3.3 Ikkita yarim davrli o’rta nuqtali to’g’irlagichlar O’rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to’g’irlagich O’rta nuqta bilan ikki yarim davrli to’g’irlagichning yutug’i, unda to’rtta diod o’rniga ikkita diod ishlatilishidir.
Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli, ularning ishlash jarayoni
Fazalarning soni bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali to‘g‘rilagichlar mavjud. Bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagichlar sxemasi ko‘rsatilgan. Тo‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Uo ≈ 0,9 • U2 bilan o‘lchanadi .Agarda ventillarning ichki qarshiligini hisobga olsak:
Misol. Ko‘priksimon sxemasi bilan yig‘ilgan to‘g‘rilagichda U0 = 250 V ga teng to‘g‘rilangan kuchlanishni olish kerak, bunda Io = 0,3 A. Ventillarni tanlab olib va ulardagi kuchlanishning pasayishini nazarga olmay, transformatorning ikkilamchi kuchlanishini hisoblash kerak.
Yechish. Ko‘priksimon sxemasida: Utes..max.= 1,57 Uo. Unda: Utes..max.=1,57 · 250 = 392 V, ventil orqali o‘tuvchi tokning amaldagi qiymati: Ito‘g‘. = 0,78 · 0,3 = 0,233 A. Ma’lumotnomadan Io = 0,3 A Utes.k. = 400 V ga teng bo‘lgan D7J ventilini tanlaymiz. Тransformatorning ikkilamchi kuchlanishi U2 kuchlanish Uo bilan Uo ≈ 0,9 · U2 bog‘langan. Bundan: U2 = Uo/0,9 ≈ 282 V. Demak, transformatorning ikkilamchi kuchlanishi 282 V ga tengdir.
Uch fazali ikki taktli Larionovning sxemasi uchta oddiy ko‘priksimon sxemalardan iborat bo‘ladi. Larionov sxemasida ventillar juftma-juft ketma-ket ishlaydi, vaholanki, har qanday berilgan vaqtda katodning, ayniqsa manfiy potensialli tok ventili va ayniqsa anodning musbat potensialli juft ventili ishlaydi. Тokning ventil orqali o‘tishi Larionov sxemasining afzalligi teskari kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan qiymati hisoblanadi. Larionov sxemasi katta quvvatli to‘g‘rilagichlar uchun qo‘llaniladi.
To‘g‘irlagich (ikkilamchi elektr ta’minoti manbai) deb, o‘zgaruvchan
kuchlanish va tokni doimiyga aylantirishga xizmat qiluvchi qurilmaga
aytiladi.
3.1 a-rasmda yarim o‘tkazgichli elementlardan yasalgan, transformator,
to‘g‘irlovchi blok, silliqlovchi va stabilizator (turg‘unlashtiruvchi)dan
iborat bo‘lgan bir fazali to‘g‘irlagichning umulashtirilgan tarkibiy
sxemasi keltirilgan.
Diоdlarning bir tоmоnlama o’tkazishi, chizmada foydanilgan transfоrmatоrning vazifasi va ishlashi to’g’risida o’quvchilarga qisqacha tushuncha beradilar.
O’zgaruvchan tоkni yarim o’tkazgichli diоdlar yordamida bitta yarim davrli va ikki davrli sхema bo’yicha to’g’irlashni tushuntirishda to’g’irlash sхemalari tasvirlangan plakatlardan, ishga yarоqli yarim o’tkazgichli to’g’irlagich va elektrоn оssillоgrafdan fоyidalanish lоzim.
3.6- rasm Yarim o’tkazgichli to’g’irlagich
3.7- rasm Ikki yarim davrli o’rta nuqatli to’g’irlagich Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami w2 g‘altagining yuqori va pastki qismida yarim o‘tkazgichli VD-1 va VD-2 diodlar o‘rnatilgan, agar g‘altakning yuqori qismida qutb musbat bo‘lsa diod VD-1 ochiladi, tok o‘tadi. Bu paytda pastki qismidagi g‘altak uchlarida manfiy qutb bo‘lgani uchun VD-2 diodi yopiq bo‘ladi. Qutblarda zaryad ishorasi 1 sekundda 50 marta o‘zgaradi, har doim musbat bo‘lgan paytda diodlar ochiladi, manfiy bo‘lganda diodlar yopiladi. Ana shunday tartib ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichlar ishlaydi. Bu to‘g‘rilagichlarda chiqish kuchlanish chastotasi f =100 gerts gacha o‘zgarib turadi.
Bu xildagi to‘g‘rilagichlar o‘quv-laboratoriya ishlari bajargan paytlarda qo‘llaniladi. Ularning turlari VU-4; VU-8; VU-10 deb ishlab chiqariladi.
ikki yarim davrli to’g’irlagich sxemasi va vaqt diagrammalari
Afzalligi: bu sxemadagi to‘g‘rilagich bitta yarim davrli to‘g‘rilagichga solishtirganda pulsatsiyasi ikki baravar kam. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich bilan bir xil pulsatsiya koeffitsiyentida kondensator sig‘imi ikki baravar kam bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: transformator konstruksiyasining murakkabligi va transformatorda mis va po‘latning neratsional isrofi.
Bu turdagi to‘g‘rilagichlar uchun pasaytiruvchi transformatorga to‘rtta yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatiladi va ular elektr zanjirga ko‘prik chizma usulida ulanadi
Bu sxemaning asosiy xususiyati – o‘zgaruvchan kuchlanishning ikkala yarim davrlarini to‘g‘rilashda transformatorning bitta ikkilamchi chulg‘amidan foydalanish.
Afzalligi: yarim davrli to‘g‘rilagichga nisbatan ko‘priksimon sxemada pulsatsiyalanish darajasi 2 ikki marta kam, yuqori FIK, transformatordan ratsional foydalaniladi, uning hisoblangan quvvati kamayadi. Ikkita yarim davrli sxemaga nisbatan pulsatsiyalanish darajasi bir xil darajada bo‘lganda ham ko‘prik sxemasida transformatorning soddaroq konstruksiyasidan foydalaniladi. Ventillarning teskari kuchlanishi avvalgi sxemalardagidan ko‘ra anchagina past bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: ventillar soni ko‘payishi va teskari kuchlanishni rostlash uchun har bir ventilni shuntlash zaruriyati.
Bir fazali ko’prik chizmali to’g’irlagich cxemasi va vaqt diagrammasi
Bir fazali ko’prik chizmali to’g’irlagich sxemasining ikkinchi variant.Bunday to‘g‘rilagich sxemasi turli sxemalarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida o‘rta chiqish simi bo‘lgan taqdirda mazkur sxema asosida yana ikkita to‘g‘rilash sxemasi olish mumkin:
Birinchi sxemada transformatorning ikkilamchi chulg‘amining o‘rta qismidan olingan chiqish simi asosiydan ikki baravar kichik kuchlanish olishga imkon beradi. Shunday qilib, ko‘prikli sxemadan asosiy kuchlanish olinadi, qo‘shimchasi esa ikkita yarim davrli.
Ikkinchi sxema da asosiy sxema bo‘yicha olinadigan kuchlanishdan amplitudasi ikki baravar kichik bo‘lgan ikki qutbli kuchlanish olinadi. Ikkovi kuchlanish ham ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi orqali olinadi.
Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi keltirilgan. Ushbu sxemaning farqlanadigan xususiyati shuki, transformatorning ikkilamchi chulg‘amidan olingan
Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagrammasi.O‘zgaruvchan kuchlanishning bitta yarim davrida bir kondensator «zaryadlanadi», ikkinchi yarim davrida esa ikkinchi kondensator «zaryadlanadi». Ikkala kondensatorlar ham ketma-ket ulangani sababli ulardagi natijaviy kuchlanish xuddi shu ikkilamchi chulg‘amdan bitta yarim davrli to‘g‘rilagichda olinganidan ko‘ra ikki baravar yuqori.
Afzalliklari: transformatorning ikkilamchi chulg‘amini amalda kichikroq kuchlanishga mo‘ljallab hisoblash mumkin.
Kamchiliklari: to‘g‘rilagich ventillaridan birmuncha ko‘p toklar o‘tadi. Ikkita yarim davrli sxemalardagidan ko‘ra pulsatsiya darajasi baland.
Xulosa Avvalambor to’g’irlagich nima ekanligini bilib oldim. Тo‘g‘rilagichlar deb, o‘zgaruvchan tokni bir yo‘nalishdagi o‘zgarmas tokka yoki puls tokiga aylantirib beradigan qurilmalarga aytiladi. Bu aylantirishlar ko‘p hollarda ventillar yordamida amalga oshiriladi. Тo‘g‘rilagichlarning sifatli tavsiflari ko‘pgina hollarda ventillarning volt-amper tavsifiga bog‘liq bo‘ladi . Ko‘pgina hollarda yuqori stabillikka ega va ishonchli ta’minot manbai talab etiladi, ularning narxi ba’zan ta’minlanayotgan apparatlar narxiga teng yoki yuqori bo‘lishi mumkin. To’g’irlagich loyihalashtirayotganda unung elektr ta’minotini tashkil etish masalasini ham echishi kerak. Bunda uchta variant bo‘lishi mumkin: faqat ikkilamchi yoki faqat birlamchi ta’minot manbaidan va ushbu ikki turdagi ta’minot energiyasidan birgalikda foydalanishi mumkin. Bunda asosiy ikkita muqobil variantdan bittasi tanlanishi kerak: keng taqdim etilayotgan tayyor modullar va ta’minot blokidan foydalanish yoki aniq radioelektron apparat uchun ta’minot manbaini ishlab chiqish (yaratish). Albatta, ayrim holatlarda sotib olingan stabilizator asosida o‘zi tomonidan yaratilgan ta’minot manbaidan foydalanish ham mumkin, agar bu iqtisodiy va texnik tomondan o‘zini oqlasa. To’g’irlagich ishlab chiqarishda kimyoviy tok manbalarini tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, qoidaga ko‘ra har xil turdagi elementlar va batareyalarning bitta yoki bir nechtasini loyihalashtirilayotgan tizimda qo‘llash mumkin. Shu bilan birga iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham tahlil qilish lozim.To‘g‘rilagichning bir fazali ko‘priksimon sxemasi transformator va to‘rtta dioddan tashkil topgan.SHularni tushunib yetdim.