1.3. Bulutli hisoblashlar ekotizimi ishlab chiqish tamoyillari
Bulutli hisoblashlarkonsepsiyasini qo‘llash ssenariylaridan foydalanilganda, qo‘llanadigan texnologiyalarda, qiyin va muammoli masalalarda, hamda tadrijiy rivojlanish davomida ommaviy va tijorat sektorlarida faol muhokama jarayonida aniqlashtiriladigan va asoslanadigan afzalliklarda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, taʻrif, xossalar, xarakteristikalar va ularning muvofiqligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib rivojlanib boradi, shu boisdan bulutli hisoblashlar ekotizimi (bulutli ekotizim) deb ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq, zero oxirgi paytlarda bu 1.6-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishga ulgurgan.
Bulutli ekotizim – bu birga ishlaydigan va bulutli xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq komponentlarning murakkab tizimini tavsiflash uchun qo‘llanadigan atama. ITU ning maqsadli guruhlari (FG Cloud TR, Part 1:Introduction to the cloud ecosystem: definitions, taxonomies, usecases and high-level requirements)) ning tavsiyalariga ko‘ra, ekotizimni shakllantiruvchi bir necha ishtirokchilar mavjud:
- Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar;
- Cloud service provider (CSP): bulut xizmatini taqdim etuvchilar;
- Cloud service partner (CSN): bulutli xizmat hamkorlari.
Foydalanuvchini o‘zini oraliqdagi foydalanuvchilar qatoriga qo‘shishi mumkin, ular bulut xizmatini taʻminlovchilar (CSP) tomonidan ko‘rsatiladigan bulutli servis oxirgi foydalanuvchilari uchun bulutli xizmatlarni amalga oshiradilar. Oxirgi foydalanuvchilar jumlasiga shaxslar, mashinalar yoki ilovalar kiradi. Bulut xizmatini taqdim etuvchilar – bulutda xizmat ko‘rsatadigan va doimiy yetkazadigan tashkilot. Xizmat ko‘rsatishdagi hamkor: bulutli servis provayderining xizmatlarini ko‘rsatish jaryonini qo‘llab turuvchi shaxs yoki tashkilot (masalan, xizmatlar integratsiyasi). 1.2-rasmda bulutli ekotizimning ana shu ishtirokchilari aks ettirilgan.
1,2-rasm. Bulutli ekotizimdagi ishtirokchilarning roli.
CSU-bulut xizmatidan foydalanuvchilar, CSP-bulut xizmatini taqdim etuvchilar, CSN-bulutli xizmat hamkorlari.Mazkur prinsiplarga asoslangan holda, bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari ssenariysini ko‘rib chiqamiz (bulutlararo ssenariylar).
1.Bulutlararo piringli ssenariy.
Ikki provayder bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilishi mumkin. Har bir CSP (provayder) bulutli tarmoqlararo hamkorlik uchun va o‘z API sini taklif eta oladi va provayderlar bir-biri bilan boshqa provayderning API sidan foydalangan holda hamkorlik qiladi.
2.Bulutlararo federatsiya bilan birgalikdagi ssenariy.
Ikki provaydero‘zaro ishonch asosida alyansgamantiqan birikishi mumkin. Alyansda bulutli tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uchun umumiy API aniqlanadi va har bir CSP boshqalari bilanumumiy API orqali birgalikdada o‘zaro hamkorlik qiladi.
3.Bulutlararo xizmatlar brokeri bilan ishlash ssenariysi
Ushbu ssenariyda CSP (provayder) bulutlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish dalloli (broker) rolini bajaradi, bulutli xizmat ko‘rsatish talabini bulutli xizmatlar provayderi yoki bulutli xizmat foydalanuvchisidan o‘z APIsi orqali so‘rov oladi. Bulutlararo xizmat ko‘rsatish va boshqa provayderlar brokeri vazifasini bajaruvchi provayder o‘zaro hamkorliklar bulutlararo piring yoki federatsiya tomonidan belgilanadi.
1.3-rasm. Bulutli hisoblarning ekotizimi.
Mazkur tamoyillar asosida 1.3-rasmda qo‘llanilishi va amalga oshirilishiga oid turli masalalarni tadqiq etishda taklif etiladigan bulutli hisoblar ekotizimi sxemachizmasi berilgan; bu yuqorida eʻtirof etilgan konseptual modellar bilan muvofiqlashtiriladi hamda bulutli hisoblashlar infrastrukturasini o‘rganishda metodologik vosita hisoblanadi.Bulutli hisoblashlarni tashkil etishga o‘tishning birinchi bosqichi odatda collocation hisoblanadi. Bunda kompaniya provayderning maʻlumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) ga o‘z uskunasini joylashtiradi, provayder esa aloqa kanallarini maʻlumotlarni qayta ishlash markazi bilan ishlashini taʻminlaydi, MQIMdagi energiya taʻminoti, ventilyatsiya, yong‘in havfsizligi, xonalardagi harorat rejimi, buyurtmachi uskunasining jismoniy xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarini hal qiladi; Buning uchun SLA da maʻlumotlarni qayta ishlash markaziga aloqa kanallari orqali kirish talabi, kuchlanishning keskin o‘zgarishi va elektr taʻminotining yo‘qligi uchun, temperatura rejimini saqlash uchun javobgarlik yozilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |