Harakatlanish organlari. Suyakli baliqlarda ham tog`ayli baliqlar singariharakatlanish organlari toq (dum, orqa, anal) va juft (ko`krak, qorin)suzgichlardan iborat. Tuban suyakli baliqlarning dum suzgichi tog`aylibaliqlar singari geteroserkal (suzgichining yuqori bo`lagi pastki bo`lagiganisbatan ancha yirik). Ko`pchilik suyakli baliqlar dum suzgichi gomoserkal,ya`ni dum suzgich bo`laklari deyarli teng bo`ladi.
Muskullari. Baliqlar tanasi va dumidagi muskullar metamer (taramtarambo`lib) joylashgan. Tananing ikki yoni bo`ylab o`tgan keng tasmagao`xshash muskullar biriktiruvchi to`qimadan iborat parda—mioseptalarorqali sigmentlar—miomerlarga bo`lingan. Tana bo`ylab o`tadiganmiosepta muskullarni qorin va orqa bo`limlarga ajratib turadi. Bosh,suzgichlar va ular kamarlari alohida muskullar bilan ta`minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |