Kurs ishi mavzu: din va psixologiya bajardi


Shaxsning psixologik garmonizatsiyasida katarsis va meditatsiya



Download 162,5 Kb.
bet3/5
Sana29.05.2022
Hajmi162,5 Kb.
#615336
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUNISA KURS ISHI

Shaxsning psixologik garmonizatsiyasida katarsis va meditatsiya.

Hissiy-emotsional kechinmalar jarayonidagi katarsisning vujudga kelish qonuniyatlari, maʼlum darajada diniy katarsisga ham xos buladi. Agar estetik katarsis mazmunida hissiy kechinmalarning mohiyati mazmuni yotsa, diniy kechinmalar esa, diniy tasavvur va eʼtiqodlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Diniy katarsis dinamikasini diniy ibodatlarni(amallarni) bajarish vaqtida aniqlab olish mumkin. Ibodatlarni bajarishda vujudga keladigan individual va jamoa kechinmalari bir-biridan farqlanadi. Lekin ular o‘rtasida umumiy hususiyatlar ham mavjud. Amerikalik psixolog U.Jeyms, ular o‘rtasidagi umumiy psixologik o‘xshashlik, barcha dinlarda xam bir xil kechadi. Yaʼni “ruhiy qiynalishlar, ikkilanishlar, umidvorlik, sekin-asta foriq bo‘lish jarayonidir”, deydi.
Diniy kechinmalarning rivojlanish qonuniyati, ibodatlar jarayonidagi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Birinchi bosqichda - hissiy kechinmalarga nisbatan diqqat-eʼtibor, qiziqish ortib boradi. Ayniqsa,bu-eʼtiqodli dindorlarda kuchliroq seziladi.
Ikkinchi jarayonda - ibodat qiluvchilar bevosita Allohga murojaat qilib, gunohlarini kechirishni, mag‘firat qilishni so‘raydilar. Tavba-tazarru qiladilar. Mag‘firat qilishni....iltijo qiladilar.
Ibodatning uchinchi bosqichi - yakuniy bo‘lib, uning o‘ziga xos hususiyati, ibodat tinch, osoyishta, ijobiy hissiyotlarni namoyon etish bilan yakunlanadi. Ibodatdan keyin, ruhiy-maʼnaviy poklanib, o‘zini erkin va yengil his qiladi.
Diniy amallarni jamoa bo‘lib, bajarish, ibodat qiluvchilarda ijobiy va salbiy kechinmalarni yaqinlashtiradi, yaʼni ruhiy yaqinlikni vujudga keltirib, hissiy jixatdan tinchlanishga olib keladi. Diniy ibodatlarning psixologik vazifalaridan biri ham salbiy kechinmalarni susaytirish vositasi bo‘lib xizmat qilishdan iboratdir.Ibodat qiluvchi, Allohga ishonib, Undan mushkulotlarini oson qilishni so‘rab iltijo qiladi.
Diniy poklanishning butun mohiyati ham shunda, yaʼni ishonchda, eʼtiqodda!!! Jamoa bo‘lib diniy amallarni, ibodatlarni bajarishda, ibodat qiluvchilarning o‘ziga xos ruhiy kechinmalar dinamikasi sodir bo‘ladi. Bu xil kechinmalar individual ibodatlarda sodir bo‘lmaydi. Bu yerda nomozxonlarning bir xil maqsad bilan amallarni bajarishi, ular auralarini ham o‘zaro birlashishiga olib kelishi mumkin. Chunki ular bir hil to‘lqinda, magnit maydonida bo‘lgach, auralarning yaqinlashishiga sabab bo‘ladi.
Ibodatlarda ruxiy poklanishning samarali vositalaridan biri Meditatsiya-(fikrga cho‘mish, fikrlash jarayoni) hisoblanadi.
Meditatsiya - ibodat qiluvchining ruhiy jihatdan faollashishi bo‘lib, o‘zining psixologik holatini o‘zgartirib, butun diqqat-eʼtiborni jamlab, ibodat jarayoniga yo‘naltiradi. Bu esa, kishidagi emotsional holatlarni keskin pasayishiga, bartaraf bo‘lishiga olib keladi. Meditatsiya holatida ibodat qiluvchi ichki va tashqi taʼsirlardan holi bo‘ladi. Bunday paytda ibodat qiluvchi qanday g‘oya-maqsadlar uning eʼtibori markazida bo‘lishini anglashi muhimdir. Shuning uchun islomda ibodat vaqtida chalg‘imaslik, dunyoviy tashvishlarni o‘ylamaslik kabi talablar qo'yiladi...
Meditatsiyadan maqsad ham, shaxs o‘z ruhiy holatini o‘zgartirishdir. Sharqda, xususan hinduviylik, buddaviylik dinlarida meditatsiyaga juda katta eʼtibor beradi. Yoglar bir necha soatlab meditatsiya holatida o‘tiradi. Ular bunday holatni ibodat qilishning eng muhim sharti, deb hisoblaydilar. Tasavvufda ham solik(so‘fiy) o‘z diqqatini bir joyga to‘plab, uzoq vaqt o‘z-o‘zi bilan bo‘lish, tashqi olamni unutgan holda qalbni poklashga, ”men” ini unutishga, Alloh bilan qo‘shilib ketishga harakat qiladi. Meditatsiya tufayli ibodat qiluvchi o‘zini yengil his qiladi. Ko‘p narsalar mohiyatini qalb orqali osonlik bilan bilib olishga erishadi. Meditatsiya holatidagi kishining fikrini, diqqatini uncha-muncha taʼsir buza olmaydi. Meditatsiya holatiga tushishga o‘rgangan dindor , tashqi taʼsirlardan tez qutulib, muayyan sirlar mohiyatini anglab olishi mumkin. Bu esa dindor ruhiy holati bilan ilohiy holatning qo‘shilib ketishidan iboratdir. Baʼzi azizlarning, soatlab fikrga to‘lgan holda “qotib” o‘tirishi, o‘zini unutish holatiga o‘tishi va oxir-oqibatda ko‘plab sirlarni ochishi haqida, xususan, Abdul Qodir Jiyloniy, Boborahim Mashrab hayotida bunday holatlar, voqealar ko‘p bo‘lgan, misollar keltirish mumkin. Meditatsiya qattiq intizom, doimiy psixologik mashg‘ulot, har-qanday boshqa fikrlardan foriq bo‘lish yo‘lidir.
Hozirgi vaqtda meditatsiya yuli bilan odamlarni davolash meditsinada qo‘llanilyapti. Bu yul bilan ruhiy jihatdan odamlarni yupatish, ovutish, ishontirish kabi ruhiy garmoniyaga ega bo‘linyapti. AQSHda nafaqat meditsina yo‘nalishida, shuningdek, anʼanaviy dinlarda meditatsiyaning psixoterapevtik hususiyatlaridan foydalanishga harakat qilinyapti.
Katarsis, meditatsiya, tavba-tazarru kabi psixologik holatlar diniy amallarning ajralmas qismiga aylanib boryapti. Shu sababdan G‘arb din psixologiyasida dindan psixoterapevtik maqsadlarda foydalanish masalasi kun tartibida turibdi. AQSHlik protestant ruhoniysi va psixologi A.Boyzen fikricha, inson hayotidagi inqirozli vaziyatlardan chiqishda din ijobiy taʼsir etish kuchiga ega. Bir qator mamlakatlarda keyingi paytlari din psixologiyasining “ruhoniy psixologiyasi” degan yangi yo‘nalishi shakllanyapti Bu soha ruhoniylarning dindorlar qalbi va ongiga qanday yo‘l va usullar bilan ruhiy taʼsir eta olishini o‘rganadi.
Diniy hissiyot o‘ta taʼsirchan kuchga ega. Bilib-bilmay aytib yuborilgan bir so‘z, fikr turli din vakillari o‘rtasida ziddiyatlarni, hatto jiddiy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin. Diniy hissiyotning vujudga kelish qonuniyati insonlarda emotsional holatlar, hissiy kechinmalar hosil bo‘lish qonuniyatlari bilan hamohang hisoblanadi. Lekin ayni bir narsa emas. Psixologiya fanida hissiyotni, odamning tevarak - atrofdagi voqeliklarga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlaridan vujudga keladigan tuyg‘ulari sifatida tushuntiriladi. Bu tuyg‘ular esa ijobiy va salbiy ko‘rinishga ega. Kishida yoqimli kechinmalarni hosil qilib, uning g‘ayratini , kuch-qudratini oshiradigan hissiyotlar ijobiy, yaʼni stenik hissiyotlar deyiladi. Aksincha, noxush, yoqimsiz kechinmalarni vujudga keltirib, odamning ruhiy va jismoniy faolligini pasaytiradigan hissiyotlar salbiy, yaʼni astenik hissiyotlar deyiladi. Albatta hissiy kechinmalarning vujudga kelishi asosida insonning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari yotadi. Shunga ko‘ra, shaxsda shakllanadigan diniy hissiyotlar ham uning maʼnaviy ehtiyoji-diniy eʼtiqodlaridan kelib chiqadi. Diniy eʼtiqodning kuchiga va mustahkamligiga ko‘ra, hissiyotlarning namoyon bo‘lish dinamikasi ham turlicha bo‘ladi.
Barcha dinlarda hissiy kechinmalar mehr-muhabbat, ishonch, umid, qoniqish, poklanish, qo‘rquv, tavba kabilar eng muhim xususiyat hisoblanib, dindorning boshqa ruhiy holat va jarayonlarini o‘ziga bo‘ysundirib oladi.
Din psixologiyasi bilan shug‘ullanuvchi psixologlar diniy hissiyotning o‘ziga xosligi diniy obyektga yunalganligi bilan belgilanadi. Bu esa dindor eʼtiqodlariga ko‘p jixatdan bog‘liq. Tasavvuf diniy hissiyotda “ishqqa” katta eʼtibor beradi. Bu Allohning bandasiga bergan neʼmati sifatida qaraladi. Ishq deganda, avvalo Allohni sevish tushuniladi. Albatta Allohni sevish birinchi va asosiydir. Ikkinchidan yaqin kishilarini sevish - bu sevgining quyi ko‘rinishi hisoblanadi. Autogen mashqlarda asab tizimiga taʼsir etishning uchta yo‘li bor. Birinchisi, inson tanasini harakatlantiruvchi mushaklar tonusining va nafas olishning asab tizimiga taʼsir etishi orqali amalga oshadi. Bu yo‘l bilan mushaklarni taranglashtirib yoki susaytirib, muayyan ruhiy faollik yoki passivlikka erishiladi. Masanlan, tonusni ongli ravishda susaytirish, ruhiy passivlik, asab tizimi harakatlarining sustashishiga oqibatda uyquning vujudga kelishiga olib keladi. Autogen mashqlar asosida shu psixo fiziologik holat yotadi. Asab tizimiga taʼsir qilishning ikkinchi yo‘li, tasavvur va hissiy obrazlarining roli bilan bog‘liq. Insonning ruhiy kechinmalari turli-tuman bo‘lib, hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bog‘liq tasavvurlar xatto qayta tiklangandan keyin ham kishining iztirob chekishiga olib kelsa, aksincha, baxtli onglari unga xursandlik, quvonlik baxsh etib ruhini ko‘taradi. Shu tasavvurlarning jonlanishi asab tizimida bo‘ladigan qo‘zg‘alish va to‘rmizlanish jarayonlariga taʼsir etadi. Insonning nerv-fiziologik funksiyasiga kuchli taʼsir etuvchi vosita so‘z hisoblanadi. Bu ichki va tashqi nutqda ifodalanib, o‘zgartiradigan uchunchi yo‘l hisoblanadi. Autogen mashqlari quyidagi amallarni bajarish orqali ro‘yobga chiqadi:
1. Diqqatni boshqarish;
2. Ijodiy hayol va xotira tasavvurlari bilan;
3. Nutqiy taʼsir orqali;
4. Tana mushaklari tonusining harakatlantirish bilan;
5. Nafas olish ritimini o‘zgartirish bilan.
Meditatsiya (tafakkur qilish) holatida sezgi va idrok qilish keskin susayadi. Tashqi taʼsirlar deyarli eshitilmaydi. Bu holat diqqatning muayyan obyektga (fikrga) kuchli to‘planishi orqali sodir bo‘ladi. Psixologiya fanida ham diqqat markazining dominant kuchga kirishi natijasida, kishida parishon xotirlik vujudga kelishi, atrofda bo‘layotgan voqealar uning ongiga yetib bormasligi bayon qilinadi. Buning nerv-fiziologik asosida, miya yarim sharlari po‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘olgan markaz, “Dominanta pirinsipiga” ko‘ra, boshqa markazlarni subdominanta (tobe) holatga aylantiradi. Meditatsiya holati ham shu qonuniyatga asoslanadi.
Naqshbandiya tariqatidagi barcha rashhalar ham bosqichma-bosqich inson ichki olamini illatlardan tozalab, qalbga yagona g‘oya – Alloh fazli karamini singdirish jarayoniga qaratilgan. “Mukoshafa” (tafakkurga cho‘mish) jarayoniga uzoq davom etadigan mashqlar orqali ustoz-pir rahbarligida yetib kelinadi. Bunda diqqatning to‘planishi muhim ahamiyat kasb etadi. Diqqat to‘planadigan obyekt bo‘lib, inson tana aʼzolari ilohiy markazlar sifatida xizmat qiladi. Masalan, diqqat ikki qosh o‘rtasiga, burun uchiga jigar bosh miya bo‘stlog‘i, qalb va boshqalar bo‘lishi mumkin. Naqshbandiya piru-murishshidlari bu markazlar yetakchisi sifatida ko‘krakning chap tarafida joylashgan qalbni tan oladilar. Zohidning ich ki dunyosida sodir bo‘lgan ruhiy o‘zgarishlar, uning tashqi amaliy harakatlarida o‘z ifodasini topadi.
Insonni illatlardan poklab, kamol toptirish ilmi bo‘lgan tasavvuf tariqatlari odamlardagi barcha salbiy holatlarni nafs tushunchasiga bog‘lab izohlab unga qarshi jihod eʼlon qiladilar. Ularning fikricha nafs shayton qutqusi. Nafs-xirsu, havas, taʼma, kibr, fahsh keltirib chiqaradigan quvvat. Shuning uchun inson avval, uni turli gunohlarga yetaklovchi nafsning qo‘li bo‘lib qolmasdan, uni o‘ziga qul qilib olishi zarur. Bunda u o‘zining ulug‘ligi va ilohiyligini anglashi, shu maqomga munosib qolishga harakat qilishi lozim. Shunda qiyinchiliklar ham yengilik bilan kechirilib, maqsadga yetish osonlashadi.
Barcha tariqatlarda jismonan, ruhan va qalban pok, maʼrifatli komil insonni shakllantirish va tarbiyalash yetakchi maqsad qilib qo‘yilgan. Qolaversa, bu muammo bashariyat tarixining barcha davrlarda yetakchi masalalardan bo‘lib kelgan. Zamonaviy psixologiya fanida ham komil shaxs masalasini o‘rganadigan bir qancha nazariyalar mavjud. Gumanistik psixologiya, ekzistensial psixologiya, analitik psixologiya, taraqqiyot psixologiyasi, psixoanaliz, neofreydizm kabi maktablar shular jumlasidandir. Ijtimoiy, biologik va ilohiy omillarni o‘zida aks ettiruvchi insonning botiniydunyosi va zoxiriy xulq-atvori, faoliyati bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki olamning namoyon bo‘lishida inson ongining turli darajarari bo‘lgan-onglilik, ong-shuursizlik, ong ostilik holatlari muhim vazifalarni bajaradi. Bu o‘rinda shuni taʼkidlash lozimki, sobiq shurolar davrida falsafa, psixologiya, pedagogik va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning barchasi shaxs muammosini o‘rganganda, uni ijtimoiy munosabatlar maxsuli sifatida tadqiq etgan. To‘g‘ri, individning shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy muhit, omillar yetakchi o‘rin tutadi. Lekin inson kabi murakkab xilqatni faqat bir omil bilan tushuntirish, izohlash oxir oqibat bu nazariyani boshi ber ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Insonda shunday ruhiy holat va jarayonlar borki, masalan, ko‘ngil sezishi, to‘qusdan bo‘ladigan ilmiy kashfiyotlar, telepatiya valiylar bashorati payg‘ambarlar mo‘jizalari, g‘ayri tabiiy jismoniy imkoniyat kabilarni ijtimoiy omillar bilamgina izohlab bo‘lmaydi. Natijada, bu hol faktlarni parapsixologiya (oltinchi sezgi tuyg‘usi) bilan izohlab qo‘ya qolindi. Insondagi ilohiylik xususiyatlari haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Vaholanki, XX asr psixologiyasida Zepmund Freyd (1856-1939 y.)ning psixoanaliz nazariyasi yaratilib, inson ruhiy olamini uch darajasi bo‘yicha ham nazariy, ham eligirik, tadqiqotlar olib borildi. Keyinchalik bu nazariya Freydizm, deb nomlana boshlandi. Bu nazariyaning mohiyatiga ko‘ra, inson ruhiyati o‘z taraqqiyotida uch bosqichni bosib o‘tadi. Bular: «J d» - ong-shuursizlik, yedo-“Men” va Sego-“Super Men” psixologiyada ular ongsizlik, onglilik va ongostilik deb nomlandilar.
Ongsizlik (ong-shuursizlik) – insoniyat taraqqiyotidagi barcha evolyutsion rivojlanishdan orttirilgan sifat va xususiyatlarning o‘ziga xos ravishda nasliy yo‘l bilan berilishi. Lekin inson o‘zidagi bu informatsiyalarning mavjudligidan bexabar. Lekin ular onglilik funksiyalarining susayishi, tormozlanishi natijasida bo‘lib turadigan holatlar, xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Onglilik-bu shaxsda “Men”ning shakllanishi bilan vujudga kelib, individning o‘z xatti-harakatlari, ehtiyoj va motivlarini anglashi, aqliy faoliyatlar bilan shug‘illanishi, hayot maqsadlari sari faol harakatlar, turli zo‘riqish, tinglik holatlarni irodaviy hal eta olishi. O‘z xulq-atvoriga maʼsulligi kabi ongli holat va faoliyatni o‘z ichiga qamrab oladi. Ongostilik-ong-shuursizlik va onglilik holatlarning o‘zaro muvofiqlashgan holati bo‘lib, avtomatlashgan, mustahkam dinamik stereotiplar bilan bog‘liq faoliyatlar asosida o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi. Inson amalga oshiradigan faoliyat, muomala, ijod jarayonlari uning imkoniyat va xususiyatlariga muvofiqlashsa, harakatlar jarayoni avtomatlashib ketgan bo‘lsa, ularning bajarilishi ongostalik holati tasarrufiga o‘tib uning boshqaruvi ham yengillashadi. Ilmiy faoliyat va ijod bilan muntazzam mashg‘ul bo‘lgan ijodkorlarda sodir bo‘lib turadigan ilhom onlarini shu holat bilan izohlash mumkin. Ilhom onlarida ijodkor o‘zini unutish darajasiga boradi. Uning uchun vaqt va makon tushunchasi yo‘qoladi. Fikrlar bulog‘i ko‘z ochib, ijodkorni butunlay qamrab oladi. Ilhom onlarida yaratgan ijod maxsulini o‘qib, o‘zi hayron bo‘lishi mumkin. Bu ruhiy holat diqqatning kuchli jamlanib bir nuqtaga to‘planishi, tashqi taʼsirlardan holi bo‘lish, ijodiy tasavvur, shaxsning ichki aktivligi, intellektualimkoniyatlarni to‘la safarbar etilishi va ularni intensiv ishlashi bilan izohlanadi.
Doimiy aqliy faoliyat inson asab tizimlari v amiya yarim sharlari po‘stlo-idagi ruhiy jarayonlar markazlarini toliqtirishi mumkin. Safarlangan asab quvvatlari (energiyasi) uyqu jarayonida Yana tiklanib, uyqu davrida miya po‘stlog‘i tormozlangan, ong-shuursizlik holatda bo‘lib, «Qo‘riqchi punkt», deb nomlangan markazlargina “uyg‘oq” holatda bo‘ladi. Yetti-sakkiz soatli tiniqib uxlash, ong-shuursizlik holati insonga rohat bag‘ishlaydi. Shu boisdan qadim davrlardan insonlar ong nazoratidan chiqib, ongsizlik holatida bo‘lishi uchun onglilikni susaytiruvchi turli yo‘llarni izlashgan. Spirtli ichimliklar ichish, turli Narkotik moddalar qabul qilish, Nos, papiros chekish kabi usullar, maʼlum darajada kishi asablarini susaytiruvchi musiqa tinglashlar ong-shuursizlik holatga o‘tish vositalari hisoblanadi.
Onglilik inson hayoti va faoliyatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning bilan birga nazariy va ilmiy kashfiyotlar jarayonida ong-shuursizlik (behud) va ongostilik holatlari ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tasavvufda sufiyning mukoshafa jarayonida turli ruhiy holatlarga tushishi, kashf etishi tasodifiy voqea tush ko‘rishlar (g‘ayri tabiiy holatlar behudlik) holatiga kirishish bilan sodir bo‘ladi. Inson tomonidan anglanilmagan va izohlab berish murakkab bo‘lgan ayrim psixologik holatlar, ong-shuursizlikning o‘tmish va hozirdagi bosqichlarining qo‘shilishi, subsensor (kuchli sezuvchanlik) signallar, ilohiy bilimlar asosida sodir bo‘lib, insonning fazoviy bog‘lanishlariga vosita sifatida xizmat qiladi. Tasavvuf ilmining mashoyixlari tavajjuh (fikriy ruhiy muloqot) orqalik behudlik holatidan foydalanib, ruhlarini sayr ettirib, ilohiy quvvat olib o‘ziga xos karomat sohibiga aylanganlar.
Ongning zikr qilingan uch ko‘rinishi oddiy insonlarda unga bog‘liq bo‘lmagan holda kutilmaganda sodir bo‘lib tursa, o‘rin almashib tursa, tasavvuf ahli bu holatlardan maqsadga muvofiq, oqilona foydalanish quvvatiga ega bo‘ladi. Zero ular o‘zini bunday holatlarga rahshalarni mashq qilish, pirdan o‘rganish orqali tayyorlaganlar. Behudlik holatidan ular yuqori darajada jismoniy, ruhiy quvvat (energiya) olishga erishganlar.



Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish