1.2. Texnik-taktik harakatlarni amalga oshirish
Yildan-yilga kurashning texnikasi va taktikasi yangi samarali usullar bilan boyib, rivojlanib, o’rgatish metodikasimukammallashtirishinitalabetmoqda. Xozirgi kunda musobaqa qoidalari va o’quv-mashg’ulot ishlari takomillashdi, jismoniy tarbiya kollektivlarining sektsiyalari uchun metodik qo’llanmalar bosmadan chiqmoqda. Ammo o’rgatish metodikasi va ko’pgina metodlarni tanlashdagi samarali usullarni qo’llashda xali ko’pchilikning bu fikrga qo’shilmayotganligi tufayli, bu masala ravshan bo’lganicha yo’q. O’quv mashgulotlarida texnik xolatlarning taktikasini o’rgatishga ham materiallar ham e’tibor berayotgani yo’q. Buningsababi – birinchidan, o’rgatish metodikasining kerakligicha yoritilmaganligi va taktik o’rgatish kuchlariga sportchilar va murabbiylarning ishonchsizligi (KuptsovA.P).
Kurashi sohasidagi mutaxassislarning fikricha, xozirgi kungacha kurashchining texnik-taktik tayyorgarligi yechilmagan bo’lib qolmoqda. Bunga misol, xozirgi kunda kurashchilar texnik-taktik vositalardagi ko’pgina diapazonlardan mukammal foydalana olmasligidir. Buning sababini o’smirlarga berib borilayotgan mashqlarda ko’rish mumkin. Ya’ni, ayrim elementlarning juda ohistalik bilan berib borilishi qiyin elementlarni o’rgatish vaqti bir necha yilga cho’zilib ketmoqda.
Uslubni ijobiy tomoni shundaki, harakat texnikasi to’laligi chaegallanadi, uning barcha qismlari o’zaro bog’liq holda o’rganiladi, harakat tarkibi, uning ritmiga zarar yetmaydi.
Birinchidan, o’rganilayotgan mashqni to’lalig’icha bajarilganda murabbiy sportchi yo’l qo’yayotgan xatolarning barchasiga e’tibor berolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy asosiy ko’zga ko’ringan xatolarga e’tibor berib texnikadagi ayrim kelishmovchiliklarni ko’rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga e’tibor bermasligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to’laligicha takrorlayverish ayniqsa o’rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo’lishi mumkin.
Bu uslub odatda texnik jihatdan murakkab bo’lmagan yoki qismlarga bo’lganda texnikani qo’polravishda buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi.
Yaxlitligicha o’rgatish metodi harakatni mustahkamlash va takomillashtirishda ayniqsa yaxshi samara beradi.
Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko’rinishlarda foydalaniladi.
a) harakatlar qismlarini sekin-asta ishlab borib qayta bajarish;
b) texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish;
v) ko’nikmani mustahkamlash maqsadida bajarish;
g) o’sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni oshirish);
d) tashqimuhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblarvah.k.) o’zgargan sharoitda bajarish;
e)tananing turli xatolari bajarish.
Kurashchilarda harakatlarni faollashtirishga qaratilgan psixologik yo’nalishni tarbiyalash zarur. Bu ish hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yuzaga keltirish hamda bu vaziyatdan ustunlikka va g’alabaga erishish uchun foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Kurash davomida yuzaga keladigan qulay dinamik vaziyatlarni bilish va texnik harakatlarni hamda hujumlarni o’z vaqtida bajarishga tayyor turish psixologikyo’nalishningfaqatbirtomoniniaksettiradi, xolos. Yuqori malakali zamonaviy kurashchini tarbiyalash uchun qulay dinamik vaziyatni tayyorlashga va undan foydalanishga psixologik yo’naltirish yaxshi jismoniy hamda texnik tayyorgarlikka tayanish lozim, ya’ni kurashchi butun kurash mobaynida to’xtovsiz faol harakatlarga tayyorturishi zarur.
Sportchining oldinda turgan kurashni yuqori darajada emotsional kayfiyatda, raqibining kuchli va zaif tomonlarini hisobga olgan holda to’g’ri hamda o’z vaqtida ruhlana olish qobiliyati g’alaba qozonish uchun katta ahamiyatga ega. Katta ko’tarinki ruh yordamidagina kuchni maksimal ravishda rivojlantirish mumkin.
Sport musobaqalaridagi kuchayib borayotgan raqobatlashish sportchilarning nafaqat jismoniy va texnik tayyorgarligiga, balki mas’uliyatli musobaqalar sharoitlarida o’zlarining emotsional holatini boshqara olishiga ham katta talablar qo’yadi.
Chempionatdagi keskin vaziyat salbiy hayajonlar, musobaqa davomida vujudga keladigan ko’pgina ob’ektiv va sub’ektiv to’siqlar ba’ziy kurashchilar uchun texnik-taktik mahoratni muhim darajada pasaytiruvchi kuchli omilga aylanishi mumkin.
Texnik-taktik mahoratni takomillashtirish psixologik tayyorgarlik bilan ajralmasdir. Kurashchining taktik harakati ishonchliligi uning emotsional qobig’i va bilish jarayonlarida rejasi bilan ta’minlanadi. Texnik-taktik harakatlarga o’rgatish taktik fikrlash, koordinatsiya, tezkorlik, propriotseptiv sezuvchanlikni rivojlantiradi.
Birinchi tip - hatti-harakatning qat’iy dasturi bo’yicha harakatlar: bunda sportchi o’z raqibini muayyan bir usulni bajarayotgan vaqtida “qo’lga tushirish”ni oldindan mo’ljallab qo’yadi. Buning uchun xuddi o’sha paytning kelishini poylab turadi hamda hujumga o’tish uchun tug’ilgan imkoniyatlarning boshqa variantlarini tanolmay turadi.
Ikkinchi tipdagi sportchilarda dastlabki “model” sifatida birnechta “oldindan tayyorlangan” taktik harakatlar mavjud bo’ladi. Hujumga o’tish, odatda, “yoki-yoki” tamoyiliga asosan amalga oshiriladi.
Uchinchi tipdagi sportchilarning hatti-harakatlari ancha mulohazali bo’ladi: ular hal qiluvchi yo’lni oldindan o’ylab qo’ymaydilar va yuzaga kelgan vaziyatga, raqib harakatlariga qarab ish tutadilar.
To’rtinchi tipdagi kurashchilarni raqib harakatlariga bog’lanib qolmaslik hamda uning hal etuvchi hujum harakatlari uchun tayyorlangan paytdan tanaffussiz, darhol foydalanib qolish maqsadida o’sha dinamik vaziyatni tayyorlaydigan, ya’ni hujum qilish uchun qulay vaziyatni oldindan amalga oshiradigan harakatlarga o’rgatish zarur bo’ladi (23, 39).
Asosiy vazifa – harakatni bajarish texnikasini kutilgan aniqlikka yetkazish.
Bosqichdagi ta’lim metodikasi xususiyati harakat texnikasi xususiyatlari haqidagi aniq va to’liqroq ma’lumotlar olishga qaratilganligi hisoblandi.
Shuning uchun ta’limni tashkil qilishda harakatlarni to’laligicha bajarish uslubiyatini qo’llagan ma’qul. Bu bosqichda texnikani qismlarga ajratib qo’llash uslubi, harakatning qaysidir qismini aniqroq bajarishni aniqlash lozim bo’lganda qo’llaniladi. Amalda ko’rsati shusulidan tashqari rasmlar, kino-lavha, kino gramma kabilardan ko’proq foydalanish mumkin, shuningdek og’zaki tushintirish uslubiyati ham yaxshi natija beradi. Bosqichning oxirida musobaqa usulini qo’llash maqsadga muvofiq.
Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tizimini ishlab chiqishda quyidagi vazifalar oldinga qo’yilgan:
- kurash texnik harakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning turli-tumanligi va murakabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks ettirib;
- sodir etilayotganlarni kurash turiga qiyoslamagan holda aks ettirish;
- kurash uchun umumiylikni aniqlashga yordam berish;
- kurash o’ziga xoshususiyatlarini saqlab qolish;
- kurash texnika tushunchalari hamda ta’riflarni tuzish;
Kurash texnikasi – kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Yuqorida aytib o’tilganiday, yuqori klassdagi mahoratli sportchilarni tayyorlashda, albatta, o’rgatish metodikasini mukammallashtirish zarurdir. Buning uchun esa o’rgatish metodikasining umumiy didaktik qonunlarini bilmoq lozimdir.
O’rgatish shug’ullanuvchilarga nazariy, amaliy, izchil talab va malakalarni berib borishdir. Kurashga o’rgatishning boshlang’ich metodikasi jismoniy tarbiyaning umumiy vаzifalariga bo’ysundirilgan bo’lib, u dialektik materializm, o’zbek pedagogikasi didaktik printsiplari va harakatning ko’nikma hamda malakalarini takomillashtirish asosida qo’llaniladi. O’qituvchi va murabbiylar kurash mashg’ulotini uyushtirish xamda o’tkazishda mashg’ulot rejimi va sharoiti sanitariya-gigiena talablariga javob berishini qat’iy nazorat qilishlari lozim. Shuningdek, mashg’ulotni tashkil qilish, uni o’tkazish metodikasi asosiy maqsadga yo’naltirilmog’i, u shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va shaxsiy xususiyatlari, umumjismoniy va kurashdagi tayyorgarligini hisobga olgan xolda tanlanmog’i kerak.
Yuqorida aytib o’tilganidek, kurashda sport mahoratining o’sishi texnik harakatlarning o’rgatish metodikasiga bog’liqdir. Shuning uchun sport kurashi usullariga oid ilmiy-metodik adabiyotlarda berilgan texnik-taktik o’rgatish metodikalari va ko’pgina mutaxassis olimlarning fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqishimiz lozimdir. Bu bilan fikr doiramiz va sport mahoratimiz o’sib borib, kerakli maslaxatlardan sport mashg’ulotida foydalanishimiz mumkin bo’ladi.
Kurash bo’yicha ilmiy-tekshirishishlarini olib borilib, kurashish davomidagi orqaga itqitish usullarining texnikasini taxlil etilib, uni o’rgatish metodikasini ishlab chiqildi. Оrqaga itqitishni o’rgatishning boshlang’ich davrida ikki tomonga ham itqitish o’rgatib borilmog’i lozimligi aytib o’tilgan. Kuzatishlar shuni ko’rsatganki, borayotgan kurash xolatlariga qarab, itqitishning har xil usullari qo’llanilishi zarurdir.
A.A. Novikovning fikricha, bir mashg’ulot davomida ikki usuldagi burilishni qo’llab bel uzra itqitish holatini o’rgatib, olishuvning samaradorligini va bajarish sonining o’sishiga ta’sir qilish ini tushuntirmoq zarurdir. Muallifning tavsiya qilishicha, xujum singari usulni, ya’ni javob berish faoliyatining tuzilishini o’rgatgandan so’ng uchinchi mashg’ulotda himoya qilish va qarshi xujumda qo’llaniladigan usullar o’rgatilmog’i zarurdir.
A.P. Kuptsov raqibni muvozanat xolatidan toydirishning texnik-taktik faoliyatini shakllantiruvchi qonuniyatni ochishga harakat etgan. Ammo muallif o’z ishida ba’zi o’rinlarda, ya’ni ayrim usullar yaxshilab o’rgatilgach, shundagina texnik harakatlarni butunligicha o’rgatib, raqibning ma’lum himoyaga tayyorlanish harakatining qonuniyatini o’lchov mezoni deb olish haqidagi muloxazalarida ikkilanadi.
Lekin A.P. Kuptsov redaktorligidagi sport kurashida o’quv qo’llanmasida ushbu o’rgatish usuli asos etib olinadi va murakkab texnik harakatlarning ritmlarini o’zlashtirishda vaqtinchalik (kichik, o’rtancha, katta) intervallarga chidash lozimligini aytiladi. Yuqori va malakali kurashchilar musobaqasi fatoliyatining analizi esa buni rad etadi.
Boshqamualliflar N.M. Galkovskiy, V.D. Mironov, A.N. Lents, A.A. Novikov, A.V. Pridonov, V.Ya. Shumilin, I.I. AlixanovvaYu.A. Shamuradov, S.V. Suryaxin, V.P. SerdyukvaO.P. Yushkov, V.E. Rublevskiy, Yu.D. Kuzmenьko, A.I. Axmedov, R. Tairov kabilarning fikr va muloxazalarini boshlang’ich o’rgatish metodikalari uchun qo’llaniladigan yo’llanmalarni ularning nashr etilgan kitoblari va ilmiy izlanishishlarida o’qib izanishlar olib borishimiz va kelajakda mashg’ulot sharoitida o’z maxoratingizni oshirishda foydalanishingiz mumkin. Kurashchi mashg’ulotining metodlari, aslida, belgilangan ko’rsatkich natijalariga erishishni ta’minlash uchun mashg’ulot vositalaridagi xilma xil usllardan foydalanish demakdir. Harakat faoliyatini o’zlashtirishning boshlang’ichdavrida har bir usulini o’zlashtirish uchun mashqlarni bo’laklarga ajratib bajarib, bo’laklarni bir-biriga qo’shib borib, bir butun holda birlashtirish va mashqlarni to’liq bajarib bitta asosiy usulni qo’llash kerak. Bu harakatlar amalda murabbiy rahbarligida so’zlab va ko’rsatib berish metodi orqali o’tiladi. Mashg’ulot jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga maxkam qo’shib olib boriladi. Mashg’ulot jarayonida o’tilgan malaka va mahoratlar, ijobiy o’zgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik) kurashchining ish qobiliyatiga ta’sir etib o’stirib boriladi. Demak mashg’ulot mashg’ulotlari orasidagi intervallarning o’zlashtirilishiga yo’l qo’ymaslik, o’sish uchun shart-sharoit yaratish lozim. Mashg’ulotda yuklama va dam olishni almashtirib turish sistemasi ham o’zgacha ahamiyatga egadir. Mashg’ulot jarayonida jismoniy yuklamalar, texnik, taktik va iroda tayyorgarligi kurashning usullarini o’zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Erkin kurash texnikasi elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda o`rganilishi lozim (I.I. Alixanov, 1986). Texnik-taktik maxoratni kelgusida takomillashtirish o`smirlik xamda o`spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi.
Erkin kurashchining kuchini rivojlantirish uchun ish xajmi uning yoshi va og’irligiga bog’liq xamda bir yilda 100 dan 200 tonnagacha atrofida bulishi mumkin.
Texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan o`sadi, lekin trenirovkaning umumiy xajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbiy kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamlilik darajasini oshirish zaruriyatiga bog’liq.
Erkin kurashchilarning taktik tayyorgarligi dolzarb muammolarni muvaffaqiyatli xal qilish ko`p jixatdan zamonaviy taqiqot uslubluridan to`g’ri foydalanishga bog’liq. Bunday uslublar ichida pedagogik uslublar muxim o`rin egallaydi, shuningdek tibbiy-biologik, psixologik, ijtimoiy va boshqa tadqiqot uslublari keng qo`llaniladi.
Trenirovka uslubiyatini takomillashtirishda trenerlar va ilmiy xodimlarning yutuqlari kup jixatdan kurashchilarning yirik musobaqalarda muvaffakiyatli qatnashishiga yordam berdi. Bunda kurashchilarning musobakalarga tayyorgarligi va qatnashishi davrida amalga oshirilgan majmuali tadqiqotlar jarayonpda olingan ilmiy ma`lumotlar katta axamiyat kasb etdi.
Sportning dolzarb muammolarini o`rganishda quyidagi turdagi tadqiqotlar qo`llaniladi: nazariy, amaliy (pedagogik tajriba yo`lga quyish, xodisalarni trenirovka yoki musobaqa faoliyatining tabiiy sharoitlarida o`rganishni o`z ichiga oladi) va laboratoriya tajribalari. Ulardan majmuali xolda foydalanish ko`pgina taqiqotlar uchun xosdir. Bunda ulardan biri etakchi o`rinni egallaydi. Tadqiqot dasturiga qaysi uslublarni kiritish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda quyidagi sharoitlarga rioya qilish lozim: tadqiq qilinayotgan xodisa tabiatini chuqur va xar tomonlama o`rganish; tadqiqot maqsadi, vazifalari, farazini aniq ifodlash; tadqiqotchining ushbu soxasidagi bilim darajasining etarli bo`lishi tadqiqot xodimlarining texnik jixozlanganligi; tadqiqot guruxining moddiy imkoniyatlari; tadqiqot vazifalarini muvaffakiyatli xal qilish uchun axamiyatga ega bo`lgan boshqa shartlar.
Tadqiqot uslublarini egallash va sportda ulardan oqilona foydalanish o`quv-trenirovka jarayonini boshqarishga tug’ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari sport kurashida taraqqiyot asosi xisoblanadi.
Ilmiy izlanishlarni yaxshi tashkil qilish va ilmiy natijalarni kurash mutaxassislarini tayyorlash amaliyogiga tatbiq qilish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |