Zayd o‘rnidan turdi va Amr esa turmadi.
ﺯﻳﺪ ﻗﺎﻢ - ﺍﻟﺟﻤﻟﺔ ﻻﺑﺘﺪﺍﺋﻴﺔ“ al-jumla al-ibtidaiyya” bo‘lgani uchun ﺍﻹﻋﺮﺍﺏ ﻤﻥ ﻠﻬﺎ ﻤﺤﻞ ﻻ - “gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan jumla” dir. Shu sababli unga “ma’tuf” bo‘lgan (teng bog‘langan) ﻋﻤﺭﻭ ﻴﻗﻢ ﻠﻢ ham ﺍﻹﻋﺮﺍﺏ ﻤﻥ ﻠﻬﺎ ﻤﺤﻞ ﻻ - “gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan jumla” dir.
ﺍﻹﻋﺮﺍﺏ ﻤﻥ ﻠﻬﺎ ﻤﺤﻞ ﻻ - “gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan jumla” bo‘lgan jumlaga nisbatan izohlovchi “ ﺍﻟﺑﺪﻞ - badal” bo‘lib kelgan keyingi jumla ham
ﺍﻹﻋﺮﺍﺏ ﻤﻥ ﻠﻬﺎ ﻤﺤﻞ ﻻ - “gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan jumla” bo‘ladi.
أَثَاماً {68}17 وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ يَلْقَ : ﺗﻌﺎﻟﻰ ﻗﻭﻝ
يُضَاعَفْ لَهُ الْعَذَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِ مُهَاناً {69} 18
“Kim manashu (gunohlardan birontasini) qilsa uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur”19 “Furqon surasi”68-69 oyati karimasidagi يُضَاعَفْ لَهُ الْعَذَابُ jumlasi يَلْقَ ga nisbatan kengroq va tushunarliroq, chunki u “ ﺍﻟﺑﺪﻞ - badal” dir, shu bois u ham ﺍﻹﻋﺮﺍﺏ ﻤﻥ ﻠﻬﺎ ﻤﺤﻞ ﻻ - “gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan jumla” dir.
Agar jumla mazmunan birgina ism yoki fe’l bilan almashtirilganda ushbu so‘z gapdagi vazifasiga ko‘ra muayyan bir turlanish yoki tuslanish qo‘shimchalariga (الرفع, النصب, الجر الجزم e’rob harakatlariga) ega bo‘lsa, bu jumla
محل من الأِعراب لها جملة deyiladi. Arab nahvshunoslari “ e’robda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jumlalar” ni, ya’ni mazmunan e’robga tushadigan so‘z bilan almashtirish mumkin bo‘lgan jumla turlari haqida ikki hil fikr bildiradilar. Ba’zilar bunday jumlalarni yetti turga ajratsalar, boshqalari to‘qqiz turi haqida yozadilar.20
Bu turdagi jumlalarni qanday harakatga mos kelishini aniqlash uchun ularning kesimi quyidagi uch so‘z turkumidan biriga aylantiriladi:
1.المصدر – masalan: ( ﺍﻟﻃﻮﺭ ﺴﻭﺭﺓ )21٭ تَقُومُ حِينَ رَبِّكَ بِحَمْدِ سَبِّحْ وَ ٭ (Ey Muhammad), siz Parvardigoringizning hukmiga (ya’ni mushriklarni darhol azobga duchor qilmaganiga va sizni turli mashaqqatli sinovlar bilan imtihon qilishiga) sabr qiling. – Zotan siz shak-shubhasiz Bizning ko‘z o‘ngimizda (ya’ni hifzi-himoyamizda)dirsiz. – Va (tongda uyqudan) turgan paytingizda Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha yab nuqsonlardan) poklang!22 “Tur surasi” 48-oyat.
Oyatdagi تَقُومُ jumlasi o‘rniga uning fe’lidan yasalgan masdar القيام ni qo‘yib, jumla qanday gap bo‘lagi o‘rnida kelayotgani aniqlanadi - القيامِ حِينَ
Bunda “ al-qiyami” so‘zi kasra bilan harakatlangani uchun e’robdagi o‘rni “al-jar” hisoblanadi. Ya’ni “hiyna taqumu” jumlasi “fi mahalli jarri mudof ilayhi” deb ataladi, ya’ni ushbu jumla qaratqich kelishigidagi izofaning ikkinchi bo‘lagi vazifasida kelmoqda deb talqin qilinadi.
2. المشتق - ya’ni, fe’ldan yasaladigan aniq va majhul daraja sifatdoshi va sifatlar. Masalan:
23 “ فِي الْدُّنْيَا وَ الأخِرَةِ وَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ لُعِنُوا المُؤْمِناتِ الْغَافِلاَتِ الْمُحْصَنَاتِ يَرْمُونَ الَّذِينَ إنَّ
“Albatta (buzuq niyatlardan) behabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ladilar, ular uchun ulug‘ azob bordir.”24 “Nur surasi” 23-oyat.
Bu misoldagi “ لُعِنُوا” jumlasini “مَلْعُونُونٌ” majhul daraja sifatdoshiga almashtirilsa, jumlaning kesimi vazifasida bo‘ladi.
3. الفعل ko‘pincha الفاء bog‘lovchisi bilan kelgan الشرط جواب jumlasida sodir bo‘ladi.
كمثلها الدُّنْيَا في يعط فمن
. سعيد الحياة عيش في فذلك
Kimga u ayolga o‘xshash umr yo‘ldosh nasib etsa,
U hayoti davomida baxtlidir.
Ushbu misoldagi ف bilan boshlangan jumla o‘rniga hozirgi-kelasi zamon fe’lining shart mayli shaklini qo‘ysa bo‘ladi.( يسعد= سعيد ذلك) الفاء dan keyingi jumla
بالفاء المُقترنة الخازم الشرط جواب جملة bo‘lgani uchun uni “la mahall mina-l-e’rob” toifasiga kiritiladi va u الشرط جواب جزم محل .25
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi har bir gap mazmunan mustaqildir. Mazkur mustaqil gaplar bir-birini to‘ldiradi, aniqlaydi, izohlaydi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap mustaqilday ko‘rinsa ham, aslida unda ergash gap tomonidan izohlanish ehtiyoji mavjud bo‘ladi. Ergash gap bosh gapga turli vositalar: bog‘lovchilar, yuklamalar, bog‘lovchi so‘zlar, kelishik qo‘shimchalari, paytni bildiruvchi otlar, nisbiy so‘zlar, bog‘lovchi so‘zlar orqali birikadi.
Ergashgan qo‘shma gapdagi komponentlar ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali bog‘lanadi. Rus va o‘zbek tillarida ergashtiruvchi bog‘lovchilar hech qanday gap bo‘lagi bo‘lmay, ergash gap bilan bosh gapning grammatik aloqasini ko‘rsatuvchi vosita sanaladi.
Arab tilshunoslari bu masalaga o‘zgacha nazar bilan qaraydilar.
Ega ergash gap bosh gapda tushib qolgan eganing vazifasini bajarib keladi. Bunday qo‘shma gaplarning ko‘pincha ergash gap – egasi tilga olinmagan to‘liqsiz bosh gapning kesimiga nisbatan ega vazifasini bajaradi.
Kesimi fe’l bilan ifodalangan qo‘shma gapning egasi jumla bilan ifodalanishi mumkin va uni arablar ﺍﻟﺟﻣﻠﺔ ﺍﻟﻮﺍﻗﻌﺔ ﻓﺎﻋﻼ ﺍﻭ ﻧﺎﺋﺐ ﻓﺎﻋﻞ. deb nomlaydilar.
Bunday jumlada ega, ya’ni ﺍﻟﻔﺎﻋﻞ fe’liy jumla ham, ismiy jumla ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |