Kurs ishining vazifasi: Men kurs ishimni bajarish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldim:
Aksonometrik tasvirlar va ularining turlarini o’rganib chiqish;
Qiyshiq burchakli frontal izometrik tasvirlar va ularining yasalish uslublarini tahlil qilish;
Aksonometrik tasvirini bajarish va aksonotmetrik tasvirini chizish usullari haqida ma’lumotlar berish.
Mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanma tayyorlash.
Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: “Modelning to’g’ri va qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalari hamda trimetriyasini qurish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlar” mavzusi o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish hamda grafik bilimlarini oshirishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kengroq o’rganmoqchi bo’lgan maktab o’quvchilari va talabalar hamda o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining ob’yekti: O’rta umumiy ta’limda chizmachilik fanini o’qitish jarayoni.