Tayanch kompetensiyalar:
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi (B1+)
– shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
– o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Fanga oid kompetensiyalar:
Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi (B1+): biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushunadi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi, umumlashtiradi, klassifikatsiyalaydi.
Darsning blok sxemasi
№
|
Darsning qismlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2.
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
15 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 daqiqa
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5.
|
O’quvchilar bilimini baholash
|
7 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Infuzoriya hujayrasida qisqaruvchi vakuola qanday qismlardan iborat?
Kipriklilar sinfiga mansub bo`lgan hayvonarni yana qayerlarda uchratish mumkin?
Sporalilar sinfiga qancha hayvonlar guruhi kiradi?
Sporalilarning nima sababdab shunday nom bilan ataymiz?
Sporalilarning tipik vakilini ayting.
Tut ipak qurti va asalarida parazitlik qiladigan sporalilar sinfi vakillarini ayting.
Sporalilar va bir hujayralilarning qancha turi farqlanadi?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Bir hujayrali sodda organizmlarning xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish
b) yangi mavzu rejasi: 1) Amyoba, evglenaning tashqi va ichki tuzilishini o`rganish
2) Tufelkaning tashqi va ichki tuzilishi o`rganish.
3) Sporalilar sinfi. Bir hujayralilarning xilma-xilligi.
d) yangi mavzu bayon matni:
Soxta oyoqlilar sinfi
Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo`lmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o`tsa, tanasining o`sha tomoni bo`rtib chiqib, «soxta oyoq» deb ataladigan o`simta hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o`xshatish mumkin. Soxta oyoqlarto`xtovsiz hosil bo`lib va yo`qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o`zgarib turadi.
Ko`payishi. Amyoba ikkiga bo`linish yo`li bilan jinssiz ko`payadi. Buning uchun yadroning hajmi ortib, uning qobig`i yemiriladi. Sitoplazmaga chiqqan yadro moddalari hujayraning ikki tomoniga leng taqsimlanadi. Tezda hujayraning ikki tomonida bittadan yadrohosil bo`ladi. Amyoba tanasi ham cho`zilib, o`rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi. Ana shu yo`l bilan bitta amyobadan ikkita yangi amyoba hosil bo`ladi. Bu xildagi ko`payishda jinsiy hujayralar hosil bo`lmaganligi tufayli jinssiz ko`payishdeb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |