Kumush (I)-oksid, Ag2O — to’q qo’ng’ir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm3. Yorug’lik nuri ta’sirida kislorodini yo’qotib qorayadi. 200°da to’liq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon ta’sirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi. - Kumush (I)-oksid, Ag2O — to’q qo’ng’ir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm3. Yorug’lik nuri ta’sirida kislorodini yo’qotib qorayadi. 200°da to’liq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon ta’sirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi.
- Kumush (II)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm3. 100° t-ragacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. K.ga yoki Ag2O ga ozon ta’sir ettirib, K.ni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qo’llanadi.
- Kumush, asosan, tarkibida kumush va qo’rg’oshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-ro’zg’or buyumlari, lab. idishlari i.ch.da, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. K. buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, ya’ni tarkibida 87,5% K. va 12,5% mis bo’lgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qo’llanadi. Tibbiyotda K.ning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
- Kumush konlari
- Sof kumush – yumshoq, juda cho‘ziluvchan, issiqlikni va elektr tokini eng yaxshi o‘tkazadigan metalldir. Erish harorati – 950 °С, qaynash harorati – 1955 °С, solishtirma og‘irligi – 10,7, klarki – 0,00007.Kumush ham qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, savdo-sotiq rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan metalldir. Kumush – nodir metallarning eng arzonidir. Kumush yorug‘lik ta’sirini sezuvchi metall.
- Hozirgi paytda kumush zebu-ziynat buyumlar tayyorlashda, radio va elektr texnikada, fotoplyonkalar, ko‘zgular ishlab chiqarishda, tangalar zarb qilishda qo‘llaniladi (14-rasm). Kumushning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005-yil ma’lumoti bo‘yicha 570 ming t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 19954 t kumush ma’dani qazib olinadi.
- Tabiatda 60ga yaqin kumushli minerallar ma’lum. Ularning asosiylari – sof tug‘ma kumush, argentit, prustit, pirargirit, elektrum (17-rasm). Kumush ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari asosan mis va polimetall konlari bilan uzviy bog‘liqdir.
- O‘zbekistondagi eng yirik kumush konlari: Kosmanachi, Lashkarak, Okjeptes hisoblanadi.
- Kumush minerallari Oltin singari kumush ham tabiatda sof, ya'ni tug’ma kumush metall holida uchraydi. Ammo oltindan farqli kumush kimyoviy birikmalar hosil qilib, minerallar tashkil etadi. U oltingugrt birikmalari tashkil etib sulfidli rudalar tarkibida qatnashadi yoki mayda-dispers zarrachalar sifatida tarkib topadi. Kumushning sirti ma'lum darajada kislorodli parda va oksidli parda bilan qoplanadi.
- Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud: 1) Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi. 2) Argentit yoki kumush yaltirog’i-AgS culfidli rudalarda uchraydi, ko’pincha tarkibida Cu2S bo’ladi. 3) Getit Ag2Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi. 4) Surma-kumush, margumush-kumush sulfidli minerallari: stefanit 5Ag2S, Sb2S, pirargerit 3Ag2S, As2S3, diskrazit As3Sb2 polimetall rudalarda ko’p tarqalgan. 5)Polibazit 9(Ag,Cu)(Sb,As)2S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu,Ag)2S , Sb2S3. 6)Argentoyarizit AgFe3(OH)6(SO4)2 - temir tug’ma ( jelezniye shlyapka) toshida bo’ladi.
- Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin konlar hosil bo’lishining so’nggi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan. Masalan, shu oltin, kvars, turli sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan. Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra gidrotermal eritmalardan kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan.
- Kumushning fizik xossalari.
- Kumush ham yumshoq metall bo‘lib, fakat ranggi «kumushsimon» oq, u ham oltin kabi tomonlari markazlashgan kub shakldagi kristall panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Issiklik va tok o’tkazuvchanligi bo’yicha barcha metallarni ortda qoldirib 1-o’rinda turadi. Kumush boshqa metallardan yuqori temperaturada qaytariluvchanligidan ko’ra uchuvchanlik holati bilan ajralib turadi. Kumush davriy jadvalning 1-guruhida joylashgan bo’lib d element hisoblanadi va ichki qavatda 1ta s elektron bo’lsa, oxiridan oldingi qavatda 18ta elektroni mavjud (s2p6d10). Muayyan sharoitda oxiridan oldingi 18ta elektronli qavat qisman yo’qotilish qobiliyatiga ega va shu sababdan kumush o’zining birikmalarida nafaqat +1, balki s-elektronlarni yo’qotish evaziga mutanosib ravishda +2 va +3 shaklida uchraydi. Shuning bilan, kumushning oksidalanish energiyasi +1 dan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |