II. Adabiyotlar sharhi
2.1. Antibiotiklar haqida tushuncha.
Antibiotiklar (anti ... va yun. bios – hayot) – ba’zi mikro-organizmlar (zamburug‘lar, bakteriyalar), hayvon to‘qimalari va ayrim yuksak o‘simliklar hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan va turli xil mikro-blarning o‘sishi hamda rivojlanishini to‘xtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo‘lib, boshqa mikro-blarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni o‘ldiradi yoki o‘sishini to‘xtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta’sir etadi. Mas, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli ta’sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta’sir qiladi yoki butunlay ta’sir qilmaydi; Antibiotiklarning ko‘pchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va o‘simlik organizmini (to‘qima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va o‘simlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni o‘ldiradigan, ammo odam, hayvon va o‘simlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oldi. 5471941 yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mog‘or zamburug‘i (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942 yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944 yilda Streptomyces griseus nomli zamburug‘dan streptomitsin olishga muyassar bo‘ldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 – 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) ko‘llanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Mac, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bog‘liq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. Antibiotiklar stafilokokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich terlama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yo‘llari, me’da, ichak, siydik yo‘li va jinsiy a’zolar kasalliklarini davolashda yaxshi naf beradi. Ba’zi Antibiotiklar parranda, cho‘chqa va buzoqlar o‘sishini tezlatish, ovqatning o‘zlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qo‘shimcha qilib beriladi. Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir ko‘rsatganidan biokimyoviy jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra o‘sishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konservalash) ham keng foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligida – o‘simliklarni zamburug‘li va bakterial kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi (qarang Mikrobiologik himoya usuli). Kasallik qo‘zg‘atuvchilarga ta’sir qilish tarziga qarab Antibiotiklar bevosita ta’sir etuvchi Antibiotiklar; kasallik qo‘zg‘atuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi Antibiotiklar; xo‘jayin o‘simlikka ta’sir etuvchi Antibiotiklar; o‘simlik tanasida yuqori faol moddalarga aylanadigan va o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita ta’sirga ega) Antibiotiklarga bo‘linadi. Streptomitsin, terramitsin, digidrostreptomisin, grizeofulvin (grizovin), anizomitsin, omfoterpsin, filitsin va boshqa samarali Antibiotiklarga kiradi. Trixodermin g‘o‘zaning vertitsillyoz vilti va qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring, pomidor ildiz chirishi, kartoshka rizoktoniozi, bug‘doy gelmintosporiozi, makkajo‘xori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Trixodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Adan dustlar bilan upalash va ko‘chat materiallari (ko‘chat, qalamcha, tuganak, urug‘)ni eritmalarda ho‘llash bilan foydalaniladi. Antibiotiklar o‘simlik tanasiga oson o‘tadi va tarqaladi, kuchsiz (0,1 – 0,01 – 0,001 va undan kam) konsentratsiyalarda ta’sir etadi. Antibiotiklar purkab ishlatilganda barglarga so‘rilishini kuchaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qo‘shiladi. Turli antibiotiklar har xil yo`llar bilan ma`lum infeksiyalarga qarshi kurashadilar. Lekin, antibiotiklarning qo‘llanilishi nafaqat zararli balki, foydali mikroorganizmlarning faoliyatini ham izdan chiqaradi. Bugungi kunda tabiati noinfeksion bo‘lgan kasalliklarning (allergiya, disbakterioz, immunitetning pasayishi va boshqalar) sonini oshib ketishida antibiotiklarning ulushi ortib bormoqda. Antibiotiklar deyarli 50% hollarda asossiz ravishda ishlatiladigan dorilarning yagona guruhidir. Barcha antibiotiklarning ishlatilishida o`ziga xos pozitiv va negativ ta‘sirlari mavjud . So‘nggi yillarda antibiotiklarning salbiy ta'siri haqida tibbiyot amaliyotida ma‘lumotlar ortib bormoqda. Antibiotiklarning allergik reaksiyalari teri qizarishi, toshma toshish, badan qichishishi, qusish, tomir urishi tezlashuvi holida, hatto ayrim holatlarda allergik shok va uning oqibatida o'lim hollari ham uchrab turadi. Allergiyadan tashqari, disbakterioz va u bilan bog`liq bo‘lgan vitseral tizimlar funksiyalarning izdan chiqishi, organizmda himoya va adaptiv reaksiyalarning susayishi kuzatiladi. Antibiotiklarning ko‘pchiligi noinvaziv yo`li bilan tabletka, suspenziya, kapsula yoki kukun holida beriladi. Hazm kanaliga tushganda ular birinchi bo‘lib hazm shiralari tarkibida uchrab turuvchi biologik faol moddalar, jumladan fermentlarga duchor bo‘ladilar. Og‘iz va ichak bo‘shlig`ida eng ko‘p miqdorda uchraydigan, uglevodlar boshlang`ich gidrolizida polimerlarni oligo- va monomerlargacha parchalaydigan ferment – α-amilazadir. Mazkur ferment faolligiga antibiotiklarning ta`sirini o`rganish sabablaridan biri, u boshqa gidrolazalarga nisbatan turli omillar ta`siriga reaktivdir. Tadqiqotning obyekti: kalamush so‘lak bezi va ichak ximusi, odam so`lagi, pankreatin α-amilazaning faolligi. Tadqiqot predmeti: antibiotiklarning biologik faol preparatlardagi lamilaza faolligiga ta`siri. Mazkur izlanishning maqsadi – turli guruhlarga kiruvchi antibiotiklarning ayrim biologik sinovlarda α-amilaza fermentining faolligiga ta‘sirini aniqlashdir. Mazkur maqsad doirasida quyidagi vazifalar qo`yildi: ayrim antibiotiklarning kalamush so‘lak bezi va ichak himusdagi α-amilaza fermentning faolligiga ta‘sirini aniqlash; ayrim antibiotiklarning odam so‘lagi va pankreatin preparatidagi α-amilaza fermentning faolligiga ta‘sirini aniqlash; turli guruhga kiruvchi antibiotiklarning α-amilaza fermenti faolligiga ta‘sirini qiyoslash. Antibiotik moddalar olish, tеkshirish va mеditsina maqsadlarida ishlatish hozirgi zamon mеditsina fanining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Mikroorganizmlar dunyosidagi kurashdan inson manfaati uchun, ya’ni kasallik tarqatuvchi mikroblar ta’sirini yo‘qotish uchun foydalanish ishini dastlab gеnial rus olimi I.I.Mеchnikov boshlab bеrdi. Dunyoda birinchi bo‘lib u sut kislota hosil qiluvchi baktеriyalarni inson ichagidagi chirituvchi mikroblar faoliyatini yo‘qotish uchun ishlatishni taklif etdi. Antibiotik moddalarni faqat turli baktеriyalar, mog‘or zamburug‘lari, aktinomitsеtlar ishlab chiqarmay balki suv o‘tlari va hatto yuqori o‘simliklar va hayvon to‘qimalarida ham borligi aniqlanadi. 1942 yilda amеrikalik biolog Z.A.Vaksman mikroorganizmlar hosil qiladigan antimikrob ta‘siriga ega bo‘lgan barcha moddalarni ayrim sinflarga ajratish maqsadida “antibiotik” dеgan atamasini taklif qilgan. Z.B.Yermol’еva 9 1946 yilda kеyinchalik M.M.Shemyakin, A.S.Xoxlov 1961 yilda va boshqalarning ta’rifiga ko‘ra, mikroorganizmlarni (baktеriya, virus, mog‘or va b.) tanlab o‘ldirish (qirish) yoki ularni o‘sishini to‘xtatish xossasiga ega bo‘lgan turli organizmlarning (mikroorganizm, o‘simlik, xayvon) moddalar almashinuvi natijasida xosil bo‘ladigan maxsulotlari antibiotiklar dеb nomlanadi. Birinchi marta Lui Pastеr chirituvchi baktеriyalar ma’lum sharoitda kuydirgi kasalligini paydo qiluvchi tayoqchalarning ko‘payishini to‘xtatganligi, xatto ularni o‘ldirganligini kuzatdi. Bunday antimikrob ta’sirga ega antibiotiklardan ba’zilari olimlarga ilgaridan ma’lum bo‘lgan. Masalan, 1871 yilda V.A.Manassеin va 1872 yilda A.G.Polotеbnov ko‘k mog‘orning (penecillium glaucum) shifobaxsh ta’sirini aniqlagan. V.A.Manassеin mog‘orning ba’zi xossalarini o‘rgandi va o‘stirilgan suyuqlikda boshqa baktеriyalarni o‘smay qolishini kuzatgan. A.G. Polotеbnov esa tajribada ko‘k mog‘orni yiringli yaralar va chipqon kasalliklarning tеz tuzalishiga yordam bеrishini aniqlagan. 1928 yilda ingliz mikrobiologi Alеksandr Flеmning stafilokokk baktеriyasi o‘stirayotgan Pеtriy kosachasiga tasodifan tushib qolgan ko‘k mog‘or koloniyasi atrofida shu mikroorganizlar o‘sishini to‘xtatganligini kuzatdi. Bu xodisa olimda ko‘k mog‘or, stafilakokka qarshi qandaydir noma’lum modda hosil qiladi, dеgan fikr tug‘diradi. U ko‘k mog‘orning antimikrob ta’sirini mukammal o‘rganib chiqadi va kеyinchalik mog‘or o‘z hayot faoliyatida hosil qiladigan moddaga pеnеtsillin dеb nom bеrgan. A.Flеming kashf qilgan antibiotikni 1941 yilga kеlib ingliz olimlari Flor va Chеynlar birinchi marta (penecillium notatum) mog‘orini o‘stirilgan suyuqlikdan sof kristall holida ajratib olishadi. Akadеmik Z.B.Еrmol’еva rahbarligida bir gurux olimlar pеnеtsillin ustida 1942 yilda mukammal ilmiy-tеkshirish ishlarini olib borib, pеnеtsillin hosil qiluvchi mog‘orning bir qancha yangi shtammlarini kashf etdilar va ularni o‘stirish uchun ma’lum muhitni ishlab chiqdilar. Olimlarning samarali izlanishlari natijasida 1944 yildan boshlab bеnzilpеnеtsillini ishlab chiqarish kеng yo‘lga qo‘yildi . 1942 yilda olimlardan G.F.Gauzеy va M.G.Brajnikovalar yangi antibiotik modda kashf qildilar va unga gramitsidin C dеb nom bеrdilar. 1944 yilda Amеrikalik Z.A.Vaksman nursimon zamburug‘ (Actinomices) dan strеptamitsin antibiotigini oldi. Antibiotiklar sohasidagi kеyingi izlanishlar natijasida xlor tеtratsiklin, oksitеtratsiklin, tеtratsiklinga o‘xshash bir qator yangidan yangi yuqori va kеng ta’sirga ega bo‘lgan kimyotеrapеvtik prеparatlar kashf etildi. Oxirgi 20-30 yil ichida antibiotiklarning har turli yuqori faol va kеng ta’sirga ega yarim sintеtik prеparatlarini olish avj olib kеtdi. Ularga, yarim sintеtik pеnitsilinlardan mеtittsilin, oksatsilin, ampitsilii, kloktsatsilin, sеfalosporinlardan sеfalotin, sеfaloridin, sеfazalin, sеfalеksin, tеtratsiklinlardan mеtatsiklin, morfotsiklin, doksitsiklin va ko‘p boshqa yarim sintеtik antibiotiklar misol bo‘ladi. Hozirgi vaqtda antibiotiklarning soni 60 tadan ortadi, biroq ularni sintеz qilish va yangi prеparatlar olish davom etmoqda. Antibiotiklarning olinishi, kimyoviy tuzilishi, ta'sir kuchi va spеktri turlicha bo‘lgani uchun ular turlicha tasnif qilinadi. Bular ichida ko‘p ishlatiladigani va qulayrog‘i antibiotiklarning mikroblarga ta’sir spеktri bo‘yicha tasnif etish. Ushbu tasnif bo‘yicha ishlatiladigan antibiotiklar asosan quyidagi 6 guruhga bo‘linadi: 1. Pеnitsillin, sеfalosporin va makrolidlar guruhi. 2. Strеptomitsin va boshqalar. 3. Tеtratsiklin guruhi. 4. Lеvomitsеtin guruhi. 5. Zamburug‘larga qarshi moddalar. 6. Havfli o‘smalarga qarshi prеparatlar. Birinchi guruhga kiruvchi antibiotiklar (bеnzilpеnitsillinning Na,K va novokainli tuzi, bitsillin, fеnoksimеtilpеnitsillin, mеtatsillin, oksatsillin, ampitsillin, eritromitsin, sеfalosporin va boshqalar) asosan grammusbat kokklarga va ayrim grammanfiy baktеriyalarga, zamburug‘ va spiroxеtalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular sababchi bo‘lgan kasalliklarda naf qiladi. Ikkinchi guruhga kiruvchi antibiotiklar (strеptomitsin, siklosеrin, rifomitsin va boshqalar) asosan grammanfiy kokklarga, sil mikobaktеriyasiga va qisman 11 grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir ko‘rsatadi va ular sababchi bo‘lgan xastaliklarda davo qiladi. Antibiotiklar – mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi mahsulotlari bo‘lib, bu moddalar bakteriyalarni, mikroskopik zamburug‘larni, shish hujayralarni o‘sishi va rivojlanishiga tanlab ta’sir qilib to‘xtatishi mumkin. Antibiotiklarni hosil bo‘lishi antronizm namoyon bo‘lishining ko‘rinishlaridan biridir. Antibiotiklar atamasi 1942 yilda Vaksman tomonidan “antibiotik-hayotga qarshi” mazmunida kiritilgan. N.S.Yegorov antibiotiklarni quyidagicha tushuntiradi: “Antibiotiklar – organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos mahsulotlari va ularning modefikatsiyasi natijasi bo‘lib, ular ba’zi-bir mikroorganizmlar guruhlari (bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va sodda organizmlar - protozoa) viruslar yoki yomon shish (rak hujayralariga) ta’sir qilib, ularni o‘sishi yoki rivojlanishini to‘la to‘xtatadi. Boshqa modda almashinuv mahsulotlariga spirtlar, organik kislotalar nisbatan antibiotiklarning spetsifikligi alohida mikrob turlariga nisbatan juda yuqori biologik faollikka ega. Masalan, eritromitsinning minimal konsentratsiyasida (0,01-0,25 mkg/ml) ko‘pchilik gramm musbat ko‘rinishlarini o‘sishini to‘la to‘xtatadi. Alohida antibiotiklar (penitsillin, novobiotsin, sefolosporinlar) hujayra devori hosil bo‘lishini to‘xtatadi, boshqalari (streptomitsin, polimiksinlar) hujayra membranasini o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi, uchinchilari (gramitsidinlar) okidlanishni fosforlanishini tormozlaydi; xloramfenikol ribosomada oqsil sintezining alohida bosqichlarini sanoatida, qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. Antibiotiklarning ochilishi tibbiyotda katta qayta qurishga olib keldi. Bakteritsid va bakteristatik ta’sirga ega bo‘lgan antibiotiklar katta masshtabda qo‘llanilishi ma’lum, antibiotiklar tufayli ko‘pchilik yuqumli kasalliklar (sil, o‘pkani yallig‘lanishi, terlama, xolera va boshqalar) davolanadi. Ko‘p yillar davomida antibiotiklar qishloq xo‘jaligida chorva uchun o‘sish stimulyatorlari, o‘simlik va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashda dori 8 preparatlari sifatida qo‘llanilmoqda. Antibiotiklardan bijg‘itish va konserva tayyorlashda yot mikrofloraga qarshi kurashda foydalaniladi. Antibiotiklarni sintez qilish qobiliyati mikroblar dunyosida keng tarqalgan. Antibiotiklar ishlab chiqaruvchi organizmlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar va mitselial zamburug‘lar kiradi. Ilmiy yangiligi: Birinchi marotoba turli guruhga kiruvchi antibiotiklarning so‘lak va pankreatik α-amilaza faolligiga ta‘siri in vitro sharoitda solishtirildi. Antibiotiklarning ta‘siri ularning qaysi guruhga kirishidan qat`iy nazar tormozlovchi ekanligi aniqlandi. Antibiotiklarning α-amilaza fermentning faolligiga ta‘siri quyidagi qatorda oshadi: eritromitsin
Do'stlaringiz bilan baham: |