Kurash с (105 R) Pechatga p65


KURASHCHILARNING SPORT TRENEROVKASI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/60
Sana06.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#484415
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
kurash va yakka kurash

KURASHCHILARNING SPORT TRENEROVKASI
QONUNIYATLARI HAMDA ULARDAN KELIB
CHIQADIGAN MUHIM QOIDA VA TALABLAR
Yakkama-yakka kurashish turlaridagi sport trenirovkasi sport-
chilarning asosiy tayyorgarlik formalari sifatida jismoniy tar-
biya sistemasining barcha qonuniyatlari, xususiyatlari va prin-
si plariga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardan iborat:
– har tomonlamalik, ya’ni aqliy, axloqiy, g‘oyaviy, siyo-
siy, jismoniy va estetik tarbiya hamda mehnat tarbiyasining qo‘-
shib olib borilishi;
ilmiylik;
– sog‘lomlashtirish va amaliy yo‘nalishda;
– bo‘lishlik;
– xalqchillik va baynalminalchilik.
Bu prinsiplarning mazmunini jismoniy tarbiya sistemasi-
ning ijtimoiy funksiyalarni, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari va
qurilish vazifalari bilan belgilanadi. Sistema kishilarning jismo-
niy tomondan takomillashuviga yordam berishga, ularda keng
dunyoqarash, yuksak axloqiy sifatlar va to‘g‘ri estetik idrokni
tarkib toptirishga da’vat etilgan.
Jismoniy tarbiya sistemasi-xalqimizning jismoniy kamol to-
pishiga qaratilgan tashkiliy, metodologik, ilmiy-pedagogik prin-
siplar va talablar yig‘inlari bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan ham u
oila tarbiyasidan tortib to Qurolli kuchlardagi jismoniy tayyorgarlik
va professional amaliy-jismoniy tayyorgarlikkacha bo‘lgan o‘z
bosqichlariga ega. Kurashchilarning sport trenirovkasi o‘ziga xos


75
xususiyatlarga ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yo‘q.
Bu esa trenerlarni ana shu xususiyatni e’tiborga olishga undaydi.
Chunki uning asosida sport trenirovkasiga xos bo‘lgan imkoniyatlar
yotadi. Bu qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
1) qat’iy ixtisoslashish va trenirovka protsessini individuallash-
tirish tufayli yuqori sport natijalariga intilish hissi va shunga
yo‘nalganlikni tarbiyalash. Bu mamlakatimizda sport faoliyatining
tashkil etilishi, musobaqalar sistemasi va sportning rag‘batlantirili-
shi kabi barcha yo‘llar bilan qiziqtirish natijasida amalga oshiriladi;
2) tanlagan sport turida har tomonlama rivojlanish bilan
ixtisoslashishning birligi hamda shaxsni garmonik rivojlanti-
rishga intilish;
3) tanlangan sport turida yil davomida va ko‘p yillar mobay-
nida trenirovka prostessining uzluksizligi. Trenirovkalarning sport-
chi organizmining funksional imkoniyatlarini maksimal rivoj-
lantirishga va har bir mashg‘ulotdan olingan samaraning bundan
oldingi mashg‘ulot samarasiga qo‘shilib borishini hisobga olib,
mahorat cho‘qqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar orga-
nizmning talab etilgan holati qisman bo‘lsa-da tiklanmasligi ku-
zatilsa, trenirovkalarning davriyligiga yo‘l qo‘yiladi. Sportchining
trenirovka yuklamalari va dam olishi qayta ko‘rib chiqiladi;
4) yuklamalar dinamikasida maksimumga yo‘l tutib asta-
sekin va sakrab-sakrab mashq qilishni qo‘shib olib borish.
Maksimum yuklama deganda, organizmning funksional im-
koniyatlari doirasidagi yuklamani tushunmoq kerak va hech
qachon uni holdan toyguncha yuklama berish bilan tenglashti-
rish mumkin emas;
5) trenirovka jarayonining siklligi deganda, trenirovka ishi
davrlari va fazalarining ayrim mashqlar, mashg‘ulotlar, treni-
rovka bosqichlari va davrlari qisman takrorlanadi. Ana shu
siklli davrda mikrosikllar 3-5 kun, mezosikllar va makrosikllar
farqlanadi. Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirov-
kasi jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik
har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh sportchini birinchi
kundanoq o‘rgatish lozim. Ishga faqat professional mahoratni
emas, balki qalb qo‘rini ham sarflab kirishish kerak. Bularning
barchasi milliy kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan,
milliy kurash bilan shug‘ullanishga yondashish hissini hosil
qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:


76
– trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga o‘rga-
tish hamda yuqori natijalarga, o‘z-o‘zini takomillashtirishga
intilish hissini tarbiyalash;
mehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport
rejimiga, axloq normalariga qat’iy rioya qilishga odatlantirish;
– texnik-taktik harakatlarning ma’nosini tushunish, sherigi,
raqiblarining fikrlari va harakat uslubini bilib olishga o‘rgatish,
kurash nazariyasini chuqur tahlil qilish yo‘li bilan o‘z tajribasini
boyitish;
– usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni
va kurashdagi masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur’ati,
tezligi amplitudasini o‘zgartirish bilan texnik harakatlarni ijo-
diy bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish,
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish
uquvini tarbiyalash;
– texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, o‘z kurash usu-
lini majbur etish, g‘alabaga erishish uchun darsdagi trenirov-
ka harakatlarini kurash vaziyatida malakali o‘rgatish;
– asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va o‘z reper-
tuaridagi kurashish harakatlariga oid ko‘nikmalarini, kurash
variantlari va kombinatsiyalarini rivojlantirish uchun uy sharo-
itida doimo o‘z mahoratini takomillashtirishga odatlantirish.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish