TO’G’RILAGICH USKUNA HISOBI
1-rasmda shartli ravishda bitta diod ko’rinishida ko’rsatilgan to’g’rilagich uskuna ko’prigi yelkalari bir nechta ketma-ket ulangan diodlarni o’z ichiga olgan bir nechta parallel shaxobchadan iborat. Misol sifatida ko’prik sxema 6-rasmda keltirilgan.
6-rasm.
Ketma-ket ulangan diodlar soni shunday hisoblanadiki, bitta diod teshilganda (ishdan chiqqanda) qolgan diodlarning har biri uchun eng katta teskari kuchlanish ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmasligi lozim bo’ladi. Ko’prik yelkasidagi eng katta teskari kuchlanish kontakt tarmog’ining eng katta kuchlanishida 33-pozisiyadagi o’zgaruvchan kuchlanishning amplitudaviy qiymatiga teng.
=1.16 (4.1)
bu yerda 1,16 – kontakt tarmog’idagi nominal kuchlanish 25 kV ni 16 % ga ortish mumkinligini hisobga oluvchi koeffitsiyent; – o’zgaruvchan kuchlanish amplitudaviy va ta’sir etuvchi qiymatni bog’lovchi koeffitsiyent
Diodga teskari yo’nalishda davriy ravishda berish mumkin bo’lgan ruxsat etilgan maksimal kuchlanish, takrorlanuvchi kuchlanish deyiladi. voltlardagi qiymati diod klassini yuzga ko’paytirilganiga teng.
Har bir parallel shaxobchadagi ketma-ket ulangan diodlar soni
(4.2)
Olingan natija eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi.
Ko’prik yelkasidagi parallel shaxobchalar soni shunday hisoblanadiki, ko’prik yuklamasining eng katta ishchi tokida har bir dioddagi tokning o’rtacha qiymati ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmasligi lozim bo’ladi. Har bir diod turi uchun ruxsat etilgan maksimal o’rtacha tok me’yorlanadi va u chegaraviy tok deb ataladi. qiymati diodni sovutish usuli va dioddan tokning o’zgarish qonuniyatiga bog’liq. Kurs ishida hisoblash uchun didoning shartli belgilanishida oxirgi raqamlar guruhi bilan belgilangan qiymatidan foydalaniladi. Masalan, ДЛ171-320 diodining chegaraviy toki 320 A ga teng.
Ko’prik sxemada ta’minot kuchlanishining bitta yarim davr mobaynida yelka orqali ko’prik yuklamasi toki ga teng tok oqib o’tadi, keyingi yarim davrda esa yelka toki nolga teng. Bundan yelka tokining o’rtacha qiymati ga tengligi kelib chiqadi. Elektrovoz har bir to’g’rilagich uskunasining yuklamasini ikkita motor tashkil etadi, ya’ni , .
Ish rejimida motorning toki 2-bo’limda aniqlangan qiymatdan ortishi mumkin emas. Buni hisobga olib ko’prik yelkasidagi parallel shahobchalar soni quyidagi ifodadan topiladi:
(4.3)
bu yerda – diodlar volt-amper tavsifidagi sochilish bilan bog’liq bo’lgan parallel shahobchalar o’rtasida tokning notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffitsiyent; – sovutuvchi havoning to’g’rilagich uskunadan o’tishida qizishidan chegaraviy tokni pasayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
(4.3) formula natijalari eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi.
Diodlarning turi va klassi to’g’rilagich uskunaning eng arzon narxidan tanlanadi. Kurs ishida diodlar uchun solishtirish iqtisodiy hisobini amalga oshirish lozim. Hisob uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar 4.1-jadvalda keltirilgan.
4.1-jadval
Diod klassi
|
Diod narxi, sh.b. (shartli birlik)
|
ДЛ161-200
|
ДЛ171-320
|
7
|
93
|
121
|
8
|
101
|
135
|
9
|
109
|
149
|
10
|
117
|
163
|
Hisob-kitob natijalarini jadvalga kiriting. Jadvalda sakkizta variant uchun diodni turi, klassi, , , bitta to’g’rilagich uskunadagi diodlar soni, to’g’rilagich uskunadagi diodlar to’plamining narxini ko’rsating.
Diodlar tanlangandan so’ng, qabul qilingan farazlar hatoligini aniqlasa bo’ladi. Faraz bo’yicha, dioddagi to’g’ri kuchlanish nolga teng. To’g’rilagich uskuna yuklama toki ko’prikning ikkita yelkasidan o’tishini hisobga olsak, motordagi haqiqiy kuchlanish hisobiydan qiymatga farqlanadi. Foizda nisbiy xatolik quyidagi formuladan aniqlanadi
Diod tipi
|
Diod klassi
|
|
|
Togirlangan uskunadagi diodlar soni
|
Bitta diod narxi
|
Togirlangan uskunalar narxi
|
ДЛ161-200
|
7
|
5
|
8
|
40
|
93
|
3720
|
8
|
4
|
8
|
32
|
101
|
3232
|
9
|
4
|
8
|
32
|
109
|
3488
|
10
|
4
|
8
|
32
|
117
|
3744
|
ДЛ171-320
|
7
|
5
|
5
|
25
|
121
|
3025
|
8
|
4
|
5
|
20
|
135
|
2700
|
9
|
4
|
5
|
20
|
149
|
2980
|
10
|
4
|
5
|
20
|
163
|
3260
|
(4.4)
qiymati diodlarning texnik shartlarida ko’rsatiladi. Kurs ishida hisoblash uchun V ni qabul qilamiz.
Hatolik 1÷2% dan oshmasa normal chegarada bo’ladi. Agar hatolik oshib ketsa ni hisoblashda hisobga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |