23
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo’jaligi korxonalari tarkibida asosan fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari, qorako’lchilik sohasidagi shirkat xo’jaliklari, agrofirmalar va boshqa turdagi korxonalar bor. Birgina fermer xo’jaliklarining soni hozirgi kunda viloyatimizda 20 mingdan oishib ketdi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligidagi boshqaruv jarayoni yuqoridagi uch pog’onali boshqaruv tizimidan iborat bo’lib, ularning bu tartibda joylashishi mamlaktimizdagi qabul qilingan qishloq xo’jaligiga oid qonun va qarorlar asosida vujudga kelgan.
Ishlab chiqarish bo’yicha tahlil qilish analitik ishning muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Bunday tahlil ayrim ish turlarining tuzilishi bo’yicha reja qanday bajarganligini aniqlash imkonini beradi.
Qishloq xo’jaligi faoliyati turlari bo’yicha boshqaruvni takomillashtirish bo’yicha tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi:
Qishloq xo’jaligida mulkchilik shakllariga asoslangan turli xil xo’jaliklar faoliyat yuritadi, ularga jamoa mulki, davlat mulki, aralash mulk, xususiy mulk kabilarni kiritish mumkin va korxonalarga dehqon xo’jaligi, fermer xo’jaligi, davlat va o’quv xo’jaliklari kabilarni misol keltirish mumkin.
rahbarlarning tashkilotchilik qobiliyati butun qobiliyatlariga nisbatan 40% ni, texnik qobiliyati 15%ni, ijtimoiy qobiliyat 45% ni tashkil etishi lozim. Texnik qobiliyat ko’proq ishchilarga taalluqli bo’lib 85% ni tashkil qiladi.
rahbarlar o’zlarining ish vaqtlarining ko’proq tashkiliy ishga - 40%ini sarflashlari lozim. Mutaxassislar va texnik boshqaruvchilar axborotli jarayonlarga ko’proq vaqt sarflashlari lozim, mos ravishda 60% va 80%. Ularning tashkiliy ishlar bilan shug’ullanishga ko’p vaqt ajratishlari tavsiya etilmaydi. Bunda mutaxassislarga o’zlarining 15% vaqtlarini ajratishlari tavsiya etiladi.
fermer xo’jaliklarida boshqaruvchilarning kundalik ish vaqtlari - 420 minut deb hisoblasak, bu vaqtni boshqaruvchilar turli darajada sarflaganlar.
Rahbarlar kengashlar, majlislar, madaniy-maishiy, xo’jalik ishlari va boshqalarga eng ko’p vaqt - 120 minut yoki 28,7%ni, rejalashtirish, iqtisodiy tahlilga eng kam vaqt - 40 minut yoki 9,5% sarflagan.
Ish yurituvchilar rejalashtirish, iqtisodiy tahlilga eng ko’p vaqt - 150 minut yoki 35,7%, ta’minotni va mahsulot sotishni tashkillashtirishga eng kam vaqt - 30 minut yoki 7,1% sarflagan.
Bosh buxgalterlar joriy va operativ boshqarish, hisobot va hujjatlashtirishga eng ko’p vaqt - 160 minut yoki 38,1%, ta’minotni va mahsulot sotishni tashkillashtirishga eng kam vaqt - 30 minut yoki 7,1% sarflagan.
Narpay tumani qishloq xo’jaligini 2016-2018 yillar ma’lumotlari asosida o’rganish natijasida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 71,1%ga, pul tushumi 72,2%ga, sof foyda 82,6%ga ko’payishi, rentabellik darajasining 0,8 punktga oshganligini ko’rish mumkin. Tumanda asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 yilda paxta
33469,0 tonna, g’alla - 37079,0 tonna, sabzavot - 82874,0 tonna yetishtirilgan.
Narpay tumani fermer xo’jaliklari 2016-2018 yillarda boshqaruvchilar soni 194 kishiga yoki 46,4%ga oshgan. O’rganilgan davrda o’rtacha bir boshqaruvchiga
24
to’g’ri keladigan yer maydoni - 22,6 ga, mehnat resurslari soni - 4 kishi, moddiy resurslar qiymati - 16043,8 ming so’m kamayib, daromad - 28174,8 ming so’m, foyda - 3953,0 ming so’mga oshgan. Rentabellik darajasida 0,8 punkt oshish kuzatildi.
O’tkazilgan tadqiqot bo’yicha ifodalangan xulosalar asosida bir qator takliflar kiritish imkonini berdi, ularning quyidagilardan iborat:
Boshqarish juda murakkab kasblardan hisoblanadi, bu ayniqsa qishloq xo’jaligida yanada murakkablashib ketadi. Chunki mavjud qishloq xo’jalik korxonalarining aksariyat qismi fermer xo’jaliklari va ularga o’rtacha 23-31 ga yer maydoni to’g’ri kelishi fermer xo’jaligi boshqaruvchilarini ham boshqaruvda, ham ishlab chiqarishda mehnat qilishlariga olib keladi. Shu sabab, ularni dolzarb ish sharoitida huda-behuda bezovta qilishlarni kamaytirish lozim.
Tumanda hozirda fermer xo’jaliklari uchun yuqori tashkilot sifatida 2 boshqaruv organi Qishloq xo’jaligi bo’limi hamda Dehqon, fermer xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaliklari kengashi faoliyat olib borayotganligining guvohi bo’ldik va bu boshqaruv samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Bunday boshqaruvni maqbullashtirish kerak.
O’zbekistonda hissadorlik korxonalarini rivojlantirish borasida raqobatbardosh moliya strategiyasining asosida quyidagi tamoyillar yotishi lozim:
Fermer xo’jaligi strategiyasini shakllantirish va uni amalga oshirish jarayoni beshta o’zaro bog’liq bo’lgan masalani hal qilishni talab etadi:
Xo’jalik faoliyatining turini aniqlash va uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab uzoq muddatli istiqbolni aniqlash.
Umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish.
Ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish.
Tanlangan strategiyani samarali ijro etish.
Bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning uzoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga tuzatishlar, yangi g’oyalar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |