O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITITETI “MAXSUS PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM” FAKULTITETI OLIGOFRENOPEDAGOGIKA YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari
Bajardi: Qòchqarova Nodira Oybek qizi
Ilmiy rahbar: Anvarova Charos Akromjanova
Topshirilgan sana:
Himoya qilingan sana:
Baho:
Toshkent 2022
MUNDARIJA
KIRISH..................................................................................................................
1 BOB Aqli zaif òquvchilarda muloqot haqidagi umumiy tushuncha .......................................................................... ........................................................
1.1 Aqli zaif òquvchilarning muloqoti ... ..................................................
1.2. Aqli zaif òquvchilarning muloqot xususiyatini rivojlanishi...................
2 BOB AQLI ZAIF O'QUVCHILAR MULOQOTINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.........................................................................................................
2.1 Aqli zaif o'quvchilar muloqotining o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha o'zbek va chet el olimlarining tatqiqotlari.
2.2 Muloqot xuxusiyatlariga metodikalar.
XULOSA.............................. .........................................................................................
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR.............................................................................
Kirish
Prezident Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ― O‘zbekiston istiqlol va taraqqiyot yo‘li ― risolasida ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish , aholining eng nochor qatlamlari - keksalar , nogironlar , yetim – yesirlar , ko‘p bolali oilalarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazasi kafolatli ekanligi alohida ta‘kidlab o‘tilgan . Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino , Yusuf Xos Hojib , Mahmud Qoshg‘ariy , Kaykovus , Xotam ibn Tay , Alisher Navoiy , Zahiriddin Muhammad Bobur , Rizouddin ibn Faxriddin , Muqimiy , Furqat , Zavqiy , Uvaysiy , Nodira , Abdurauf Fitrat , Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki , ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir . Sharq mutafakkirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo‘lganki , ular shaxs ahloqiy tarbiyasi va kamolotida oilaning , oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan , ayniqsa , shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni , ota – ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e‘tibor berganlar . Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar – halollik , poklik , mardlik, mehribonlik , haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar ota – onadan bolaga o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy – axloqiy , sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar . Barkamol avlodni tarbiyalash va jamiyatda faoliyat yuritishi insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan . Demak , mukammal yetuk inson bo‘lib yetishishdaqobiliyat , ko‘rish qobiliyati , eshitish qobiliyati , nutqiy malakalari , umumiy rivojlanishi katta asos bo‘lib xizmat qiladi . Mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning barcha sog‘lom a tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari aqliy , ahloqiy , jismoniy jihatdan kamol topishlari , ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik darajasida tayyor bo‘lib yetishishlari masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda . Shu bois mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar salomatligini tiklash, ta‘lim tarbiyasi takomillashtirish , ijtimoiy himoyalash tizimini izchillik bilan isloh etish maqsadida har bir yil uchun qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida bu masalalarni hal etishga qaratilgan qator chora – tadbirlar rejalashtirilib , muvaffaqiyatli amalga oshirib borilmoqda . Hususan , ― Barkamol avlod yili davlat dasturi ― ning 3- bo‘limi 29 – bandida imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha loyihani amalga oshirish tadbirlari orqali ushbu toifaga mansub bolalar ta‘limi qulay shart – sharoitlar yaratish , ularning keyinchalik hayotga integratsiyalashuvi uchun shart – sharoitlarni shakllantirishga erishish maqsadi nazarda tutilgan . Shuningdek , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston Respublikasining 2010 – yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida ― 2009 – yil 22 – dekabrdagi PQ – 1245 – sonli qaroriga muvofiq ― Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risidagi ― 117 – sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorning ikkinchi bandida Xalq ta‘limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining sonini ularning ixtisoslashuvi va joylashuvini qayta ko‘rib chiqgan holda , shuningdek jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar kontigendidan kelib chiqib , maqbullashtirish , umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida maxsus guruhlarning tugatish , nutqi , eshitishi va ko‘rishi yengil nuqsonli bolalar bo‘lgan taqdirda ular defektolog lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berilishi kabi topshiriqlarni qayd etilgan .Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida kirib kelayotgan yangi - 2014 – yil mamlakatimizda ― Sog‘lom bola yili ― deb e‘lon qilindi . Yurtimiz qudrati , jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning ham jismoniy , ham ma‘naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir . Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan iliq kutib olinganligining sababi ham shundan . Qabul qilinajak ― Sog‘lom bola yili ― davlat dasturi mamlakatimizda ona va bola erkinligi , aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash , sog‘lom bola tug‘ilishi , jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirishga oid chora - tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor . Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom , ma‘naviy yetuk , har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan , mustaqil fikrlaydigan , intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega , Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora - tadbirlarni amalga oshirish , davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 – yil ― Sog‘lom bola yili ― deb e‘lon qilinishi munosabati bilan― Sog‘lom bola yili ― Davlat dasturi tayyorlandi ―Sog‘lom bola yili ― Davlat dasturida quyidagilar ko‘zda tutiladi .‖ Sog‘lom bola yili ― Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin ; sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ - huquqiy bazani yanada takomillashtirish , bu borada qulay tashkiliy – huquqiy shart – sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me‘yorlarni ishlab chiqish ; va bulardan dan tashqari sog‘lom bolani voyaga yetkazishda , patalogiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot hodimlarining roli va mas‘uliyatini oshirish , sog‘liqni saqlash tiziminig moddiy - texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash , aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot tushuntirish ishlarini muntazam olib borish zarur . Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha maktablar , o‘qituvchilarni tayyorlash, darsliklar va ta‘lim dasturlarini moliyalashtirishga oid sakkizta loyiha ma‘qullangan. Ta‘lim imkoniyatlar tengligini ta‘minlaydigan buyuk me‘zon.U jamiyat aql – zakovatining yuksalishi , raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar ko‘payishining muhim omili vazifasini o‘taydi. Bugungi kunda ayolga e‘tibor qaratish jamiyatga e‘tibor qaratish demakdir . Chunki ayol kelajak avlodni tarbiyalab kamolga yetkazadi . Agar ona sog‘lom bo‘lsa , undan sog‘lom avlod unyoga keladi . Bu ayni haqiqat. Shuni chuqur anglagan holda davlatimizda respublika va xalqaro miqyosda turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur sohadagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan vazifalar Davlat dasturining 5 – bo‘limida o‘z aksini topgan. ‖Sog‘lom ona – sog‘lom bola ―tamoyiliga muvofiq oila salomatligini , onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi mazkur bo‘limda onalar va bolalar salomatligini , aholi reproduktiv salomatligini yahshilash bo‘yicha ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
―Mustahkam oila yili ― dasturi asosida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi . Xususan , mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab joriy etib kelinayotgan , xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan ― sog‘lom ona sog‘lom bola ― dasturi doirasidagi chora tadbirlar yil davomida yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa , Birlashgan Millatlar Tashkiloti , YUNISEF va boshqa xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlikda ― Salomatlik - 3 ― loyihasi doirasida tibbiyot hodimlarining malakasini oshrish , zamonaviy tehnik vositalar yordamida malakali tashxis qo‘yish , kasalliklarni ilk bosqichda davolash ishlari aniq reja asosida olib boriladi , profilaktik tadbirlarda aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish , ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda , ya‘ni nutqini egallash uchun eng ma‘qul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir .
Aqli zaif bolalar nutqini o‘stirish qiyin kechsa – da , ta‘lim – tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim . Nutq tarbiyasi talim asosini tashkil qiladi . Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir .Bolalarda nutqning o‘sishiga yordam beradigan vositalarni yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq pedagogik ta‘sirni tashkil etishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi .
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi . Materialning ma‘nosini anglash qiyinchiliklari , hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik , vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi , mavzudan chalg‘ib ketish , shuningdek , tevarak – atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma‘lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi . Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish vazifasi turadi .Bunda aqli zaif bolalarga o‘z fikrini, istak – orzusini , hissiyotini aniq ifoda etish , ona tilida kishilar bilan aloqa o‘rnatishda , hayotga o‘rgatish jarayonida foydalanishga o‘rgatish , aqliy jihatdan kamchililarni bartaraf etish , ijtimoiy hayotga moslashtirish , hamda yordamchi maktab ta‘limiga tayyorlashdan iborat .
Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan , oilaviy turmush , bolalar bog‘chasining hayoti bilan , mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqea va hodisalar , o‘zbek xalqining mehnati , jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o‘stirib boradi . Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo‘lgan so‘zlarning ma‘nosini tushuntiribgina qolmasdan , balki undan o‘z nutqlarida faol qo‘llashga o‘rgatib boriladi .
Bilish faoliyatining holati , atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati , odob – axloq normalarini o‘zlashtirish , ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liq . Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi – ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlar hisoblanadi . Maxsus bolalar bog‘chasining ta‘lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o‘stirish bo‘yicha quyidagi bilim , ko‘nikma , malakalar bilan qurollantiriladi :
Aqli zaif bolalarni nutq o‘stirish jarayonida ma‘lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas , balki idrok , xotira , tafakkur , tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi .Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatning muhim usullarini o‘rgatish , analiz , sintez , taqqoslash , umumlashtirish , konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi . Bunda korreksion pedagogik ishning ahamiyati muhimdir . Korreksion pedagogik ishda aqli zaif bolalarning yoshi , psixik xususiyatlari , oilaviy sharoitlari , ona tilining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta‘minlaydi . Maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlar tizimi negizidagina maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga erishish mumkin.
Tadqiqot maqsadi : Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyaqlarini o‘rganish .
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik :
1 . Ilmiy adabiyotlarda muammoning yoritilish holatini o‘rganish ;
2 . Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish ;
3 . Aqli zaif bolalar muloqotining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda korreksion rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ;
Tadqiqot ob’yekti : Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqi .
Tadqiqot predmeti : Aqli zaif boloalarning muloqot xususiyatlarini rivojlantirish jarayoni .
Tadqiqot metodlari :
- mavzuga doir ilmiy – pedagogik psixologik adabiyotlarni o‘rganish ;
- bolalarni o‘yin , mehnat jarayonida kuzatish ;
- bolalarning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o‘rganish ;
- ota – onalar bilan suhbatlashish ;
- tajriba - sinov natijalarini son va sifat jihatdan tahlil qilish ;
Tadqiqotning metodologik asosi : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Sh Miromonovich asarlaridagi ta‘lim to‘g‘risida ilgari surilgan fikrlar , ― Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun ― , ― Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ― , ― Maxsus ta‘lim konsepsiyasi ― , ― Bolalarni himoya qilish ― konvensiyasi , hukumatimizning xalq ta‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirliklarining me‘yoriy hujjatlari , Sharq mutaffakirlarining ta‘lim – tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi . Malakaviy bitiruv ishim kirish , uchta bob , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: |