Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-4, 9.02.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 6-son, 68-modda)
34. Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilgan bo‘lishi shart. Hujjatning to‘ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag‘i raqami va bank nomi cheklarda hamda e’lonlarda burchak shtamplar bilan ko‘rsatilishi mumkin. “Summa raqam bilan” hamda “Summa so‘z bilan” rekvizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo‘yiladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun bankka taqdim etilgan imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada (tadbirkorlik subyektlari uchun imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada) ko‘rsatilgan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. Hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlarning maqsadini ko‘rsatishi shart, ushbu ma’lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat (hujjat faqat, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘z xodimlariga berilgan bo‘lsa) ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar oluvchilarning o‘zlari tomonidan to‘ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos bo‘ladigan pul cheklari va chiqim kassa ordyerlari oluvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul cheki bo‘yicha mablag‘ chekda shaxsi ko‘rsatilgan shaxsga to‘lanadi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
35. Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo‘yicha qisman pul to‘lashga va pul oluvchi shaxsga ushbu chek bo‘yicha unga amalda berilgan pul summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishga ruxsat etishi mumkin.
Ma’lumotnomaga bank rahbari va bosh buxgalteri imzolari qo‘yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to‘g‘risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek bo‘yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to‘langani haqidagi ma’lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga qo‘shib tikiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarining” (ro‘yxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) 196-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va ularga qarashli muassasalarning to‘lov topshiriqnomalari va cheklarida to‘lovlar maqsadi ko‘rsatilishi talab qilinmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |