Umumiy xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ilmiy tadqiqot olib borgan mavzumiz bo‘yicha ko‘zlangan maqsadimizga erishdik. Bu ilmiy ishimiz natijasida o‘zbek frazeologiyasining rivojlanish bosqichlari hamda bunga o‘z xissasini qo‘shgan olimlar haqida ham to‘xtalib o‘tdik. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodining yirik janri bo‘lmish xalq dostonlarida qo‘llanilgan frazeologik, paremiologik birliklarni alohida olib o‘rganib chiqishga harakar qildik. Dostonlar tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklarni maxsus tizimga soldik, maqol va hikmatli so‘zlarni tasnifladik. “Kuntug‘mish” dostonining til xususiyatlarini ham ochishga harakat qildik. Dostonda qo‘llanilgan individual iboralar, iste’mol doirasi chegaralanmagan va dialektal iboralar ham alohida tasniflandi . Shu bilan birgalikda dostonlar tilida qo‘llanilgan frazeologik hamda paremiologik birliklarning bugungi kundagi adabiy tilimizda uchraydigan variantlarini ham keltirib o‘tishga harakat qildik.
Ilmiy ishimizning 3-bobida endi mavzumizning ta’lim dasturi va darsliklarda berilishini, hamda mavzuni yangi pedagogik texnologiyalar asosida maktablarda joriy etish tartibini ham ochishga harakat qildik. Bunda bir nechta metod va usullar bilan o‘quvchilarimiz mavzuni oson va qiziqarli tarzda tushunib olishiga ham erishdik deb o‘ylaymiz. Metodlarimiz ichida grafik organayzerli tarqatmalardan ham foydalanishga kirishdik, bu bilan maktab o‘quvchilarini darslarga yanada qiziqishini orttira olamiz degan umiddamiz. Ilmiy ishimiz so‘ngida esa mavzumizga oid bir soatlik dars ishlanmalardan ham namunalar keltirib o‘tdik.
Ilmiy tadqiqotimiz bo‘yicha ko‘zlagan maqsadimizga erishdik va tilshunoslik sohasida o‘rganilish darajasi biroz yuqori bo‘lmagan mavzuni imkon darajasida o‘rganib, yangiliklar yaratishga harakat qildik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2016. – 56-b
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2017. – 488-b
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi // Xalq so‘zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. – №68(72-98) son. –B.1.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent, 2008- yil.
Karimov I.A. “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent “Sharq”. 1997-yil, 7-bet.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori//. Toshkent, “Sharq”, 20-29-betlar.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent “Sharq” 2001-yil.
Umumiy o‘rta ta’limning “Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi”. Toshkent, “Sharq”, 2017-yil, 1-maxsus sahifasi.
Takomillashtirilgan yangi tahrirdagi umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti. Toshkent, 2010-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |