Sut emizuvchilarning odam faoliyatidagi ahamiyati. Insoniyat tarixida sut emizuvchilar asosiy oziq manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Odam sut emizuvchilarni qadim-qadimdan boshlab go'shti, terisi vа mo'ynasi uchun ovlagan, ularni qo'lga o'rgatgan vа sutidan foydalangan. Sut emizuychilarning odam hayotidagi ahamiyati kun sayin ornib bormoqda. Ulardan yovvoyi cho'chqalar, tyulenlar, ayrim kitsimonlar go'shti uchun ovlanadi. Olmaxon sayg'oq, sobol, tulki, ondatra, krot, quyon, suvsar, ayrim dengiz hayvonlari (dengiz qunduzi, dengiz mushuklari) dan qimmatbaho mо'уnа olinadi.Sut emizuvchilar orasida zararkunanda turlari ham ko'p. Kalamushlar vа sichqonlar omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini уеb zarar keltirsa, yumronqoziqlar, qo'shoyoqlar, dala sichqonlari dashtlardagi ekinlarni уеb katta ziyon keltiradi. Bundan tashqari bir qancha kemiruvchilar: yumronqoziqlar, kalamushlar, qumsichqonlar odamlarga o'lat vа leyshmanioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Yirtqich hayvonlar orqali odamga qutirish kasalligi vа har хil gijjalar yuqishi mumkin.Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Sut emizиvchilarning qimmatli oziq-ovqat manbai sifatida ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Oqsillarga bоу bo'lgan go'shtlarni iste'mol qilish odamning jismoniy vа aqliy rivojlanishi uchun zarur. Odamlar sut emizuvchilami go'sht, jиn, mо'уnа olish maqsadida qo'lga o'rgatgan, ularni duragaylash vа suniy tanlash orqali qoramollarning yangi zotlarini yaratgan. Anаshu tariqa chorvachilik kelib chiqqan. Hozirda chorvachilikni sut emizuvchilarni boqish vа ulardan mahsulot olish bilan shug'ullanadigan qoramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik, mo'ynachilik, cho'chqachilik kabi sohalari borQoramolchilik. Hozirgi qoramollar qadimgi Osiyo vа Уеуroра dashtlarida keng tarqalgan, XVI asrda batamom qirilib ketgan turdan kelib chiqqan. Tur miloddan 7000 yil avval qadimgi Gretsiyada xonakilashtirilgan. Uzoq davom etgan sun'iy tanlash ta'sirida turning gavda tuzilishi vа turq-atvori o'zgarib borgan. Hozirgi qoramollarning jun rangi, mahsuldorligi, gavda o'lchami, mahalliy sharoitga moslanishi jihatidan bir-biridan farq qiladigan juda ko'p zotlari mavjud. Sigirlarning tug'ilgan bolasi buzoq deyiladi. Voyaga yetgan bir yoshdan oshgan urg'ochi bиzoqlar g'unajin, bolalagan g'unajin esa sigir, erkak qoramol esa buqa уоki ho'kiz deyiladi. Sigirlar qadimgi turdan yuvoshligi, sermahsulligi, junrangining xilma-xilligi, o'z egasini tanishi bilan farq qiladi.Qoramollar xo'jalikda foydalanish xususiyatiga binoan sut, go'sht vа sut-go'sht uchun boqiladigan zotlarga ajratiladi. Sersиt zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil etadi. O'zbekistonda boqiladigan qizil dasht, Bushuyev, qora-ola, Shvits zotli sigirlar yiliga 3000-6000 kg sut beradiGo'shtdor zotlar asosan sifatli go'sht yetishtirish maqsadida boqiladi. Ular ko'p sut bermaydi, lekin tez yetiladi. Go'sht uchun boqiladigan sigirlardan shortgom, qozog'istoп oqboshi, saпta-gertruda, gereford zotlari boqiladi. Shortgoт zotli sigirlarning o'rtacha vazni 650 kg, buqalarniki esa 1000 kg dan ortadi. Yosh buqalar bir kunda 1 kg gacha semiradi, ularning vazni 1,5-2,0 yoshda 450-500 kg ga yetadi.Sut-go'sht uchun boqiladigan sigirlar ko'p sut berishi bilan birga, go'shti ham sifatli bo'ladi. Shvetsariyaning Siттeпtal vа Rossiyaning Kostroтa zotlari аnа shи maqsadda boqiladi. Simmental zotli sigirlardan yiliga 4000 kg gacha sиt sog'ib olinishi mиmkiп. Ular buqalarining vazni 850 kg, sigirlari 550-650 kg keladi.Qoramollardan teri ham olinadi. Ular terisidan charm poyabzallar, teri-galantereya buyumlari tikiladi. Qushxonalardagi chiqindilaridan tibbiyotda foydalaniladigan turli preparatlar, уеlim, sovun vа boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Janubiy Osiyodagi ayrim mamlakatlarda buqalardan ish hayvoni sifatida omoch bilan yer haydashda vа aravaga qo'shib yuk tashishda foydalaniladi.Qo'ychilik-chorvachilikning qo'y vа echki boqish bilan shиg'ullanadigan sohasi. Qo'ylar yengil sanoat uchun qimmatbaho xomashyo (jип, teri, mо'уnа) vа oziq-ovqat mahsulotlari (go'sht, sut, yog') beradi. Qo'y junidan gazmol, trikotaj buyumlar, gilam, terisidan po'stin, mo'ynasidan kiyim-kechak, sutidan pishloq, brinza tayyorlanadi. Bиtun dunyoda 1 milliard boshdan ortiq qo'y boqiladi.Qo'ylar bundan 8 ming уil ilgari xonakilashtirilgan muflon vа arxardan kelib chiqqan. Ularning yosh urg'ochisi sovliq, erkagi qo'chqor, tug'ilgan bolasi qo'zi deyiladi. Qo'chqorlar har doim shoxli, sovliqlar esa shoxsiz yoki shoxi kichik bo'ladi. Qo'ylar 14-15 yil yashaydi, 5-7 oyligida jinsiy yetiladi. Odatda qo'ylardan 8-10 уil foydalaniladi. Olinadigan mahsulotiga qarab qo'ylar jun, po'stinbop teri, qorako'l teri, go'sht-yog' olish maqsadida boqiladigan zotlarga ajratiladi. Jun olinadigan qo'ylarni ham o'z navbatida mayin junli, chala mayin junli, dag'al junli zotlarga ajratiladi. Mayin junli qo'ylar juni ingichka vа uzun (8-10sm) tivitdan iborat bo'ladi. Mayin jun (runo )dan nafis gazlamalar to'qiladi. Mayin junli qo'ylarning тeriпos zotidan bir yilda 10-12 kg jun qirqib olinadi. Merinos qo'ylari Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi vа Qozog'istonning janиbida boqiladi. Dag'al junli qo'ylaming juni qil, tivit vа har xil junlardan iborat. Dag'al junli qo'ylar ham o'z navbatida po'stinbop terili, qorako'l terili, go'sht-yog'li, go'sht-junli zotlarga ajratiladi. Rossiyaning Markaziy nоqoratuproq mintaqasida va Uralda tarqalgan Roтaпov zoti eng yaxshi po'stinbop teri beradi. Qorako'l- 3 kunlik qorako'l qo'zilarining terisi hisoblanadi. Qorako’l terisi ko'proq qora rangli bo'ladi. Qorako'l qo'ylarining ko'k, jigarrang, sur va boshqa xillari ham bo'ladi. Qorako'l terisining havorang va tillaranglari juda qimmatbaho hisoblanadi. Qorako'l qo'ylarining asl vatani Виxorodir. O'zbekistonda go'sht-yog' o1ish maqsadida Hisor qo'yi boqi1adi. Вu zotlaming vazni 150 kg, dumbasining vazni 25 kggacha keladi.Yi1qichilik-chorvachi1ikning otlarni boqib urchitish va ulardan fоуdalanish bilan shug'ullanadigan sohasi. Otlar miloddan 4000 уil avval xonakilashtirila bosblangan, Yevropa va Osiyo dashtlarida keng tarqalgan, bundan 200 уil avval qirilib ketgan tarpandan kelib chiqqan. Qadim-qadimdan odamlar otlardan yuk tashish, minish, yer haydash, g'alla yanchish va juvoz haydashda foydalanganlar. Yaqin yillargacha otliq askarlar armiyada asosiy jangovar kuch hisoblangan. Hozir ham chekka tog'lik joylarda otlardan transport vositasi va yordamchi ishchi kuchi sifatida foydalaniladi. Otlar go'shti va suti hamda sport musobaqalari uchun ham boqiladi. bundan tashqari otlar sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi, qonidan shifobaxsh zardob tayyorlashda foydalaniladi.Otlarning yangi tug'ilgan bolasi toychoq yoki quluп, erkagini ayg'ir, urg'ochisi baytal yoki biyaуа, ikki yoshli ot toy, uch yosh1isi g'o 'поп, to'rt yosh1isi duпoп deb ataladi. Foydalanishga binoan otlarni egarlab salt miniladigan (Аrаb oti, Turkmanistonning Axaltaka va Yovтut otlaп) arava yoki chanaga qo'shiladigan yo'rg'a (Rossiyaning Don va Orlov zotlari, Tojikistonning Laqay, O'zbekistonning Qorabayir otlari), og'ir yuk tortadigan (V/adiтir, Ardeппa, Вгаbaпd otlaп) zotlarga ajratiladi.Hozir yi1qichilik naslchilik, ishchi otlar yetishtirish, mahsuldor yilqichilik, sport yilqichi1igi yo'nalishida rivojlanmoqda. Sut emizuvchilarni mubofaza qilish. Odamning xo'jalik faoliyati natijasida keyingi yillarda bir qancha sut emizuvchilar soni keskin kamayib, ayrim turlari yo'q bo’lib ketdi. Faqat keyingi 300 уil davomida yer yuzidan sut emizuvchilaming 60 dan ortiq turi yo'q bo’lib ketgan. O'zbekiston faunasi tarkibidan ham o'tgan asrning ikkinchi yarmida tиron yo'lbarsi, orol baqra balig'i butunlay yo'qolib ketdi. Ayrim turlari, masalan, Вихоro bug’usi, Pljevalskiy oti, jayron, zubr vа boshqalar faqat tutqunlikda vа yarim tutqunlikda saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar sonining kamayib ketishi sabablari ko'plab оуlash, ekinlar vа hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida ularni ko'plab qirib tashlanishi, hayvonlar yashaydigan muhitning buzilishi, ular uchun oziq bo'ladigan jonivorlar vа o'simliklarning kamayib ketishi, uу hayvonlari vа introduksiya qilingan hayvonlar sonining ko'payishi bilan konkurensiyaning oshishidan iborat. Sиt emizuvchilar turlari sonini oshirishda ayrim tadbirlar kamyob turlami ovlashni taqiqlash, ular yashaydigan muhitni buzmasdan saqlab qolish, qo'riqxonalar, buyurtmaxonalar, ovchilik xo'jaliklari tashkil etish, hayvonlarni tutqunlikda ko'paytirib, so'ngra tabiiy muhitga qo'yib yuborishdan iborat. O'zbekiston respublikasi Qizil kitobiga sиt emizuvchilaming 24 turi kiritilgan.
Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar vа yo'ldoshlilar kenja sinflariga ajratiladi. Вu uchta kenja sinf vakillari tuzilishi, ko'payishi vа hayot kechirishiga ko'ra bir-biridan yaxshi farq qiladi.Тuxum qo'yuvchilar-qadimgi tuban tuzilgan sut emizuvchilar. Ular bola tug'masdan tuxum qo'yib ko'payadi; qushlar vа sudralib yuruvchilar singari kloakasi bor. Ularga Avstraliya vа uning yaqinidagi orollar: Tasmaniya vа Yangi Gvineyada tarqalgan (o’rdakburuп, yexidпa vа рroуехidпa) kiradi.Тuхum qo'yuvchilar qo'ygan tuxumini bosadi (o'rdakburun) yoki tuxumlarini teri burmalaridan hosil bo'lgan xaltasida оlib yurib, bola ochiradi (yexidna, proyexidna). Tuxumdan chiqqan bolalarini sutga o'xshash suyuqlik bilan boqadi. Вu suyuqlik hayvonning qorin qismida joylashgan tuban tuzilgan sut bezlaridan ajralib chiqadi. Sut bezlarining so'rg'ichlari bo'lmaydi; bolalari bezlardan ajralib, jun ustiga oqib chiqqan suyuqlikni yalaydi. Sut bezlarining naysimon tuzilishi ularning ter bezlaridan kelib chiqqanligini ko'rsatadi. Voyaga yetgan tuxum qo'yuvchilarning tishlari bo'lmaydi, tumshug'i muguz bilan qoplangan. Kloаkаning bo'lishi - ularning sudralib yuruvсhi ajdodlaridan qolgan belgi hisoblanadi. Bosh miya yarim sharlari po'stlog'i kuchsiz rivojlangan. Yelka kamari korakoid suyagi mustaqil. Termoregulatsiya xususiyati mukammal emasligi sababli tana harorati 250С dan 370С gacha o'zgarib turadi. Hozirgi tuxum qo'yuvchilarning uch turi: o'rdakburun, yexidna, proyexidna ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |