Kurs ishi fan: Logoritmika Mavzu: Logopedik ritmik mashg’ulotlarda bolalarning ovoz va nafasni rivojlantirish



Download 29,17 Kb.
bet3/6
Sana21.09.2021
Hajmi29,17 Kb.
#181030
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Наврузова Х Курс иши

Musiqali ritmik tarbiya tizimi

Logopedik ritmika faol terapiyaning o‘ziga xos shakllaridan bo‘lib, o‘quv fani va uslubining majmuiga ta’sir vositasi hisoblanadi. Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi so‘z, musiqa va harakatning uyg‘unlashuviga asoslangan. Ko‘rsatilgan komponentlarning o‘zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bo‘lishi mumkin. Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitatsion uslubiga tarbiya, ta’lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutq buzilishi bo‘lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qo‘yadi.

Logopedik ritmikaning obekti nutqiy nuqson, nutqida patologiyasi bo‘lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bo‘lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi.

Predmeti – psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda so‘z bilan uyg‘unlashtirish.

Maqsadi – nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bo‘lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muhitga moslashuvini korreksiya qilish hamda rivojlantirish yo‘li bilan bartaraf etish. Logopedik ritmikaning vazifalari sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida belgilanadi. Nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani hal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. Mashg‘ulotlarning korreksion yo‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo‘yadi. Logoped patsiyentning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi holatini, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko‘rish idroki, diqqati, xotirasi va q.k. larni inobatga oladi. Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga boqliq: nutqiy bolalar bog‘chasi; ommaviy bolalar boqchalaridagi nutqiy guruh, bolalar uyida – maktabgacha muasasa, maktab; ommaviy umumta’lim maktablaridagi logopedik punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlardagi logopedik kabinetlar; statsionar, yarimstatsionar, sanatoriy.

Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish ko‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar, kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada. Ular jamiyatning turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson to‘qrisida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi.

Harakat tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. harakat eng oliy mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o‘z-o‘zini boshqarish hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. harakat – bu tizimda muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat muhit bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko‘nikadi va bu moslashuv jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa tomondan esa – muhitni faol o‘zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda harakat insonda o‘ziga xos, sifat jihatidan inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-biologik xarakteriga sabab bo‘ladigan yangi xarakterga ega bo‘ladi.




Download 29,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish