III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
b) yangi mavzu rejasi:
1) Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
2) Qisqichbaqasimonlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
3) O’rgimchaksimonlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
4) Hasharotlarlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
d) yangi mavzu bayon matni:
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqa- simonlaming 30000 dan ortiq turi ma`lum. Ularning ko`pchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop ko`p uchraydi. Ular baliqchilik xo`jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus kopaytiriladi.Ko`pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) go`shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig`i hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlaming ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O`zbekistonning cho`l mintaqalarida zaxkash (eshakqurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o`simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.
O`rgimchaklar. O`rgimchaklarning ko`pchilik tuilari yirtqich bo`lib, pashsha, chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Ulardan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.
Qoraqurt O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va choilarida uchraydi . Yosh urg`ochi qoraqurtning qorni ustida qizg`ish dog`lari bo`ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga tutqich to`r to`qiydi. To`riga tushgan chigirtka, qo`ng`iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning zahari odam uchun xavfli, tuya va otlarga ayniqsa kuchli ta`sir etadi. Biy eng yirik ( 3 - 4 sm) o`rgimchak bo`lib, tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo`lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasharotlarni ovlaydi.
0`rgimchaklar. O`rgimchaklaming ko`pchilik turlari yirtqich bo`lib, pashsha, chivin kabi hasharotlami qirib foyda keltiradi. Ulardan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.
Qoraqurt O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va cho`llarida uchraydi. Yosh urg`ochi qoraqurtning qomi ustida qizg`ish dog`lari bo`ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga tutqich to`r to`qiydi. To`riga tushgan chigirtka, qo`ng`iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning zahari odam uchun xavfli, tuya va otlarga ayniqsa kuchli ta`sir etadi. Biy eng yirik o`rgimchak bo`lib, tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo`lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasharotlami ovlaydi.
Falangalar. Ular o`rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo`lib, asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O`rta Osiyo cho`llarida keng tarqalgan yirik sariq falanganing kattaligi 6-7 sm.Falanganing tanasi bosh, ko`krak va qorin qismlaridan iborat. Boshida bir juft ko`zi va og iz organlari (jag`lari) joylashgan. Jag`lari o`tkir timoqqa, oyoqpaypaslagichlari esa yurish oyoqlariga o`xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo`lib, kechasi ovga chiqadi. U turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Uning zahar bez. bo`lmaydi. Falanga zararkunanda hasharotlami qirib foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |