Kurs ishi mavzu: " On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash " Termiz -2022



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#872490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash

 
 
 


18 
2.2 On-line kurslar uchun didaktik materiallar tayyorlash metodikasi
Didaktik materiallardan ta'lim jarayonida foydalanishning asosiy maqsadlari 
– o'quvchilar tomonidan o'quv materiallarini egallaganlik darajasini aniqlash, 
o'quvchilarning mustaqil ravishda fanlarni o'rganish uchun imkoniyat yaratish. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari (AT) didaktik materiallarni yaratishda juda 
katta imkoniyatlar yaratmoqdaki, bunday imkoniyatlar o'qituvchilar ixtiyorida av-
vallari bo'lmagan. ATlarning vosita va metodlari qiziqarli, estetik jihatdan o'ziga 
tortuvchi, bilim olish uchun hizmat qiladigan, muammoli materiallarni tayyorlash 
va shuning bilan birga o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishini orttirish imkonini 
yaratadi. Microsoft Office paketiga kiruvchi Microsoft Word matn muharriri va 
Microsoft Excel elektron jadval muharrirlari yordamida quyidagi elektron didaktik 
materiallar (EDM) turlarini yaratish mumkin: 
- muammoli savollarga asoslangan topshiriqlar; 
- ijodiylik va izlanuvchanlik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi topshiriqlar; 
- solishtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilish kabi mantiqiy fikrlash 
ko'nikmalarini rivojlantiruvchi topshiriqlar; 
- laboratoriya ishlarini bajarish uchun yo'riqnomalar; 
- teoremalar, formulalar va qoidalar yozilgan kartochkalar; 
- yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar; 
- turli hil testlar, anketalar, so'rovnomalar; 
- o'tilayotgan mavzuga oid matnlar, krossvordlar; 
- eksperimentlarni o'tkazish bo'yicha topshiriqlar va b. 
Microsoft Word matn muharriri yordamida o'quvchilar bilimlarini nazorat 
qiluvchi testlar, yozma ishlar va turli topshiriqlarni yaratish mumkin. Bugungi 
kunda Microsoft Word matn muharriri barcha maktablarda o'rnatilgan komp`yuter 
sinflarida mavjud va ushbu dastur aksariyat komp`yuter foydalanuvchilarning keng 
foydalanadigan ishchi quroliga aylangan. Ushbu mashg'ulotimizda Microsoft Word 
2007 matn muharririda matn kiritish, uni tahrir qilish, yaratilgan hujjatni uzatish 
kabi amallarga emas, balki uning qo'shimcha imkoniyatlari yordamida o'quvchilar 


19 
uchun qiziqarli bo'lgan, estetik jihatdan bejirim va samarali EDMlarni oz vaqt sar-
flab yaratishga bag'ishlangan.

1. Microsoft Office paketi uchun Learning Essentials qo'shimcha ilova 


http://www.microsoft.com/rus/education/img/le01.pngdasturi Learning Essentials 
– Microsoft Office paketi uchun qo'shimcha ilova dasturi bo'lib, ta'limga oid 
shablon va vositalar to'plamlaridan iborat. Ushbu ilova-dastur ikki qismdan iborat: 
o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun yordamchi vositalar. Uning yordamida 
o'qituvchi va o'quvchilarning kunlik faoliyatlarini optimallashtirish va samarali 
tashkil etish mumkin. http://www.microsoft.com/rus/education/img/le03.pngTa'lim 
muassasalari uchun bir qancha qulayliklarni taqdim etadi: 
-
Learning 
Essentials 
ilova-dasturini 
Microsoft 
Office 
paketidan 
foydalanuvchi har bir maktab Microsoft korporatsiyasining veb-saytidan 
bepul yuklab olishi mumkin; 
-
Tarqatma materiallar, testlar, yozma ishlar, so'rovnomalar, anketalar, 
mashqlar va
boshqa EDMlarni tayyorlashda o'qituvchining vaqti jiddiy ravishda tejaladi; 
-
EDMlarni formatlash va tahrir qilishga vaqt qisqaradi; 
-
EDMlarni professional ko'rinishda yaratish imkoniyatini beradi; 
-
Interaktiv rejimda EDMlarni sichqoncha tugmasini bir-necha bor bosish 
bilan tayyorlanadi. 
Learning Essentials ilova-dasturini yuklab olish uchun quyidagi saytga kiramiz:
http://www.microsoft.com/learningessentials/default.mspx. Ushbu gipermurojaat 
orqali yuklab olgan faylimiz komp`yuterimizga LrngEssl20.exe nom bilan 
saqlanadi. Ushbu faylni ishga tushiramiz. Ishga tushirganimizdan so'ng quyidagi 
oyna hosil bo'ladi: Undagi Unzip tugmasini bosganimizdan keyin Learning 
Essentials ilova-dasturining fayllari C:\LNGESSL2 papkasiga ochiladi. Ushbu 
papka ichidagi fayllardan setup.exe faylini ishga tushiramiz. Dastur o'rnatilishi 
jarayonida hosil bo'lgan har bir oynada Dalee tugmasini bosamiz.Ilova-dastur 
o'rnatilgandan so'ng Windows ning "Ishchi stoli"da ikkita yorliq hosil bo'ladi: 


20 
o'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami va o'quvchilar uchun o'quv 
shablonlar to'plami. Bundan tashqari Learning Essentials ilova-dasturi 
o'rnatilgandan so'ng Microsoft Word matn muharriri menyular satrida ham 
o'zgarish ro'y beradi: menyular satriga yangi Nadstroyki bo'limi qo'shiladi va 
ushbu bo'limga tegishli vositalar panelida o'qituvchilar uchun o'quv shablonlar 
to'plami va o'quvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami hosil bo'ladi: 
O'qituvchi vositalarini ochish uchun: O'quvchi vositalarini ochish uchun:
O'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami Microsoft Word matn muharriri 
menyular satridan yoki Windows ning "Ishchi stoli"dagi yorliq orqali 
"O'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami" ni ishga tushiramiz. Ushbu ilova-
dasturni ishga tushirganimizdan so'ng quyidagi oyna hosil bo'ladi: Ushbu ilova-
dastur menyusi 9 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim oldindan tuzilgan
hujjatlar shablonini (namunalarni) o'z ichiga oladi: 
O'qituvchilar uchun Office 
Novator-o'qituvchilar 
Sxema va diagrammalar 
Mashg'ulotlar rejasi va topshiriqlar 
Topshiriqlar va baholash 
Ma'muriy masalalar 
Malaka oshirish 
Internetdagi foydali resurslar 
Shaxsiy materiallarni yaratish 
Yuqorida aytib o'tganimizdek, matn muharririning ilova-dasturi yordamida 
turli fanlardan testlar, topshiriqlar va yozma ishlarni yaratamiz. Ilova-dasturning 
menyusida "Plani zanyatiy i zadaniya" va "Zadaniya i otsenki" bo'limlarida testlar, 
topshiriqlar va yozma ishlar shablonlari keltirilgan. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish