Eritmalarning xossalari
Eritmadagi diffuziya, osmos hodisasi, eritmalarning bug` bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining o`zgarishi va hokazolar eritmaning xossalari hisoblanadi.
A) bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida taqsimlanishini ta`minlovchi jarayonni diffuziya deyiladi. Agar yuqori konsentratsiyali eritma olib, uning ustiga ohista suv quysak, erigan modda zarrachalari suvga o`ta boshlaydi va eritma bir xil konsentratsiyali bo`lishga intiladi.
Diffuziya hodisasi chin eritmalarga ham, kolloid eritmalarga ham, hatto gaz va qattiq moddalarga ham taalluqlidir. Ayni vaqtda diffuziya tezligi gazlarda eng kata, qattiq moddalarda esa eng kichik tezlikda sodir bo`ladi. Erish jarayoni ham diffuziya bilan davom etadi. Hrorat va konsentratsiya oshganda diffuziya tezligi ortadi va muhit qovushqoqligi hamda diffuziyalanuvchi zarrachalar o`lchami oshganda diffuziya tezligi kamayadi. Molekulyar massa ortishi bilan diffuziya tezligi koeffitsienti, demak, uning tezligi ham kamayadi.
B) agar erituvchi bilan eritma o`rtasiga yarim o`tkazgich parda qo`ysak, bu parda orqali erituvchi zarrachalari eritmaga o`tib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchi zarrachalarining yarim o`tkazgich parda orqali o`tish jarayoni osmos deyiladi.
Osmos hodisasi natijasida osmotik bosim kelib chiqadi.bu bosim osmos hodisasini toxtatish uchun, ya`ni erituvchi molekulalarini pardadan o`tkazmaslik uchun eritmaga kerak bo`lgan tashqi bosimga tengdir. 1887-yilda P.Pfeffeyr osmotik bosimni o`lchashga imkon beruvchi yarim o`tkazgich pardalar tayyorladi. Eritmalarning osmotic bosimi juda katta qiymatga ega bo`ladi. Masalan, dengiz suvining osmotic bosimi 2837 kPa ga yaqindir. P.Pfeffeyr osmotik bosim konsentratsiya va temperaturaga bog`liq ekanligini qand eritmalarining osmotik bosimlarini o`lchash orqali topdi.
1886-yilda Vant-Goff va Pfeffeyr aniqlagan natijalari Boyl-Mariot va Gey-Lyussak qonunlariga o`xshashligini ko`rsatdi. Vant-Goff eritmalarning osmotik bosimi uchun Klapeyron-Mendeleyev tenglamasiga o`xshash quyidagi tenglamani taklif qildi: PV = nRT (1)
(1)- tenglamada C= n/V molyar konsentratsiyaekanligini e`tiborga olgan holda, P = CRT (2) formula kelib chiqadi.
Vant-Goff o`z nazariyasini qonun tarzida ta`rifladi: agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida bo`lib, eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |