Muhtaram vatandoshlar!
Mana shu bayram kunlarida barchamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqdamiz.
Bu borada armiya va xalq birligini ta’minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tuzilma — harbiy-ma’muriy sektorlar barcha hududlarda samarali faoliyat yuritayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ana shunday islohotlar tufayli “Mardlar qo'riqlaydi vatanni!” degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |