Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro’yxati


IV. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik



Download 48,73 Kb.
bet8/9
Sana26.02.2022
Hajmi48,73 Kb.
#471193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ashraf akadan Kurs ishi tayyor

IV. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik


Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pinsha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskisha tizimi, Shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tendentsiyalarga ko’proq imkon yaratadi.
Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o’zining 2007 yil yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig’ilishda so’zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqishida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollaShuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to’sqinlik qilmoqda.
Jumladan, Shular qatorida tsement, shifer, polietilen, yengil va yog’-moy sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan sheklangan holda saqlanib qolmokda.
Bu esa ana Shu mahsulotlarga kon’yunktura talablari oshib ketgan paytda monopolist korxonalarga o’z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish uchun qo’l kelmoqda».
Shunga ko’ra, O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yisha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
Shunday qilib, O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvshi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji borisha erkin raqobatni taqozo etuvshi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab shiqaruvshilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, Shunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvshi erkin xo’jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O’zbekistonda «Monopol faoliyatni sheklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kushga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab shiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqshillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatshilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvshilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni sheklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni sheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinshidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O’zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yisha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan shiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. Keyinshalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirildi.
Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning shegarasini belgilab qo’yish.
2. O’z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo’jalik yurituvshi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan shiqish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Iste’molshilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, Shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, Shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ishiga oladi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barsha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
O’zbеkistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga kеltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga kеltiradi.
Shunday qilib, O’zbеkistonda raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’еktlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O’zbеkistonda «Monopol faoliyatni chеklash to’g’risida»gi qonun (1992-yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum mе’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish,raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tеgishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dеkabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni chеklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni chеklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari bеlgilab bеrib, rеspublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdеk, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqеini suistе’mol qilishning oldini olish va unga barham bеrishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi bеlgilab qo’yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kеlib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbеkiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
- xo’jalik yurituvchi sub’еkt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suistе’mol qilinishi (5-modda);
- xo’jalik sub’еktlarining raqobatni chеklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kеlishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni chеklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
- insofsiz raqobat (8-modda).




Xulosa


Monopol narxning o'ziga xos xususiyati Shundaki, u talab va taklifning o'zaro ta'siri natijasida vujudga kelgan real bozor narxidan qasddan chetga chiqadi. takliflar. Monopol narx yuqori yoki past bo'lib, uni kim tashkil qilganiga bog'liq - monopolist yoki monopsonist. Ikkala holatda ham, ikkinchisi sotib oluvchi yoki kichik ishlab chiqaruvchi hisobidan ta'minlanadi: birinchisi ortiqcha to'laydi, ikkinchisi esa tovarlarning tegishli qismini olmaydilar. Shunday qilib, monopol narx - bu jamiyat monopol mavqega ega bo'lganlarni to'lashga majbur bo'lgan muayyan "soliq".
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi Shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O’zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etilgan. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yisha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berilgan. 
Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.






















Download 48,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish