U2 — ikkilamchi cho'lg'am tarmog'ining kuchlanishi bo'lib, o'lchov asboblari va relening g'altaklari parallel ulanadi. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ikkilamchi cho'lg'amning chiqishlaridan biri yerga tutashtirilgan bo'lishi kerak. Kuchlanish transformatorlari o'rnatilishiga ko'ra tashqariga va ichkariga o'rnatiladigan qilib bajariladi.
Ichkariga o'rnatiladigan KT laming quyidagi tuzilmalari keng qo'llaniladi: NOS, NOSK, NTS, NTSK-6 kV gacha bo'lgan kuchlanishlarda, NOM, ZNOM, NTMK, NTMI-18 kV gacha bo'lgan kuchlanishlarda ishlatiladi.
Bu yerda: N-kuchlanish transformatori; O-bir fazali; T-uch fazali; S-quruq; K kompensatsiyalangan; M-moyli; Z-birlamchi cho'lg'ami yerga ulangan; I-qo'shimcha cho'lg'amli.
Tashqariga o'rnatiladigan NKF 500-bir fazali moy to'ldirilgan forfor kojux ichiga joylashtirilgan. K-kaskadli; F-forfor izolatsiyali.
NDE-(750-1150 kV) - kuchlanishni sig'imli bo'lgich KT.
ZNOG-germetik ishlangan elegazli taqsimlash qurilmalarida o'rnatish uchun. G-gaz izolatsiyali.
Bu xatoliklarni kamaytirish uchun kichik magnit qarshilikka ega bo'lgan magnit o'zak-lar qo'llaniladi, magnit o'tkazgichdagi induk-siya, magnit sochilishi kamaytirladi.
Kuchlanish transformatori yuqori kuch-lanishli standart miqdor 100 yoki 100/VTV gacha kamaytirish, hamda o'lchash zanjiri bilan rele muhofazasini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjiridan ajratish uchun xizmat qiladi.
3-rasm. Kuchlanish transformatoriga ulanish sxemasi.
Transformatorning transformatsiyalash nominal koeffitsiyenti quyidagichc
aniqlanadi: Ku = Ulngm / U2nom
bunda: U]nom — nominal birlamchi kuchlanishi,
U2nom — nominal ikkilamchi kuchlanishi
AU% -- kuchlanish transformatorlarida xatolikdagicha bo'ladi.
AU% = [Ku • U2 — UJ / U, • 100%, ya'ni o'zakdagi magnit oqiminin sochilishi va quvvatning isrofi o'lchashdagi xatolikka olib keladi:
Nominal xatolik kattaligiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; aniqlik sinflari bo'ladi.
Kuchlanish transformatorlaridan xatolik magnit o'tkazgichning tuzilishi, po'lat-ning magnit sindiruvchanligi, ikkilamchi yuklama kattaligi va cos ga bog'liqdir.
Kuchlanish transformatorlarining quvvatiga ko'ra ulangan barcha rele va o'lchov asboblari cho'lg'amlarining umumiy quvvatlari kuchlanish transformatorin-ing nominal quvvatidan oshmasligi kerak, chunki xatolikning ortishiga olib keladi.
Kuchlanish transformatorlari cho'lg'amlarining ulanish sxemasiga ko'ra uchta fazalararo kuchlanishni o'lchash uchun ochiq uchburchak sxemasi (NTMI) asosida ulangan bir fazali mis cho'lg'amli transformatorlar (NOM, NOS, NOL) ishlatish mumkin.
Kuchlanish transformatorlarining cho'lg'amlari yulduz shaklida ulangan uch fazali, ikki cho'lg'amli transformator NTMK ishlatish mumkin.
Kuchlanish transformatorlari yerga nisbatan kuchlanishni o'lchash uchun sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar yoki uch fazali uch cho'lg'amli transformator NTMI ham ishlatish mumkin. Bu sxemada oxirgi yulduz shaklida ulangan cho'lg'am o'lchash asboblarini ulash uchun qo'llaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan cho'lg'amiga esa yerga tutashishdan saqlaydigan muhofazalovchi rele o'rnatiladi.
b). Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi.
Tuzilishi bo'yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo'ladi. Uch fazali kuchlanish transformatori 18 kV gacha bo'lgan kuchlanishli qurilmalarda bir fazali transformatorlar esa istalgan kuchlanishli qurilmalarda qo'llaniladi. Transfor-mator-lar izolyatsiyasining turiga ko'ra quruq, moyli hamda quyma izolyatsiyali bo'ladi.
• Quruq (cyxofi) izolatsiyali transformatorlarning cho'lg'amlari orasidagi izo-latsiya sifatida karton ishlatiladi. Bunday transformatorlar kuchlanishi 1000V gacha bo'lgan qurilmalarda qo'llaniladi.
• Moy izolatsiyali kuchlanish transformatorlari 6-1150 kV kuchlanishli ochiq OTQ va yopiq YOTQ taqsimlash qurilmalarida qo'llaniladi. Bu transformatorlarda cho'lg'amlari va magnit o'tkazgich moy ichida turadi va u izolatsiya hamda sovitish uchun hizmat qiladi.
Kuchlanish transformatorlari turlari ko'ra bir fazali ikki cho'lg'amli NOM-6, NOM-15, NOM-35, hamda bir fazali cho'lg'amlar 3NOM-15; 3NOM-20; 3-NOM-35, 1 10 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalarda NKF turidagi kaskadli kuchlanish transformatorlari qo'llaniladi.
Kuchlanish transformatorlari quyidagicha tanlanadi:
• Qurilmaning kuchlanishi bo'yicha Ul
• chulg'amlarning tuzilishi va ulanish sxemasi bo'yicha;
• aniqlik klassi bo'yicha;
• ikkilamchi yuklamasi bo'yicha S%. < Snqm;
bunda S — tanlangan aniqlik toifadagi nominal quvvat, bunda shuni hisobga olish kerakki,"yulduzcha ko'rinishida ulangan bir fazali transformatorlar uchun uchchala fazaning quvvatlar yig'indisini, ochiq uchburchakli sxemasi bo'yicha ulangan transformatorlar uchun ochiq bitta transformatorlarning ikkilangan quvvatini olish lozim;
Agar ikkilamchi yuklama tanlangan aniqlik bo'yicha nominal quvvatdan katta bo'lsa, u holda ikkinchi kuchlanish transformatori o'rnatiladi va asbob-uskunalarning bir qismi unga ulanadi.
Kuchlanish transformatorining zanjirlaridagi simlarning kesimi kuchlanishning ruxsat etilib yo'qotilgan qiymati bo'yicha aniqlanadi. PUE ga asosan nominal yuk-lamada, kuchlanish transformatorlaridan hisoblash hisoblagichlarigacha bo'lgan kuchlanish yo'qotilishi 0,5% dan ortmasligi, sandiqchadagi o'lchov asboblarigacha yo'qotilishi esa 1,5% dan ortmasligi lozim.
Loyihalashda hisobni osonlashtirish uchun mexanik mustahkamligi sharti bo'yicha simlarning kesimini mis tomirlari uchun 1,5 mm2 va alyuminiy tomirlari uchun 2,5 mm2 dan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |