YETKAZIB BERISH STRATEGIYASI
Kurs quyidagicha tashkil etilgan: nazariya va muammolarni echish mashg‘ulotlari, test va davomiy baholab borish (essesment), hamda laboratoriya mashg‘ulotlari.
Individual ta’lim
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, o‘qituvchi talabaga mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalarni etkazib beradi. Muammoli mashg‘ulotlarda ,o‘qituvchi bir qator illyustrativ muammolarni talabalarga tushuntirib beradi, bunda talaba muammoni echishda ahamiyatli bo‘lgan elementlarni aniqlashni o‘rganadi. Bunda qatnashuvchilik yondashuvi qo‘llanilib, muammoli mashg‘ulotdlarda talaba va o‘qituvchi/talaba o‘rtasidagi muloqot ahamiyatli hisoblanadi.
Auditoriya ishi
Talaba kurs davomida o‘rganilgan konsepsiyalardagi muammolarni echimini topishda qiyinchiliklarga uchraydi. Har bir bo‘lim uchun kamida to‘rtta savolnoma beriladi.
Mavjud o‘quv materiallari
Talabada quyidagi xujjatlarni olish imkoni bo‘ladi:
• O‘quv qo‘llanmada (bu xujjatda) talabalardan nima kutilayotganligini anglatuvchi ma’lumotlar mavjud, ular qanday shartlar asosida o‘qishlari va qanday baholanishlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
• Har bir kurs mavzusiga doir prezentatsiya slaydlari.
• Har bir dars yuzasidan muammolar.
• Laboratoriya quyidagi ko‘rinishga ega:
• Maqsadlar.
• Materiallar.
• Vazifalar.
BAHOLASH (assessment)
O‘qishni baholash talabalarning butun kurs davomidagi ishtiroki, shuningdek, nazariya va laboratoriya bo‘yicha yakuniy test natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Baholash quyidagicha taqsimlanadi:
• Nazariya: 20%
• Laboratoriya: 30%
• Yakuniy test: 50%
Nazariya bo‘yicha baholash:
Ikkita rasmiy baholash mashg‘ulotlari bo‘ladi. Nazariy imtihon shaxsan o‘qituvchi tomonidan belgilangan sana, vaqt va joyda o‘tkaziladi va unda talabalarning egallagan bilimlari, hamda shu egallangan bilim, ko‘nikma, tajriba asosida talabalarning muammolarni echish qobiliyatlari baholanadi. Imtihon bahosi kursdagi yakuniy bahoning 30% ini tashkil qiladi.
Laboratoriya bo‘yicha baholash:
Baho har bir laboratoriya ishi uchun va laboratoriya yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat bo‘yicha qo‘yiladi. Laboratoriya ishini baholash (30% tayyorgarlik, 70% ishlab chiqish) laboratoriya uchun bahoning 50%ini tashkil qiladi.
Chora ko‘rish:
Har bir laboratoriya ishi uchun ma’lum bir sana (deadline) belgilanadi. Vaqtida topshirilmagan laboratoriya ishi uchun baho pasaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |