Kalьvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish – kalьvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq Kalьvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo’lib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko’ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo’lgan irodasiga asosan mag’firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. Inson na imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar najotga mahkum, mag’firatdan mahrum bo’lganlar esa abadiy azobga mahkum. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalьvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Frantsiya, Angliyada katta obro’ va ta’sirga ega edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |