1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KOMPUTER INJINIRINGI(ATS) YO’NALISHI
KURS ISHI
MAVZU
:
Universitetning malumotlar bazasini
yaratish
Kafedra mudiri: I. Sh. Xujayarov
Tekshirdi: V.I.Jumanov
Bajardi: Rustamov I
Samarqand-2022
2
Mavzu:
Universitet ma’lumotlar bazasini yaratish
Reja:
1.
Kirish
2.
Asosiy qism:
a.
Ma’lumotlar bazasi haqida umumiy tushuncha
b.
Ms access dasturi haqida
c.
Kurs ishining amaliy ko’rinishi
3.
Xulosa
4.
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida, aholi bilan muloqotida yoshlar
masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Ularni mamlakatimiz buguni va kelajagida
tutgan muhim o‘rniga urg‘u beradi. Binobarin, yurtimizda navqiron avlod
vakillarining zamonaviy bilimlarni egallashlari, “nou-xau”lar bilan hamnafas
qadam tashlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. O‘ziga ishongan,
intiluvchan, ilmga tashna o‘g‘il-qizlar uchun “sotsial lift”, meritokratiya
tamoyillari hayotga samarali tatbiq etilyapti. Chunki taraqqiy etgan mamlakatlarda
yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortig‘i “bilimlar iqtisodiyoti” hisobidan,
ya’ni, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotganidan
ko‘pchilikning xabari bor.
O‘tgan yil dekabr oyida bo‘lgan Yoshlar forumida Prezident tomonidan bu
borada muhim takliflarni ilgari surgani ham bejiz emas. Oliy Majlis va xalqimizga
yo‘llagan Murojaatnomada esa “biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada
oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan,
azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz” deya alohida ta’kidlab
o‘tdi.
O’tgan yil — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o‘tgan yillarda jamiyatning intellektual
va innovatsion salohiyatini yuksaltirish yo‘lida boshlangan progressiv
islohotlarning mantiqiy davomidir, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mazkur dolzarb yo‘nalishdagi maqsadlarga erishishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini jadal rivojlantirish, soha bilan mashg‘ul yoshlar kontingentini
ko‘paytirish, shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.
4
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
aynan shu mezonlar asosida o‘z faoliyatini davom ettirib, zarur bir qancha
vazifalarni belgilab oldi. Ularning ijrosini ta’minlash esa qat’iy nazoratda. Bu
yo‘lda vazirlik hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 28 mingdan
ziyod xodimlar ahil jamoa bo‘lib o‘zaro jisplashgan. Ularning 25 foizini 30
yoshgacha bo‘lgan yigit-qiz tashkil etsa, 56 nafari chet el oliy o‘quv yurtlarida
tamomlagan kadrlardir
Navqiron avlod va ma’sullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga
xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish ustida ishlar
olib borilyapti. U o‘g‘il-qizlarning ilm olishlari, kasb-hunarli bo‘lishlarini,
qisqacha aytganda, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun yaqin ko‘makchi
bo‘ladi.
Mazkur yo‘nalishning mantiqiy davomi sifatida o‘sib kelayotgan avlodni AKT
sohasiga yanada qiziqtirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish
maqsadida joriy yilda 100 dan ziyod shahar va tumanda Raqamli texnologiyalar
o‘quv markazlari ochiladi. Shu bilan bir qatorda, Toshkent viloyatida Axborot
texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda mazkur yo‘nalishda
texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilib, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Birlashgan Arab
Amirliklarining “Dubai Future Foundation” fondi tomonidan Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda amalga
oshirib kelinayotgan “Bir million dasturchi” loyihasini istiqbol sari tashlangan
muhim strategik qadam, deyish mumkin.
5
2020 yilda loyiha doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olib, ulardan 18
ming nafardan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, bitiruvchi sertifikatini
qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi ikki yilda bu ko‘rsatkichni 300 ming yetkazish va
ularni kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qitish, masofaviy ta’limni
va darslarni onlayn o‘tkazish imkoniyatini beradigan “Onlayn, raqamli, xavfsiz
ixtisoslashtirilgan maktab”, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot
tizimlari yaratilib, ishga tushiriladi.
Shu yildan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga
xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berish vazifalari belgilandi.
IT startaplarga qo‘mak berish va AKT sohasida faoliyat olib borayotgan
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ham e’tiborimizda. Jumladan, mahalliy oliy
ta’lim muassasalari qoshida IT Inkubatsiya markazlari tashkil etilmoqda. Hozirgi
kunda shu kabi markazlar G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot
universitetining Toshkent shahridagi filialida, poytaxtimizdagi Turin politexnika
universiteti, Inha universiteti, Amiti universiteti, shuningdek, Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va
agrotexnologiyalar instituti hamda boshqa OTMlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketganda, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida IT-park filiallarini ochish
rejalashtirilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz.
Zero, o‘tgan yilda mamlakatimizda ish boshlagan IT-parklar rezidentlari
tomonidan jami 750 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va
xizmatlar hajmi 346,2 mlrd. so‘m, jumdadan, eksport hajmi 8,4 million dollarni
tashkil etdi.
6
Toshkent shahrida IT-park rezidentlari sonini ko‘paytirish va ularga yetarli
imkoniyatlar yaratish doimiy diqqat markazimizda. Shu maqsadda xorijdan jalb
qilingan ekspert bilan hamkorlikda umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng
hududda infratuzilma ob’ektlarini bunyod etish konsepsiyasi ishlab chiqilib,
qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Uning hududiy filiallarini tashkil etish
bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir
loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga
qiziqishlarini inobatga olib, TATUda 2020/2021 o‘quv yilida yangi Raqamli
iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda sakkizta yangi magistratura
mutaxassisligi ochildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan mazkur oliy
ta’lim muassasi tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib,
2020/2021 o‘quv yili uchun 500 nafar talaba qabul qilindi. Umuman olganda,
bugungi kunda, TATU va uning filiallarida jami 15 mingga yaqin talabalar tahsil
olmoqda.
Bilamiz, AKTda to‘xtash va uzilish bo‘lmaydi. Bu boradagi uzluksizlikni
ta’minlashda esa xorij tajribasini chuqur o‘rganish, eng ilg‘orlarini mahalliy
kadrlar tayyorlash tizimiga tatbiq etish hamisha dolzarbdir.
Shu ma’noda, 2019 yilda Toshkent shahrida Amiti universiteti faoliyati bejizga
yo‘lga qo‘yilmadi. Unga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega
professor-o‘qituvchi jalb qilindi. O‘tgan o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi
bosqichni yakunladi. 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn
shaklda tashkil etilib, mazkur oliy ta’lim muassassiga 384 nafar talaba qabul
qilindi.
7
Janubiy Koreyaning poytaxtimizdagi Inha universitetida ham jarayonlar qizg‘in.
Ayni paytda ushbu dargohda 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat
yuritib kelyapti. Talabalarning umumiy soni 1 506 nafarni tashkil etadi. Ularning
420 nafari joriy o‘quv yilida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlardir.
Ma’lumki, barcha, ayniqsa, IT jabhasi uchun bo‘lajak mutaxassislarni
tayyorlash jarayonlari qancha erta boshlansa, kelajak uchun yaratilayotgan
poydevor shuncha mustahkam bo‘ladi. Shu ma’noda, Yurtboshimizning bevosita
g‘oyasi asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga
ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgani ayni muddao bo‘ldi. Hozir bu yerda
O‘zbekistonning eng ilg‘or kadrlari ta’lim olyapti, imiji va potensiali
shakllantirilmoqda.
Joriy o‘quv yilida ularning safi yanada kengaydi. Ya’ni qabul kvotasi 330 nafar
etib belgilandi va kirish imtihonlari respublikamizda birinchi marotaba onlayn
shaklda ikki bosqichda o‘tkazildi.
Ayni chog‘da besh muhim tashabbus doirasida aholi va yoshlar o‘rtasida
kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etish
masalasi ham doimiy e’tiborda.
Axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida
esa 2020 yilda mamlakatimiz bo‘ylab 107 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi
ochildi. O‘tgan yilning o‘zida o‘quv kurslarini 15 mingdan ko‘p tinglovchilar
yakunladi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |