Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari. Ushbu dissertatsiyaning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad Ergash Jumanbulbul og‘li tomonidan kuylangan “Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan frazeologizm va paremeologik birliklarning (frazeologik birliklar, maqol, matal, hikmatli so‘zlar) lingvopoetik xususiyatlarini yoritib berishdan iborat bo‘lib, shu qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
-o‘zbek xalq dostonlari tilini o‘rganilish darajasini aniqlash va ularga munosabat bildirish, hozirgi kundagi muammolarni belgilash;
-tadqiqot obyekti sifatida “Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklar, maqol, matal va hikmatli so‘zlarni kartoteka qilish;
-doston tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklarni lingvopoetik tahlil qilish;
-doston tilida qo‘llanilgan maqol va hikmatli so‘zlarni lingvopoetik tahlil qilish;
-doston tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarni mavzuiy tasnifini ishlab chiqish;
-doston tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning sintaktik tuzilishini tahlil qilish;
-doston tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning adabiy tildagi variantlari bilan qiyosiy tahlil qilish.
Dissertatsiyaga obyektsifatida Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tomonidan kuylangan “Kuntug‘mish” dostonining Xodi Zaripov tomonidan nashrga tayyorlangan varianti asos qilib olindi.9 Dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Ushbu dissertatsiya mavzusi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasining “O‘zbek tilini o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilshunosligida “Kuntug‘mish” dostoni matni lingvostilistik yo‘nalishda ilk marta alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi ushbu ishimizning ilmiy yangiligi hisoblanadi. Bu yangilik quyidagilar bilan izohlanadi:
doston tilidan frazeologik birliklar kartoteka qilindi va maxsus tizimga solindi;
doston tilida qo‘llanilgan maqol va hikmatli iboralar kartoteka qilindi va tasniflandi;
“Kuntug‘mish” dostoni tili asosida xalq kitoblarida qo‘llanilganfrazeologik va paremiologik birliklar tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilindi va ular xususida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi;
dostonlar tiliga xos bo‘lgan an’anaviy leksik-grammatik va semantik vositalar tahlil etildi va shu asosida o‘zbek dostonchiligi hamda Ergash Jumanbulbul uslubiga xos jihatlar ochib berildi.