Kurs ishi mavzu: harakatning traektoriyasi, yoʻnalishi davom


Harakat traektoriyasi davom etishi



Download 55,05 Kb.
bet5/6
Sana23.05.2023
Hajmi55,05 Kb.
#942832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi D 2

2.2. Harakat traektoriyasi davom etishi
vaqti
Jismning fazoda vaqt birligi ichidagi siljishi tezlikni ifodalaydi. Tezlik jism bosib o‘tgan yo‘l uzunligining shu yo‘lni bosib o‘tishga sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.Odatda, tezlikni aniqlashda uni metr/sekund bilan o‘lchanadi. Agar yo‘lning barcha nuqtalarida harakatning tezligi bir xil bo‘lsa, bunday harakatni tekis harakat deb, agar u o‘zgarsa, notekis harakat deb ataladi. Tezlikning vaqt birligida o‘zgarishi tezlanish deb ataladi.Psixologik va metodik nuqtai nazardan tezlik optimal va maksimal tezlikka ajratiladi. Sport texnikasida harakat tezligi muhim rol o‘ynaydi: tezlik qanchalik katta bo‘lsa, sport natijalari shuncha yuqori bo‘ladi.Biroq eng yuqori natijaga erishish uchun ko‘pincha maksimal tezlik emas, balki har bir sportchi uchun harakatning optimal tezligi muhim ahamiyatga ega. Tezlik erkin va majburiy bo‘lishi mumkin. Masalan, chang‘ichining tepalikka ko‘tarilishdagi tezligi erkin tezlik bo‘lsa, tepalikdan pastga tushishda esa majburiydir.Harakatning qancha vaqt davom etishi va uning sur’ati harakatning vaqt xarakteristikasini ifoda etadi.Holat va harakatlarning davom etishi organizm faoliyatini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydi. Mashq bajarishning davomiyligini o‘zgartirish bilan yuklamaning umumiy hajmini tartibga solish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida harakatning ayrim fazalari (eshkakni orqaga olib borish va eshkak eshish, mo‘ljallash va to‘p tashlash) yoki gavdaning ayrim qismlari harakati katta ahamiyatga ega. Bajarilayotgan ishning qancha vaqt davom etishi haqida vaqt-vaqti bilan axborot berib turish ishchanlikni oshiradi.Harakat sur’ati. Sur’at deganda harakat siklining takrorlanish chastotasi yoki vaqt birligi ichidagi harakat miqdori tushuniladi. Masalan, biz yurish sur’ati haqida – minutiga 120-140 qadam, eshkak eshish sur’ati haqida – minutiga 30-40 marta eshkak eshish deb gapiramiz.Harakat sur’ati gavdaning og‘irligi yoki harakatlanayotgan qismining inersiya momentlariga bog‘liq. Masalan, qo‘l panjalarini harakatlantirishda gavda harakatiga nisbatan (sekundiga 1-2 harakat) ancha yuqori sur’atni (sekundiga 8-10 harakat) saqlab turish mumkin. Ko‘pincha sur’atning o‘zgarishi bilan harakatning butun tuzilishi ham sifat jihatidan o‘zgaradi. Masalan, agar sur’at ma’lum bir chegaradan ortib ketsa, yurish yugurishga aylanadi.Pedagogik amaliyotda fiziologik yuklamani kuchaytirish yoki kamaytirish maqsadida harakatlarning turli sur’atlaridan foydalaniladi.Vaqti-vaqti bilan takrorlanishning o‘zi ritmni tashkil etadi. Ritmning asosiy sharti mazkur harakatda kuchli, biror-bir jihatlarni ta’kidlab ko‘rsatiladigan lahzalarning mavjudligi hamda turli vaqt intervallarining o‘zgarishi, almashinishidan iboratdir. Shunday qilib, ritm harakatlarning majmuali (dinamika-vaqt) xarakteristikasidir.Harakat ritmi uchun harakatning kuchli, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining vaqt jihatidan xilma-xil munosabatda bo‘lishi xosdir. Jismoniy mashqlarda muskullarning kuchlanishi va bo‘shashtirilishining to‘g‘ri va o‘z vaqtida almashinib turishi sport texnikasini egallab olishning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Yuqori malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi harakat ritmi juda aniq bo‘ladi. Ma’lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan har bir aniq harakatida maqsadga muvofiq ritmni ko‘rish mumkin. Har bir sportchida uning individual xususiyatlariga qarab, harakatlarni bajarishning o‘z ritmi bo‘lishi lozim.Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional texnikaning ob’ektiv qonuniyatlariga muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va tartibga solinadi.
Xulosa
Hozirgi futbolda darvozabonlar to‘pni ko‘pincha tashlab beradilar, chunki bunda to‘pni tepgandagidan aniqroq yo‘naltirib berish mumkin. Tashlash masofasiga kelganda esa, tegishlicha jismoniy tayyorgarligi va a’lo daraja ratsional texnikasi bo‘lgan darvozabon to‘pni anchagina (35-40 m) masofaga tashlab bera oladi.Bu texnik priyom odatda asosan bir qo‘llab, ahyon-ahyonda ikki qo‘llab bajariladi.To‘pni bir qo‘llab tashlab berish yuqoridan, yondan va pastdan bajariladi.T o‘ p n i yu q o r i d a n t a sh l a b b e r i sh — eng ko‘p tarqalgan usul. Bu usulda sheriklarga turli traektoriyada, anchagina masofaga va etarlicha aniq to‘p tashlab berish mumkin. To‘p tashlashdan oldingi dastlabki holat - bir qadam tashlab tik turish. To‘p shundoqqina kaft ustida bo‘lib, yoziq va yarim bukilgan barmoqlar uni tutib turadi. Tayyorlov bosqichida qo‘l tortiladi. To‘p tutgan qo‘l tirsagi bukilib, yon tarafdan orqaga tortilib, bosh balandligida (yoki yana sal balandroq) yuqori ko‘tariladi. Gavda shu qo‘l tortilgan tomonga burilib, sal oldinga engashadi. Tana og‘irligi orqadagi sal bukilib turgan oyoqqa o‘tkaziladi. Oldindagi oyoqning uchi erda bo‘ladi. Asosiy bosqichdagi tashlash harakati oyoqlarni tug‘irlab, gavdani burishdan boshlanadi. Shundan keyin qo‘l aktiv yozilib, uloqtirish tomonga harakatlanadi-da, bu harakat panjaning keskin yo‘naltiruvchi harakati bilan tugaydi. Tananing og‘irligi orqadagi oyoqqa o‘tkaziladi.T o‘ p n i yo n d a n t a sh l a sh d a u anchagina uzoqqa etib borsa ham uning aniqligi unchalik bo‘lmaydi.Tayyorlov bosqichida bir qadam tashlab turgan dastlabki holatda qo‘l tortiladi. To‘p tutgan qo‘l yonlatib orqaga (elkadan sal pastroq) uzatiladi. Gavda shu tomonga buriladi. Tana og‘irligi orqadagi sal bukilgan oyoqda. To‘p tashlash oyoqning uchiga ko‘tarilib, keskin to‘g‘irlanish va gavdaning burilishi hisobiga bajariladi. Bu o‘zuvchi harakatlar qo‘lning to‘g‘ri tutilib, yon tomondan olg‘a keskin harakat qilishi bilan tugaydi. To‘p frontal tekislikka yaqinlashib qolganda panjadan «uziladi». Tashlashning bundan oldin bo‘lishi yoki kech qolishi to‘pning uchish yo‘nalishida anchagina hatolar bo‘lishiga olib keladi.T o‘ p n i p a s t d a n t a sh l a sh uni past traektoriyali qilib (asosan erda dumalatib) tashlashda ishlatiladi.Dastlabki holatda bir qadam tashlangan holda oyoqlar anchagina bukilib turadi. Panjasi to‘pni tagidan tutib turgan qo‘llar qo‘yi tushiiladi. Keyin darvozabon qo‘lini orqaga tortib, tanasi og‘irligini oldindagi oyog‘iga o‘tkazadi. To‘p tutgan qo‘l erga parallel tarzda olg‘a tomon keskin harakat qiladi. Gavda ozgina engashadi. Shu tarzda eng oxirgi holatda to‘p qo‘ldan tushib, mo‘ljal tomon otilib ketadi.To‘pni ikki qo‘llab tashlash ko‘pincha yuqoridan, bosh ortidan boshlab bajariladi. Bundagi harakatlar ko‘p jihatdan yon chiziq nariyog‘idan to‘p tashlashdagi harakatlarga o‘xshash, shuni qayd etish lozimki, qoidaning to‘p tashlash paytida ikki oyoqqa tayanib turish haqidagi talabi darvozabonning to‘p tashlashiga aloqador emas. To‘pni joy turib, qadam qo‘yib tashlayversa bo‘ladi. Yurib yoki yugurib borib to‘p tashlab berish qoidada qat’iy chegaralangan bo‘ladi.



Download 55,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish