LCD Displey
Inson va mashina o'rtasida yaxshi aloqani o'rnatish uchun ekran birliklari muhim rol o'ynaydi. Va ular o`rnatilgan tizimlarning muhim qismidir. Ko'rsatkichlar katta yoki kichkina bo`lishidan qat`iy nazar, hammasi ham bir xil asosiy printsipda ishlaydi. Grafik displeylar va 3D displeylar kabi murakkab displeylar bilan bir qatorda, 16x1 va 16x2 kabi oddiy displeylar bilan ishlashni bilish kerak.
16x1 displey qurilmasi 16 ta belgidan iborat bo'ladi va bir qatorda bo'ladi. 16x2 displeyda 16 ta belgi birinchi satrda va 16 ta belgi ikkinchi satrda bo`ladi va jami 32 ta belgidan iborat bo`ladi. Bu erda har bir belgida 5x10 = 50 piksel bo'lishi kerak, shuning uchun bitta belgini ko'rsatish uchun barcha 50 piksel birgalikda ishlash kerak. Biroq, bu haqda tashvishlanmasligimiz kerak, chunki piksellarni boshqarish uchun ishlaydigan displey qurilmasida yana bir nazoratchi (HD44780) mavjud.
4-rasm. LCD Displey
Ushbu rasmda, siz faqat ikkita nazorat pinini ko`rishingiz mumkin, bu moslashuvchanlikni beradi. Kontrastli bit va READ / WRITE pinlari unchalik tez-tez ishlatilmaydi, shuning uchun ularni yerga ulash mumkin. Bu esa LCDni eng yuqori kontrastli va o'qish rejimida ishlashini ta`minlaydi. Biz esa faqatgina belgilar va ma'lumotlarni jo'natish uchun ENABLE va RS pinlarini boshqarishimiz kerak bo`ladi xolos. 16x2 lik LCD displeyda backlight pini bo'lsa pinlar soni 16 ta bo`ladi, backlight pini bo'lmasa 14 ta pin mavjud bo'ladi. Backlight pinlarini ishlatish yoki shunchaki qoldirish mumkin. Hozirgi vaqtda 14 ta pindan 8 ta ma'lumot pinlari (7-14 gacha yoki D0-D7), 2 ta quvvat pinlari (1 va 2 yoki VSS va VDD yoki GND va + 5v), kontrastli nazorat uchun 3-pin (VEG-belgilar qanchalik qalinligini nazorat qiladi) ) va 3 ta nazorat pin (RS & RW & E).
Arduino Uno platformasi haqida
Arduino - elektronika loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan ochiq manba platforma. Arduino kompyuterda ishlaydigan, kompyuter kodini jismoniy kartaga yozib olish uchun ishlatiladigan jismoniy programlanadigan elektron kartochkadan (odatda mikrokontroller deb ataladi) va dasturiy ta'minotni yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat. Arduino elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |