Navbatdagi yondashuv asosan oddiy loyihalarni o’z ichiga oladi. Bu loyihalarda ma‘lum xavf mavjud. Masalan, loyihani vujudga keltirish dav-rida o’rtacha ko’rsatkichlardan foydalanamiz, lekin keyinchalik bu ko’rsatkichlardan ma‘lum chekinish vujudga kelishi mumkin. Mana shu yo’nalishlarni misolda ko’rib chiqamiz. Loyihada temir-beton zavodi qurish ko’zda tutilgan deylik. Zavod aholi yashaydigan mikrorayonda bo’lib, u erdan avto-trassa o’tishi ko’zda tutilgan. Zavod qurshshshi trassaga yaqin joyda bo’ladi. Zavod qurilishi uchun 5 mlrd.so’m mablag’ ajratilgan. Bu zavod shshgab chiqaradigan mahsulot hajmi 2 mlrd. bilan 4 mlrd.so’m orasida bo’ladi. Loyihaning yashash davri 5 yil, bu vaqtdan so’ng zavod sotib yuboriladi. Zavodning qoldiq bahosi avtotrassa qurilishi davri bilan bog’liq bo’lib, 1 mlrd. bilan 3 mlrd.so’m orasidadir. Agar zavod qurilgandan keyingi birinchi yili avtotrassa qurilishi haqida qaror qabul qilinmasa, uning qoldiq qiymati 3,5 mlrd.so’m. Diskontning qabul qilingan stavkasi 10% va ikkita variantda mahsulot sotish hajmi 0,5 mlrd yoki 1,5 mlrd.so’m bo’ladi. Tavakkalchilik tushunchasi «uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar,
yo ostidan yo ustidan zaylida qilingan harakat ma’nosida» talqin qilinadi. Tavakkal
tushunchasi esa tavakkaliga, tavakkal bilan ish qiluvchi ma’nosini beradi.
Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik - bu biron ish bilan shug’ullanish
oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati. Albatga, ba’zi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfning asosiy og’irligi, ya’ni:
• menejerning xatosi;
• narx o’zgarishi;
• talabning susayishi;
• noto’g’ri tanlangan loyiha;
• ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonning yelkasiga tushadi.
Ammo, umuman, xorij tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin
emasligidan guvohlik beradi. Kimki hyech bir tavakkal qilmasa, oxir-oqibatda
xonavayron bo’ladi. Ishbilarmon o’n ming yoki millionlarni hali chiqarmagan mahsulotining bozori yurishipsh kafolatiga ega bo’lmasdan, ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilarini qurishga tavakkal qilib sarflaydi. Uning har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan. Xavflilik omili mablag’ va quvvatlarni tejashning kuchli rag’batlantiruvchisi hisoblanadi. U:
• korxona (firma)ning loyihalar rentabelligini ming bora tahlil etishga;
• xarajatlar bo’yicha hisob-kitobni puxta bilishga;
• quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o’ta jiddiy yondoshishga majbur
etadi. Shunday qilib, tavakkalchilik har qanday ishlab chiqaruvchi yoki har qanday bank faoliyatiningvaziyatga bog’liq bo’lgan tomoni bo’lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko’rishi mumkinligini aks ettiradi. Tavakkalchilik foydadan mahrum bo’lish va boshqa sababalarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma’noda: Tavakkalchilik — bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olingan holda qilinadigan harakat.
Tavakxalchilik — bu resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi.
Tavakkalchilik — bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun
tabiiy holat, vaziyat. Tavakkal — botirning ishi.
Tavakkalchilik — bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi.
Bugungi kunda adabiyotlarda tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan ehtimollikni
turicha tushunchalarda, ya’ni:
• Xavf
• Xatar
Xavf-xatar iboralarida ifoda etilyapti. Shunchalik turli yondoshuvlar maqsadga
muvofiqmikin? Ularning qaysi birini qo’llasa ma’qul bo’lardi?
Yana o’zbek tilining izohli lug’atiga murojaat qilamiz. Unda bu iboralar
quyidagicha talqin etilgan:
Xavf — biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar;
qo’rqinch.
Xatar — biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf;
taxlika.
Xavf-xatar — xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish.
Ko’rinib turibdiki, xavf tushunchasi ehtimollik bilan bog’lanilayotgan bo’lsa,
xatar iborasida esa asosiy urg’u sharoitga, vaziyatga berilyapti. Uchinchisida har ikkala tushuncha bir xil ma’noda talqin qilinyapti.
Tadbirkorning yoki rahbarning tavakkalchilik darajasiga qarab xavf va ehtimollik darajasi, shuningdek foyda yoki zarar darajasi turlicha bo’ladi. Shu sababli xavfdan holi yoki qisman xoli bo’lish uchun tavakkalchilik darajasi bilan xavf darajasi o’rt asidagi eng maqbul nisbatni tanlab olish kerak, ya’ni
tarozining shayini quyidagicha bo’lishi lozim.
Bizning fikrimizcha, boshqarishda, xususan, tavakkalchilikda xavf
tushunchasini qo’llash ma’qulroqdir. Chunki aynan bu tushuncha ehtimollik,
noaniqlik tushunchalari bilan o’zaro hamohangdir. Masalan, yanglishish xavfi,
rejaning bajarilmaslik xavfi yoki ehtimolligi, kompyuterning ishlamaslik xavfi, qaror qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf, tavakkalchiliqdagi xavf va hokazo. Albatta, bu yerda yanglishish xatari yoki rejaning bajarilmaslik xatari va hokazo yuqoridagidek purma’nolikni bermaydi va u ehtimollik darajasi bilan emas, balki aniq bir sharoit, vaziyat bilan chambarchas bog’langan holda qaraladi. Shunday qilib, tavakkalchilik bir butun jarayondir. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Rahbar yoki ishbilarmon faoliyatida duch keladigan xavfning turli ko’rinishlari mavjud. Ular sug’urta bilan bog’liq bo’lgan va uni sug’urta qilib qo’yish maqbul bo’lgan turlarga bo’linadi. Sug’urta bilan bog’liq bo’lmagan xavf turlari va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish usullari. T/r Xavf turlari Xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish usullari
1. Menejerlar xatosi • tekshirish va nazoratning mukammal tizimini ishlab chiqish;
• biznesda menejerning xatosi juda qimmatga tushadigan o’rinlarida, o’zini
oqlovchi, ishni obdon qayta ko’rib chiqishni yo’lga qo’yish;
• qimmat turuvchi loyihalarga qo’l urishda yuz berish ehtimoli bo’lgan
menejerlar xatolarining o’ziga xos modelini tuzish va hokazo
2. Tijoratchilikdagi xavf
• moliyaviy koeffisiyentlar nisbatining yo’l qo’yib bo’ladigan so’nggi chegarasini aniqlash;
• mazkur loyihaga sarflanayotgan mablag’ning bo’lg’usi rentabelligini
oshiruvchi usullarini to’g’ri tanlash va hokazo.
3. Resurslarni noto’g’ri taksimlanish xavfi
• resurslarni taqsimlashda ular miqdorini e’tiborga olgan holda kimga qancha
zarurligini aniqlash va to’g’ri belgilash;
• ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini, sonini aniq bilib olish uchun
to’g’ri marketing tadqiqotlarini olib borish, matrisa uslubidan foydalanish va
hokazo.
4.
Iqtisodiy beqarorlik va talabning o’zgarishi
• samarali rejalashtirish;
• bozorni o’rganish;
• narx-navoni o’rganish;
• istiqbolni belgalash va hokazo.
5. Raqobatdosh-larning harakati
• raqiblar amalga oshirish ehtimoli bo’lgan harakatlarni chuqur o’rganish;
• ularning marketing faoliyatani, bozordagi nu-fuzini aniqlash va hokazo.
6. Moliyaviy xavf • moliyani to’g’ri boshqarish;
• nofaol mablag’larni tezda daromad keltiruvchi loyihalarga sarflash yoki
foydali foizlarga
• qarzga berish;
• mablag’ firmalarni ham qimmat loyihalarga
• jalb etish orqali ularga xavfning bir qismini
• o’tkazish va hokazo.
7. Narx, talab, daromadlar darajasining o’zgarish xavfi
• istiqbolni belgilash bo’yicha izchil izlanish;
• xavfning oqibatlarini yumshatish usullarini
• ishlab chiqish;
• mavjud usullardan samarali foydalanish va hokazo.
8. Kutilmagan iqtisodiy va tabiiy falokatlar, ekologik ofatlar xavfi
• buni oldindan hisobga olish mumkin bo’lmasada, ularning ko’p yillik o’sish darajasini kuzatib borishni tashkil qilish.
9. Loyihani tanlashda xato qilish xavfi
• mazkur loyihani olish va olmaslik xususidagi barcha dalillarni akl tarozusining ikki pallasiga qo’yib ko’rish.
10. Mazkur biznes uchun okibatlar keltiruvchi kutilmagan siyosiy voqyealar
• buni hamma vaqt ham oldindan sezib, ehtiyot chorasini ko’rib qo’yishning
iloji yo’q. Biroq, baribir uni ham e’tiborga olib qo’yish va qandaydir ruhiy
chizmalar tuzib qo’yish kerak.
11. Milliy va millatalararo ko’tarilish xavfi
• buni ham oldindan bilish va hisobga olib qo’yish mumkin. Uning og’ir
oqibatlarini jamoatchilik bilan aloqalar sohasida mazkur joyning milliy-ruhiy
o’ziga xosliklarini e’tiborga olgan holda to’g’ri ish olib borish yordamida
yumshatish yoki bartaraf etish mumkin.
12. Hukumatning kutilmagan qarorlari (qonunlardagi, narx va soliqlardagi o’zgartirishlar)
• bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ayniqsa muhim. Shu bois qonunlarni diqqat
bilan o’rganish bilan birga umumiy ahvoldan ham xabardor bo’lib turish lozim.
• umuman kutilmagan qarorlar bo’lmaydi.Ular ja-moatchilikni tayyorlab,
so’ngra qabul qilinadi.
13. Firma boyligi nuqtai nazardan uncha ulkan bo’lmagan molmulklarning nobud bo’lishi
• ichki tadbirlar yordamida oldindan ehtiyot choralarini ko’rish va h.k.
Sug’urta — bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy
ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqyealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta badallari (sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalashini ta’minlashga doir munosabatlar, demakdir. Sug’urtalashdan maqsad tabiiy ofatlar va ko’ngilsiz hodisalarda keltirilgan zararlarni qoplash uchun pul fondlarini hosil qilishdir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan bu fondlarni hosil qilishda sug’urta tashkilotlari bilan sug’urtalanuvchilar o’rtasida munosabat yuzaga keladi. O’zbekiston sharoitida bu munosabat yuzlab sug’urta tashkilotlari bilan minglab korxona va tashkilotlar, fuqarolar o’rtasida shakllanadi. Sug’urta ob’yekti bo’lib, mulk sug’urtasida: moddiy boyliklar, mol -mulk; shaxsiy sug’urtada: fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Sug’urta predmeti qayd qilinganlarning tarkibiy qismlaridir. Qishloq xo’jaligi sug’urtasi ob’yekt bo’lsa, ekinlar (hosil), chorva mollarining soni, mol -mulk xillari -binolar, inshootlar, transport vositalari sug’urta predmeti hisoblanadi. Shaxsiy sug’urta predmetiga ma’lum yoshga yetish, mehnat qobiliyatini yo’qotish va vafot etish hodisalari misol bo’la oladi.
Rahbar va tadbirkorlarning sug’urta qilib qo’yish maqbul bo’lgan xavflarni va
ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish yo’llarini bilib qo’yganlari foydadan holi bo’lmas edi. Sug’urta qilib qo’yish maqbul bo’lgan xavflar va ularnnng salbiy oqibatlarina kamayt irish yo’llari t/r Xavf turi Xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish usullari
1. Yong’in va boshqa tabiiy ofatlar
• ehtimol qilinadigan zarar miqdorini sug’urta qildirish;
• yong’in va boshqa tabiiy ofatlardan sug’urtalash;
• qishloq xo’jaligi ekinlarini qurg’oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan sug’urtalash;
• chorva mollari o’lati va majburan so’yib yuborishdan sug’urta va hokazo.
2. Avtomobil halokatlari
• avtomobilni sug’urta qildirish.
3. Yukning tashilishda buzilishi yoki nobud bo’lish xavfi
• yuk qiymatini sug’urta qildirish.
4. Firma xodimlari ehtiyotsizligi
• xodimlar ehtiyotsizligidan ko’rilishi ehtimoli bo’lgan zarar miqdoriga sug’urta qildirish.
5. Firmaga xodimlar nosofdilligi bois yetkaziladigan moddiy va ma’naviy zarar
• sug’urta kompaniyasidan "Sofdillik" Bondlarini sotib olish.
6. Butun loyihaning bajarilishiga javobgar bo’lgan xodimlardan biri yoki bir guruhning o’z vazifalarini bajarmasligiga aloqador xavf
• kafolat Bondlarini sotib olish
7. Korxonaning (turli sabablarga ko’ra) ish faolligining vaqgincha to’xtab qolishi
• biznes to’xtab qolgan butun davr mobaynida
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararni sug’urta qilishdir (xususiy kishilarni) sug’urta qiladilar. Ko’chmas mulkning hamma turlari sug’urta qilishga qabul etiladi. Bundan tashqari yuklarni tashish, bankrotlik, valyuta investitsiyalari, foydalar, kreditlar, to’lovlar, xodimlar, ishsizlik sug’urta qilinadi. Quyidagi hollarda xavf darajasi ortishi mumkin:
• to’satdan va kutilmaganda o’rtaga muammo ko’ndalang bo’lib qolganida;
• bankning ilgari orttirgan tajribasiga to’g’ri kelmaydigan yangi vazifalar o’rtaga
qo’yilganda;
• rahbariyat zarur va shoshilinch choralar ko’ra olmaydigan va bu narsa
moliyaviy zarar yetkaza oladigan mahallarda;
• bank yoki boshqa tashkilot faoliyatining mavjud tartibi yoki qonunlarning
nomukammalligi aniq vaziyatga to’g’ri keladigan chora-tadbirlarni ko’rishga xalal
beradigan mahallarda.
Bulardan tashqari tijoratga doir quyidagi xavflar, ya’ni:
• tovarlarni bozorda sotishga aloqador xavf;
• yuklarni tashish mahalidagi xavf yoki transportga aloqador xavf;
• tovarni xaridor tomonidan qabul qilinishga aloqador xavf;
• xaridorning haq to’lashga qodir yoki qodir emasligiga aloqador xavf;
• xaridorning haq to’lashni istamasligiga aloqador xavf.
Siyosatga doir xavflar:
• xaridor mamlakatda importning ta’qiqlanishiga aloqador xavf;
• yuklarni xaridorga tashib yetkazib berish mahalidagi ish tashlashlar (urush,
g’alayonlar)ga aloqador xavf;
• valyutalarning almashinishiga yoki pul o’tkazishning taqiqlab qo’yilishiga
aloqador xavf. Iqtisodiyotga doir xavflar:
• pulning qadrsizlanishi;
• ishsizlik darajasi;
• soliq siyosati;
• texnologik o’zgarishlar;
• xomashyo bazasi bilan bog’liq xavflar ham xavf darajasining ortishiga olib kelishi mumkin. Rahbar, xususan, xavf bo’yicha menejer belgilangan rentabellik darajasini saqlagan holda yuz berishi ehtimoli bo’lgan xavf darajasini imkon boricha qanday kamaytirishni bilishi kerak. Bundan tashqari, u korxona uchun juda noxush voqyea yuz bergan sharoitlarda ham xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkoniyatlarini oldindan hisobga olib qo’yishi lozim.
Xavfni boshqaruv sohasidagi ishlarni malakali yo’lga qo’yish, uning bir qismini
boshqa hamkorlarga o’tkazish, biznesni va xodimlarni sug’urta qildirish orqali ancha kamaytirish mumkin.
8. Firma rahbari, yetakchi xodim yoki
boshqa firmaning muvaffaqiyati uning
faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan
mutaxassisning o’limi yoki kasalligidan
yuzaga keladigan xavf
• ko’rilishi ehtimoli bo’lgan zarar miqdorida
sug’urta qildirish. Bu mas’uliyatli davrlarda
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
9. Xodimning o’limi, kasal bo’lib qolishi
yoki baxtsiz hodisaga uchrashi bilan
bog’liq xavf.
• sug’urta kompaniyalarida sug’urta qildirish.
Respublikada sug’urta kompaniyalari mol-mulk, uy hayvonlarini, tijorat ishlarini,
fuqarolarni xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirishning bir qancha usullari mavjud. Ularning ba’zilarini keltiramiz:
• qo’shimcha ishchi kuchiga, bozorning ahvoli va xususiyatlari to’g’risidagi
axborotga, yetarlicha moliyaviy mablag’larga ega bo’lgan korxonalar orasida
sheriklar axtarish;
• tor sohalarning qaysi birida xavf hammadan ko’p bo’lsa, o’sha sohada tashqi
maslahatchi- ekspertlar xizmatidan foydalanish;
• xavfni oldindan bilish, tusmollash:
• tor joylarni va xavf manbalarini aniqlab olish;
• o’zini sug’urta qilish uchun korxona aylanma mablag’larining bir qismi
hisobiga zahira jamg’armasi tuzish;
• biznesni va xodimlarni sug’urta qilish yo’li bilan xavfning bir qismini boshqa
shaxslar yoki tashkilotlarga o’tkazish.
Xejir (yo’qotishlardan saqlanish) qilish degan sug’urta shakli ham bor. Uning
mohiyati shundaki, aytaylik, xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan firma
kutilayotgan daromadlarining xavfini boshqa tomonga o’tkazish orqali sug’urta qiladi. Xejirlashda sotuvchi (xaridor) fyuchers kelishuvi tuzish bilan ayni bir vaqtda o’z savdosiga teng keladigan fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi). Xejirlash tomonlar ko’radigan ehtimoldagi ziyonni kamaytirish imkonini beradi. Tovar narxi o’zgarishi bilan ko’riladigan zarar fyuchers bo’yicha olinadigan yutuq bilan qoplanadi.
4. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar. Invеstitsiya dasturirеspublika iqtisodiyotini barharor va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, minеral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan rеspublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va stratеgik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro boqlangan chora-tadbirlar komplеksi. Invеstitsiya muhiti – invеstitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini bеlgilab bеruvchi ijtimoiy iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmuyi. Invеstorlar – xususiy va harzga olingan mulkiy va intеllеktual qiymatlarni sarflash haqida haror qabul qiluvchi invеstitsiya faoliyati sub’еktlari. Invеstorlar ob’еktlar va invеstitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo’ladi. Invеstorlar krеditorlar va haridorlar rolini bajarishlari, shuningdеk invеstitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda invеstorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va invеstitsiya aktining boshqa tomonlari bilan – kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiharuvchilar va shu mahsulotning istе’molchilari bilan hisob kitoblarni amalga oshiradilar. Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar o’rtasidagi investitsiya uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini ko’rib o’tish zarur. Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yo’nalganligi, shuningdek ularning real hajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi. andozalariga o’tish, tеjamkor va samarali tеxnologiyalarni qo’llash kabi choratadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Jumladan, mamlakatimizda 2009-2014 yillarga mo’ljallangan ishlab chiharishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik qayta qurollantirish bo’yicha muhim loyihalarni amalga oshirish choralari dasturi umumiy qiymati 42,51 milliard doll.dan iborat 852 ta invеstitsiya loyihasini o’z ichiga oladi.1 2009 yilda tasdiqlangan ayrim tarmoq dasturlari to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010yil 29 dekabrdagi PQ-1455-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2011yil uchun Davlat investitsiya dasturi to’g’risida» qarori 7 bandiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy adoqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishuvga asosan, 2011yil uchun Hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2011 yil uchun Hududiy investitsiya dasturi doirasida barcha manbalar bo’yicha investitsiyalarni o’zlashtirishning prognozi 764 milliondoll. qiymatga ega bo’lib 892 ta loyihani amalga oshirildi, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 378 milliondoll. qiymatga ega 277 ta loyihani amalga oshirildi.1 Ular quyidagi sohalarga jalb qilingandirlar:- yengil sanoat (62 ta loyiha, 36,2 milliondoll.) ;- xizmatlar (16 ta loyiha, 20,5 milliondoll.);- - kimyo va neft-kimyo sanoati (19 ta loyiha, 20,2 milliondoll.); qurilish materiallarini ishlab chiharish(26 ta loyiha, 17,6 milliondoll.);- oziq -ovqat sanoati (26 ta loyiha, 14,3 milliondoll.);- charm qayta ishlash va poyabzal ishlab chiharish (10 ta loyiha, 10,1 milliondoll.); -qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatish kameralarini o’rnatish, issiqxona xo’jaligini tashkil qilish (11 ta loyiha, 9,98 milliondoll.);- elektrtexnika sanoati (6 ta loyiha, 8,0 milliondoll.)- xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiharish (18 ta loyiha, 8,0 milliondoll.);- metallurgiya (6 ta loyiha, 3,9 milliondoll.);- parrandachilikni rivojlantirish (5 ta loyiha, 3,28 milliondoll.)- infratuzilmani rivojlantirish (5 ta loyiha, 3,26 milliondoll.);- farmatsevtika (8 ta loyiha, 3,0 million doll.);- avtomobilsozlik-detallar ishlab chiharish (4 ta loyiha, 1,57 milliondoll.);- iqtisodiyotning boshqa sohalari (23 ta loyiha, 10,4 milliondoll.). Ta’kidlash lozimki, 2012yil 1 yanvar holatiga ko’ra Hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 296,8 million doll.ga teng bo’lgan investitsiyalarni o’zlashtirishga oid 659 loyiha, shu jumladan, 136,8 milliondoll. ga teng bo’lgan 120 loyiha to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki bilan amalga oshirilgan.
Xulosa
1. Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir. «Tavakkalchilik»-xodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o„zaro bog„liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin: -tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida ko„zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; -ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi. -ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi) -muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi. Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy xislatda bo„lishi mumkin. Ko„rsatib o„tilgan elementlar, ularning o„zaro bog„liqligi va o„zaro ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi. 2. Tavakkalchilik-faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu bilan bir katorda u konservatizm, dugmatizm, qoloqlik kabi jamiyat taraqqiyotga ruxiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni ta‟minlashga yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni ta‟minlaydi. Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi. 3. Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to‟qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin. Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda. Agar tashkilotning xo‟jalik manfaatlari davlat manfaatlari bilan mos kelsa, u holda jamoatchilik manfaatlariga zid holatlar vujudga keladi. Shuning uchun xo‟jalik rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortish usuli kam qo‟llaniladi. Ko‟p hollarda qandaydir huquqiy manfaatlarga zid hatti-harakat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash usulidan foydalaniladi. 4. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish byujetning daromadlar bazasini mustahkamlash va foydalanish hamda byujet mablag„larining natijadorligini oshirish yuzasidan quyidagilarni taklif etaman: Tuman mahalliy byujetlariga tushayotgan soliq va boshqa to‟lovlarni, boqimanda qarzdorliklarni va ortiqcha to‟lovlarni tuman moliya bo„limlari tomonidan tez va sifatli tahlil qilish hamda zarur chora-tadbirlar belgilash maqsadida Davlat soliq inspeksiyasining electron ma‟lumotlar bazasiga o„zgartirishlar kiritish huquqisiz bog„lanish tartibini joriy etish; Bunda tuman mahalliy byujetiga soliq va boshqa tushumlarni tezkor boshqarish imkoniyati yaratiladi Barcha byujet tashkilotlarining mukammal elektron pasport ma‟lumotlar bazasini yaratish (ushbu ma‟lumotlar bazasida byujet tashkiloti binolari to‟g„risida, egallagan maydoni, byudjet tashkilotining funksional vazifasidan kelib chiqadigan ko‟rsatgichlar). -Byujet tashkilotining kelgusi yil xarajatlarni rejalashtirishda va shtat birligini belgilangan me‟yorlar doirasida tasdiqlanishiga imkoniyat yaratadi; 5. Tuman moliya bo„limining amaldagi shtatlari doirasida alohida daromadlar bilan ishlovchi shtat birligini tashkil etish. “Byujet tizimi to‟g„risida”gi qonun va ushbu qonun osti hujjatlarda daromadlar tushumi rejasini bajarilishiga moliya organlari ham mas‟ul etib belgilanganligi sababli -Tuman mahalliy byujetiga soliq va boshqa tushumlarni tezkor boshqarish imkoniyati yaratiladi Tovar yetkazib beruvchi (xizmat ko„rsatuvchi) korxonalar tomonidan tovar yetkazib berish (xizmat ko„rsatish) bo„yicha yutib olingan e‟lonlar, tiketlarga tuziladigan shartnomalarni umumiylashtirish Bunda 4 guruh xarajatlari bo„yicha tuzilgan shartnomalar o„z vaqtida dasturga kiritilishi, ishlarning sifatli bajarishiga hamda qog„oz iqtisodlanishiga erishiladi; Agar yuqoridagi takliflar joriy etilsa tavakkalchilakni oldi olinadi va xarajatlarni kamayishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 2015-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’grisida”gi Qonuni // Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 2014-yil.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 6-iyundagi 200-sonli Qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2015-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori.
9. https://zoo-vse.ru/uz/vidy-monopolii-v-ekonomike-chto-takoe-monopoliya-ponyatie-vidy-dostoinstva-i.html
10. https://www.gazeta.uz/oz/2020/05/28/say-no-to-monopoly/#!“
Do'stlaringiz bilan baham: |