Kurashchilarning tehnik tayorgarligini takomillashtirishda mahsus mashqlardan foydalanish tehnalogiyalari



Download 59,21 Kb.
bet6/7
Sana11.07.2022
Hajmi59,21 Kb.
#777144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURASHCHILARNING TEHNIK TAYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA MAHSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH TEHNALOGIYALARI

2.2. Tadqiqot uslubiyati
Pedagogik tajriba 6 oy davomida 10 nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlari yosh kurashchilarida o’tkazildi.
Tdaqiqot davomida tezkorlik, kuch, chidamkorlik sifatlarning rivojlanganlik darajasi va ularni harakatli o’yinlar mashqlar davomida rivojlantirish samaradoriligi aniqlandi.
Pedagogik tajribaga xar bir 10 nafardan iborat yosh kurashchilar, nazorat va tajriba guruhlariga jalb qilindi.
Nazorat guruhi an`anaviy dasturga asoslangan mashg’ulotlarda ishtirok qilish di.
Tajriba guruhida quyidagi maxsus harakatli o’yinlar mashqlardan foydalanildi:
1. «Qo’g’irchoq» kurashchini o’z qo’rg’oniga olib qochish
Uyin mazmuni: 10 kishi 5 tadan 2 jamoaga bo’linadi va xar bir jamoa o’z qo’rg’onid bir-biriga qarab saf tortishadi. Urtadagi omborxonada 5 ta «qo’g’irchoq». Maqsad: qaysi jamoa shu qo’g’irchoqlardan ko’proq o’z qo’rg’oniga olib kelad. Uyin 3 marta qaytariladi.
2. «Ug’rilar va qo’riqchilar»
Uyin mazmuni: Makonidan ug’rilar anhor bo’ylab, omborxonaga qimmatbaho toshlar solingan xaltalar o’g’irlashga kiradilar (xaltalar-bokschilar qopi). Ug’rilar qoplar bilan qochayotganida karokchilar barcha o’g’rilarni jinoyat ustida ushlashga intiladilar.
Uyin 2 marta rollar almashinib o’ynaladi. G’olib jamoa ug’rilar yoki qarokchilarning umumiy natijasiga qarab aniqlanadi.
3. «Oq terakmi ko’k terak»
Uyin daovmida qoidaga binoan o’tkaziladi (2 marta). Lekin, qo’lga tushgan qochuvilar kuvuvchilarni orqa marragacha elkasiga o’tkazib olib kelishadi aksincha chegara chizig’igacha qo’lga tushmagan qochuvchilarni quvuvchichlar elkasida marragacha ko’tarib kelishadi.
Natijlar farqi g’olib jamoani aniklaydi.
4. Tatamida tizzada harakatlanib regbi o’ynash
5 tadan 2 jamoa tizzada regobi o’ynashdi – 10 daqiqa
3 kg li to’ldirma to’pni qaysi jamoa o’yinchilari ko’proq raqib yarim aylanasi chizig’idan o’tkazib polga tekizsa, shu jamoa g’olib hisoblanadi.
5. «Doiradan chiqar»
Signal bulishi bilan bir jamoa kurashchisi ikkinchi jamoa kurashchisini diametri 30 m li doiradan chiqarib tashlashga intiladi. Uyin 3 marta o’ynaladi. Natijalar farqi g’olib jamoani aniqlaydi.
6. «Bir oyoq sakrab doiradan chiqar»
Uyin mazmuni va g’olib jamoani aniqlash 5 - o’yindagidek. Faqat raqiblarning bir egilgan holda bog’liq bo’lib, ikkinchi bir oyoqda shkrigini doiradan chikarishga intiladi.

Malakali sportchilarni tayyorlash ko`p bosqichli murakkab pedagogik jarayon bo`lib, mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqozo etadi.


Mashg’ulotlarda qo`llaniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi va shiddati shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funktsional imkoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qo`llanilishi muhim. Ushbu mashqlar hajmi, shiddati, qaytarilishi va davom qilish vaqti biologik qonuniyatlarga asoslanishi lozim. Agar mashqlar yuklamasi bolaning imkoniyatidan o`ta yuqori bo`lsa, bunday yuklama shu bolaning organizmiga salbiy ta`sir qilish i mumkin.
Aksincha, yuklama imkoniyatdan kam bo`lsa shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar.
Ayrim trenerlar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jadallashtirish, tezroq malakali sportchi tayyorlash maqsadima maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zo`rma-zo`raki qo`llaydilar. To`g’ri, ayrim hollarda, ya`ni agar bolaning nasliy va individual jismoniy imkoniyatlari serzahira bo`lsa, bunday bola tez orada yaxshi sportchi bo`lib qilish ishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarda bunday katta yuklamali mashg’ulotlar bolaning tez charchashi, zo`riqishi, hatto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir-biriga o`xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug’ullanishni boshlagan bolada qiziqishni so`ndiradi, unda sportga bo`lgan ixlos yo`qoladi, pirovardida u sport bilan shug’ullanmay qo`yadi. Shuni ng uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa dastlabki o`rgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli o’yinlar mashqlardan foydalanish juda foydali va o`ta muhimdir.
Hozirgi kun sport amaliyotida yosh sportchilarni tayyorlash jarayoni qanchalik o`z tarkibiga harakatli o’yinlar kiritganligini o`rganish uchun biz murabbiylar o`rtasida so`rovnoma o`tkazdik.
Savolnoma natijalari 3 jadvalda aks ettirilgan.
Sport turlari texnikasiga dastlabki o’rgatish bosqichida texnik mahoratning samarali shakllanishi jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Shuni ng uchun sport tugaraklarida shug’ullanishni endigina boshlagan yosh sportchilarda umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni izchillik bilan asta-sekin rivojlantira borish malakali sport zahiralarini tayyorlashning muhim shartlaridan biridir. Bu borada e`tiborga loyiq joyi shundaki, jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirish tanlangan mashqlar va boshqa vositalar (maxsus harakatli o’yinlar mashqlardan, estafetalar va hokazo) mazmuni hamda mohiyati bilan belgilanadi.
Mazkur malakaviy ishning maqsadiga muvofiq kurash to’garagida shug’ullanish istagini bildirgan 20 nafar 10-12 yoshli bolalarda tezkorlik va chaqqonlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi o’rganildi.
Ushbu tadqiqot natijalari 4 jadvalda qayd etilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tekshiriluvchi bolalarda o’tkazilgan 30 m ga yugurish test sinovlari har bir bola o’ziga xos tezkorlik sifatiga ega ekanligini ko’rsatdi. Test sinovlari bo’yicha qayd etilgan eng yaxshi ko’rsatkich bilan (5,0 s) va eng katta ko’rsatkich (6,8 s) o’rtasidagi farq 1,4 soniyaga teng bo’ldi. Ushbu farq test sinovlaridan o’tkazilgan bolalarni jismoniy tayyorgarlik jihatidan deyarli bir xil imkoniyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shu masofaga yugurishning o’rtacha ko’rsatkichi 6,1 soniyani tashkil etdi.
Maxsus tezkorlik va maxsus chidamkorlik sifatlarini aks ettiruvchi test sinovlari (4x10 m ga mokkisimon yugurish) qarama-qarshi yo’nalishda ijro etilishi jihatidan ancha murakkab bo’lganligi uchun ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq ancha ko’p miqdorni tashkil etdi. Chunonchi, qayd etilgan eng kichik ko’rsatkich (ya`ni qisqa vaqtni bildiruvchi) 8,7 soniya, eng katta ko’rsatkich (ya`ni uzoq muddatni bildiruvchi) 13,0 soniyaga teng bo’ldi. Demak, ushbu ko’rsatkichlar farqi 4,3 soniyani tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan sifatlarni ifoda etuvchi o’rtacha ko’rsatkich 10,5 soniyaga barobar ekanligi ma`lum bo’ldi.
Bolalarning umumiy chidamkorligi 1600 m ga yugurish testi yordamida baholandi. Bu test bo’yicha eng kichik ko’rsatkich (eng yaxshi chidamkorlik) 8,0 soniya va eng katta ko’rsatkich (eng yomon chidamkorlik) 10,8 soniya darajasida ifodalandi. Urtadagi farq 2,8 soniyaga teng bo’lib, tekshirilgan bolalarni tayyorgarlik jihatidan bir toifaga mansub ekanligidan dalolat berdi.
Ushbu masofaga yugurish testi bo’yicha qayd etilgan o’rtacha tezlik 9,4 soniyani tashkil etgan bo’lib, shu yoshdagi va sportga endi qadam qo’ygan bolalarning chidamkorligi mazkur o’rtacha natija bilan ta`riflanishini bildirdi.
Shu narsa e`tiborga loyiqki, har bir tekshiriluvchi ko’rsatkichlari alohida tahlil qilinganda, yana bir muhim dalil ko’zga tashlandi. Bu ham bo’lsa ayrim bolalar to’g’ri yo’nalishli masofaga (30 m) yugurishda qisqa vaqt ko’rsatgan bo’lishsa, shu binolar boshqa qarama-qarshi (4 x 10 m) yoki to’g’ri yo’nalishdagi uzoq masofaga yugurishda katta farq qiluvchi natijalarni ko’rsatishdi. Masalan, U.Daminov 30 m ga yugurishda 5,4 soniya vaqtni ko’rsatgan bo’lsa, 4 x 10 m ga mokkismon yugurishda 13,0 soniya natija ko’rsatdi. Shu bilan bir qatorda shu bolaning o’zi 1600 m ga yugurishda 9,6 soniya natijaga ega bo’lgan.
Bunday holatlar qator yana boshqa tekshiriluvchilarda kuzatildi (2 jadvalga qarang). Qayd etilgan ushbu keskin farq yoki, boshqacha qilib aytganda, keskin o’zgaruvchan qobiliyat yugurish test-mashqlarining murakkabligi va masofaning uzoqligi bilan bog’liq bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Mazkur diagrammada ko’rsatilgan natijalarga asosan yana bir muhim vaziyat kuzatilmoqda. Jumladan, agar tekshiriluvchi bolalarning 30 m ga yugurish bo’yicha ko’rsatgan natijalari o’rtasidagi farq ularni tayyorgarlik jihatidan bir xil toifaga mansub degan xulosani bersa, murakkab test mashqiga ko’ra (4x10 m ga mokkisimon yugurish) bunday fikr yuritish imkoni yo’q.
Chunki, ushbu test bo’yicha qayd etilgan farq 3,6 soniya miqdorigacha ortgan. Demak, bolalarni qisqa masofaga qarama-qarshi yo’nalishda yugurishi, ularning o’ziga xos qobiliyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Uchinchi test mashqi bo’yicha ham shu vaziyat kuzatilayapti.
Kuzatilgan natijalar va shu natijalar bo’yicha qilingan ilmiy ehtimollar yoki ilmiy faraz tekshirilgan bolalarni kurash to’garagiga qabul qilish tartibi rasmiy tanlov asosida amalga oshirilmaganidan darak beradi. Agar ushbu tadbir tanlov va saralash me`yoriy test-mashqlari asosida tashkil qilinganda edi, olingan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq nisbatan ancha kichik miqdorni tashkil qilgan bo’lur edi.
Xulosа

Olib borilgаn tаdqiqot nаtijаsigа ko’rа texnik hаrаkаtlаrni аmаlgа oshirishdаgi mаlаkаli kurаshchilаrining texnik tаyyorgаrligini hаrаkаtli o’yinlаr yordаmidа rivojlаntirish o’quv-trenirovkа jаrаyonidаgibаrchа tаyyorgаrlik tomonlаrini rivojlаntirishdа muhim аhаmiyatgа egа ekаnligi аniqlаndivа uningevаzigа musobаqаlаrdа vа texnik mаhorаtni tаkomillаshtirishdа kаttа yutuqlаrgа erishish mumkin. Yuqoridаgilаrdаn kelib chiqqаn holdа qo’yidаgilаrni tа’kidlаsh mumkin:


1.Аdаbiyotlаr tаhlili shuni ko’rsаtаdiki, mаlаkаli kurаshchilаrining texnik tаyyorgаrligini hаrаkаtli o’yinlаr yordаmidа rivojlаntirish o’quv-trenirovkа jаrаyonigа sаmаrаli tа’sir ko’rsаtishi ko’zgа tаshlаndi. Busohаdа uzoq yillаr dаvomidа ishlаr olib borgаn olimlаr T.S.Usmаnxodjаev, А.N.Аbdiev, Yu.V.Verxаshаnskiy, M.А.Godik, А.А.Novikov, G.S.Tumаnyan, А.P.Kuptsov, L.А.Bexterovа, N.N. Sorokin. А.N. Lents, V.M.Ribаlko, P.А.Seshenko, V.K. Petrov, N.А.Kerimov, F.А.Kerimovvа boshqаlаrning mаqsаdgа yo’nаltirilgаn nаzаriy-uslubiy ko’rsаtmаlаri kutilgаn nаtijа berаdi.
2. Kuzаtuvdа biz qo’llаgаn uslub mаlаkаli kurаshichilаrgа texnik tаyyorgаrligini hаrаkаtli o’yinlаr yordаmidа rivojlаntirishdа yaxshi nаtijаlаr berishini tа’kidlаb o’tmoqchimiz. Birinchi bosqich yakunidа nаtijаlаr tekshirildi. Ikkinchi bosqich yakunidа tаdqiqot guruhi texnik tаyyorgаrlik bo’yichа sezilаrli dаrаjаdа ilgаrilаbketdi. Ko’rinib turibdiki, tаdqiqot yaxshi sаmаrа bergаn. Nаzorаt testlаrining o’rtаchа o’zgаrishi texnik tаyyorgаrligini hаrаkаtli o’yinlаr yordаmidа rivojlаntirish bo’yichа olib borilgаn ilmiyi shlаr nаtijаsidа tаdqiqot guruhidа +8,5%ni, nаzorаt guruhidа esа +2,6%ni ko’rsаtdi.
3.Mаlаkаli kurаshichilаrning texnik tаyyorgаrligini mаxsus hаrаkаtli o’yinlаr yordаmidа rivojlаntirish uchun tаnlаngаn uslublаr, dаrsning tаyyorgаrlik, аsosiyvа yakuniy qismlаridа foydаlаnish sаmаrаli nаtijа berаdi.
4. 2020 yil dekаbr vа 2021 yilning yanvаr-mаrt oylаri musobаqа dаvrigа to’g’ri kelgаnligi uchun musobаqаlаrdа texnik hаrаkаtlаrning bаjаrilish dаrаjаsini


Download 59,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish