To`garak chuvalchanglar
Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg`ochisining uzunligi 20-40 sm, erkagi 15-25 sm bo`ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o`xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po`st - kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi.
To`garak chuvalchanglar tana bo`shlig`i va anal teshigining bo`lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi chuvalchangla tanasida tana bo`shlig`i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo`lgan; ulardan to`garak chuvalchanglar kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |