3.2.Ikki yarim davrli to’g’irlagichlar
To‘g‘rilagichlarda to‘g‘rilangan kuchlanishning fazalar sonini aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: m = n×q. Bu yerda: m — to‘g‘rilangan fazalar, n to‘g‘rilanuvchi kuchlanishning fazalar soni, q — yarim davrlar soni. To‘g‘rilagich qurilmasi chiqish parametrlari, ventil parametrlari, to‘g‘rilash sxemalari va transformator parametrlari bilan xarakterlanadi. Chiqish parametrlari quyidagilar: to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati U0to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati — I 0 ; — to‘g‘rilangan tok zanjiridagi quvvat — P0 = U0 I 0 . Pulsatsiya koeffitsiyenti Kp to‘g‘rilangan kuchlanishning ta’sir etuvchi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi Um ni to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati U0 ga nisbatiga tengdir, ya’ni Kp = Kpk = Umk / U0 , bu yerda: k — garmonika tartibi. Transformatorning parametrlariga quyidagilar kiradi: — transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amidagi tok va kuchlanishning haqiqiy qiymati (I 1 , I 2 , U1 , U2 birlamchi chulg‘amdagi quvvat S1 = m1 ×I 1 ×U1 ; — ikkilamchi chulg‘amdagi quvvat S2 = m2 ×I 2 ×U2 ; — transformator quvvati Str = (S1 + S2 )/2; — birlamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K1 = R0 /S1 ; — ikkilamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K2 = R0 /S2 ; — transformatorning foydali ish koeffitsiyenti Ktr = R0 /Str; (m1 m2 — birinchi va ikkinchi chulg‘amning fazalar soni). Diodlarning parametriga quyidagilar kiradi: — ventil tokining o‘rtacha, ta’sir etuvchi va amplituda qiymati (I yoki , I 0 , Im ); — teskari kuchlanishning maksimal qiymati Utsk×max . Hozirgi vaqtda sanoatda diodning uch turi ishlab chiqarilyapti: — selenli; — germaniyli; — kremniyli. Selenli ventillar aluminiy asosda tayyorlanadi. Ularning teskari kuchlanishi 20 yo 45 V. Germaniyli ventillar suvli sovitgichlar bilan tayyorlanadi:500, BÃB-1000 larning to‘g‘ri toki 50¸150 A gacha, teskari toki 20 yo 30 mA, teskari kuchlanishi bir necha yuz voltga boradi, FIK 0,98 ga teng. Kremniyli ventillar havo orqali sovitiladi. Ularning B va ÂË seriyalari mavjud. To‘g‘ri tok 800 A gacha, BB va BËB da to‘g‘ri tok — 1250 A gacha boradi. Utesk ruxsat berilgan kuchlanish — 100 V yo 1500 V gacha; teskari tok I tesk = 1 yo 5 mA gacha. Kremniyli D203 va D226 turdagi ventillardan oqadigan to‘g‘ri tok 0,1 yo 10 A gacha. Teskari kuchlanish — 600 V gacha
3.4-rasm ikkita yarim davrli to’g’irlagich sxemasi
O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagichlarning ko‘plab turlari mavjud. Quyidagi sxemalarda ularning keng tarqalgan turlari keltirilgan. Bularni tartib bilan o‘rganish uchun ular quyidagi belgilarga asosan tasniflanadi: — faza kuchlanishining har bir yarim davrida yuklamadan oqadigan tokning xarakteriga qarab; — o‘zgaruvchan kuchlanishning fazalar soniga qarab; — manbaning fazalar soniga qarab.
3.5-rasn Ikki yarim davrli ko’prikli sxmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |